Ma’ruza materiallari 1-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja
Davlatlar Franchayzerlar miqdori
Download 0.89 Mb.
|
Ma’ruza materiallari 1-mavzu investitsiyalarning iqtisodiy mazm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatning YaIMga nisbati (foizda) Xitoy
- Buyuk Britaniya
Solishtirishning eng muhim elementlariga: intellektual mulk obyektining baholanayotgan mulkiy huquqlar hajmi; intellektual mulk obyektiga oid bitimlarni moliyalashtirish shartlari (shaxsiy va qarzga olingan mablag’lar nisbati, qarz mablag’larini taqdim etish shartlari); intellektual mulk obyektlari narxlarining o’zgarishi; intellektual mulk obyektidan foydalanish orqali ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotga bo’lgan talab; raqobatli takliflarning mavjudligi; intellektual mulk obektini foydali ishlatish muddati; intellektual mulk obektini o’zlashtirishga qilingan xarajatlar darajasi taalluqli hisoblanadi. Ilmiy-texnikaviy ishlanmalar bozori XXI asrda tez kengayib bormoqda, yangi-yangi qismlarga ajratilmoqda va ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarida ulardan juda ham unumli foydalanish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Buning sababi iqtisodiyotda intellektual mehnat mavqeining kuchayib borishidir. XXI bozor iqtisodiyoti ilm talab ishlab chiqarishning o’sishi, turli xizmatlar, eng avval axborot xizmati ahamiyatining kuchayishi bilan xarakterlanadi. Buni internet xizmati bozorining shiddat bilan er yuzida o’sib borishi tasdiqlaydi. Shunday ekan, kuchli raqobat muhitida o’z mavqei, obro’-e’tiborini yo’qotish, raqobat muhitida sinish hech gap emas. Franchayz – bu biror bir shaxs (jismoniy yoki yuridik) tomonidan yaratilgan va shu nom bilan ishlash orqali bozorda iste’molchilar tan oladigan nomni ikkinchi bir shaxsga muayyan bir shartlar evaziga foydalanish uchun berilishidir. Franchayzer – bu litsenziyalash berish orqali yoki o’ziga tegishli bo’lgan bo’lgan nom, nou-xau yoki operatsion sistema xuquqidan foydalanishni ikkinchi shaxsga beruvchi kompaniyadir. Misol uchun biror bir korxona restoran ochib uning nomini tanitib, xizmat sifatini tashkil etdi va bozorda o’z obro’siga ega bo’ldi. Shu korxona nomini biror bir boshqa restoran egalari ishlatishi uchun yuqoridagi korxona egalaridan ruxsat yoki litsenziya olishlari shart bo’ladi. Ilmiy-texnikaviy yangiliklar xaridor mulkiga aylanish sharti bilan yoki o’z egasi mulki bo’laturib, vaqtincha foydalanish huquqi yoki shartlari orqali ishlab chiqarishga tadbiq etadi. Ishlab chiqarish subyektlarini novatsiyalarga, ya’ni unga yangilik kiritib borishga undaydi. Monolog bozorining barcha turlarga (manolog raqobati bozor, sofmanalogiya bozori) barham berish, erkin va kuchli, ichki va tashqi raqobat muhitiga ega bo’lgan bozorlarning qaror topishi nomoddiy aktivlarning doimiy tarzda kengaytirib borishni va ular jamlanmasi tarkibini yangilab borish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bunday sharoitda biznes yangi loyihalariga investitsiya kiritiladi, o’z imidji, obro’-e’tiboriga va bozordagi mavqeiga ega bo’lgan, yo’lga qo’yilgan, xaridorlarga ega bo’lgan hamda faoliyat yuritib turgan firma, korxonalarni sotib olish afzalroqdir. Biznes, tadbirkorlik sohalarida yangi firmalar tashkil qilishdan ko’ra mavjud bo’lgan va faoliyati yo’lga qo’yilgan firmalarni sotib olish afzal ko’riladi. Vaholanki yangisini tashkil etishdan, faoliyat yuritayotgan qimmatroq bo’lsada, kuchli raqobat yo’lga qo’yilgan, o’zining sirli kuchiga ega bo’lgan, kompaniyaga investitsiya kiritishni taqozo etadi. Bunda kompaniyaning jami aktiv va passiv qiymatidan tashqari uning o’zidan ajralmas sezib bo’lmas afzalliklari, ya’ni gudvill ham hisobga olingan holda sotiladi. Ular nomoddiy aktivlarga bo’lgan e’tiborni kuchayishidan dalolat beradi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling