Ma’ruza materiallari 1-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja


Download 0.89 Mb.
bet53/125
Sana27.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1726893
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   125
Bog'liq
Ma’ruza materiallari 1-mavzu investitsiyalarning iqtisodiy mazm

Kapital qurilish bosqichlari

9.1-rasm. Kapital qurilishning bosqichlari

Qurilish maydonini tanlash va obyektni loyihalashtirish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi: qurilayotgan obyektning maqsadga muvofiqligi yuzasidan texnik-iqtisodiy tadqiqotlar olib borish; obyektni loyihalashtirish va qurilish uchun texnik-muhandislik ishlariga tayyorgarlik ko’rish. Har bir yo’nalish o’zining maqsad va vazifalariga ega. Texnik-iqtisodiy tadqiqotlar jarayonida kelgusi obyektning (qurilishi mo’ljallangan obyektning) asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari aniqlanadi va qurilishni amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi baholanadi. Loyihalashtirish bosqichida obyektning konstruktiv echimlari, qurilishni tashkil etishning usullari va ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqiladi. Shuningdek, qurilishning smeta qiymati aniqlanadi. Unday keyin qurilish uchun texnik-muhandislik tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi.


Qurilishni amalga oshirish bosqichida qurilish maydonida qurilish jarayonining barcha texnologik elementlari qo’shiladi. Bunda qurilish ishlab chiqarishidagi jami xarajatlar, bino va inshootlarning moddiy-mulkiy elementlari bo’yicha xarajatlari shakllantiriladi.
Qurilish obyektini foydalanishga (ekspluatatsiyaga) topshirish bosqichida qurilib bitkazilgan obyektlar ishga tushiriladi va tayyor mahsulot sifatida buyurtmachiga topshiriladi.
Takror ishlab chiqarishning uch bosqichi kapital qo’yilmalar aylanishining uch bosqichiga muvofiq keladi: 1) qurilish – asosiy fondlarni barpo etish shakli sifatida; 2) qurilish mahsulotining asosiy fondlarga aylanishi shakli sifatida; 3) pul mablag’larini mahsulotga aylantirish maqsadida takror ishlab chiqarishning navbatdagi bosqichiga tayyorgarlik ko’rish.
Qurilish ishlab chiqarishining barcha elementlarining o’zaro aloqadorligini yaxshilash uchun qurilish mahsulotini barpo etish texnologiyasi (mehnat predmetlarining (beton, g’isht, temir, tosh va boshq.) sifat o’zgarishlari bilan tavsiflanuvchi qurilish jarayonlarini olib borishning usullari va vositalari) ishlab chiqiladi. Qurilish jarayoni qurilish maydonida amalga oshiriluvchi asosiy, qo’shimcha va xizmat qiluvchi texnologik operatsiyalarning jami o’zaro aloqalarini anglatadi, o’zaro aloqalar natijasida qurilish mahsuloti yaratiladi.
Ishlab chiqarish obyekti qurilishining davomiylik tsikli qurilish maydonini rejalashtirishdan boshlab to uni ishga tushirishgacha (ekspluatatsiya) bo’lgan oraliq vaqtni (davrni) ifodalaydi.
Kapital qurilish tizimida investitsiya jarayonlarining asosiy qatnashchilari sifatida investorlar, buyurtmachilar, quruvchilar, pudratchilar, loyihalashtiruvchilar ishtirok etadi.
Investor – o’z mablag’larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag’larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek, intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati obyektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti hisoblanadi. Investor huquqiy jihatdan investitsiya natijalariga o’zi egalik qiladi. U kapital qo’yilmalarni joylashtirish sohalarini o’zi tanlaydi, qurilayotgan obyekt uchun shartnoma shartlarini ishlab chiqadi, investitsiya jarayoni qatnashchilari bilan moliya-kredit munosabatlarini amalga oshiradi.
Buyurtmachi – obyekt qurilishi bo’yicha boshqaruvni va tashkiliy masalalarni (texnik-iqtisodiy asosnomani ishlab chiqishdan to obyektni ishga tushirishgacha yoki ekspluatatsiyaga topshirishgacha) zimmasiga oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxslardir.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling