Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja
Download 399.53 Kb.
|
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Mavzu. Seleksya uchun dastlabki material yaratish manbalari. Reja
- Xorojiy adabiyot
- Internet manbalari 1.www.referat.ru 2.www.agronomy.ord 3.www.library:breeding of animals and crop plants. 4. http: www.Ziyonet.Uz 1савол.
- Seleksiya jarayoni
- Boshlang’ich material
Mavzugaoid: Keyss (muammolivaziyat)
SavollarSeleksiya nima? Nav deb nimaga aytiladi? Duragay deb nimaga aytiladi, duragay nima uchun hosil qilinadi? Navning ishlab chiqarishdagi ahamiyati qanday? Seleksiya fanining genetika fani bilan bog’liqligini tushuntiring? Intensiv tipidagi nav - qanday nav? Qishloq xo’jalik ekinlarining navlariga qo’yiladigan talablar. 2. Mavzu. Seleksya uchun dastlabki material yaratish manbalari. Reja: 1. Seleksiyada dastlabki material kategoriyalari ва гуруҳлари 2.Tabiiy populyasiyalar, o’simliklarning duragay populyasiyalari. 3. Analitik va sintetik seleksiya усулларида дастлабки манбани яратиш. 4. VIR jaxon kolleksiyasi асосида дастлабки манба яатиш. 5. O‘simliklar introduksiyasi дастлабки манба сифатида. Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar ro’yxati 1. Abdukarimov D.T.Qishloq xo’jalik ekinlar seleksiyasi va urug’chiligi.(Darslik) T., 2010. 2. Abdukarimov D.T. Dala ekinlar xususiy seleksiyasi. .(Darslik) T., 2007. 3.Abdukarimov D.T. Donli ekinlar seleksiyasi va urug’chiligi. .(Darslik) T., 2010. Xorojiy adabiyot 1.Principles of Plent Genetics and Breeding. George Acquaah Bowie State University, Maryland, USA. 2012. 2.Rex Bernardo. Essentials of PLANT BREEDING. Stemma press. USA-2014 Qo’shimcha adabiyotlar 1.Ergashtv I.T.va boshqalar . Qishloq xo’jalik ekinlari seleksiyasi va urug’shilik praktikumi.Toshkent 2012. 2.Qurbonov G.K. Javlar va triticale. O’simlikshunoslik.Toshkent .Mehnat,2002 3.O’zbekiston Resublikasi hugudida eksh ucyun tavsiya etilgan qishloq xo’jalik ekinlari davlat reestriga kritilgan navlarning tavsifi Toshkent 2017 Internet manbalari 1.www.referat.ru 2.www.agronomy.ord 3.www.library:breeding of animals and crop plants. 4. http: www.Ziyonet.Uz 1савол. Boshlang’ich material deb, yangi navlarni yaratish uchun seleksiya ishida qo’llaniladigan madaniy va yovvoyi o’simlik xillariga aytiladi. Seleksiya uchun boshlang’ich material turli yovvoyi va madaniy o’simliklarni topish, ularni o’rganish, duragaylash hamda sun’iy mutagenez, poliploidiya, geterozisdan foydalanish yo’llari bilan yaratiladi. Seleksiyada boshlang’ich materialdan to’g’ri foydalanish uchun o’simliklarning sistematikasi va tarqalishini chuqur bilish kerak.Seleksiya jarayoni boshlang’ich materialni tanlash va tayyorlashdan boshlanadi. Seleksiya ishining boshlanishida boshlang’ich material qanchalik to’g’ri tanlansa, shunchalik oson va tez muddatda maqsadga erishish mumkin. Akademik N.I.Vavilov “Seleksiya ishining muvaffaqiyatlari hammadan ko’ra ko’proq boshlang’ich materialni tanlashga bog’liqdir”, deb ko’rsatgan edi. Boshlang’ich material deb, seleksiyada yangi navlar yaratish uchun qo’llaniladigan madaniy va yovvoyi o’simliklarga aytiladi. Hozirgi vaqtda o’simliklarning 500 mingdan ortiq turi borligi aniqlangan, shundan 300 mingga yaqini yopiq urug’li (gulli) o’simliklardir. O’simliklar sistematikasidagi asosiy taksonomik birlik - turdir. Tur deb kelib chiqishi o’xshash, boshqa guruhlardan sifat jihatdan farqlanuvchi o’simliklar to’plamiga aytiladi. Bitta turga kiradigan o’simliklar bir-biri bilan oson chatishadi, naslli avlod beradi va ma’lum arealda tarqalgan bo’ladi. Fanda o’simlik va hayvon turlari ikkita lotincha so’z – turkum va tur nomi bilan yuritiladi. Turkumning nomi bosh harf bilan turning nomi esa kichik harf bilan yoziladi. Masalan, yumshoq bug’doy – Tritikum aestivum T. aestivum (tritikum ayestivum) – tritikum – turkum nomi, ayestivum – tur nomi, Tritikum durum T. durum (tritikum durum), o’rta tolali g’o’za – Gossipium hirsutum G. hirsutum (gossipium xirzutum), madaniy kartoshka turi Solanum tuberosum S. tuberosum (solanum tuberozum), beda (ko’k) Medicado sativa M. sativa (medikago sativa) va boshqalar. Turlar birlashib turkumlarni, bir-biriga yaqin turkumlar esa oilalarni tashkil qiladi. Seleksiyada boshlang’ich materialdan foydalanish uchun zarur bo’lgan asosiy sistematik birliklar: oila, turkum, tur va turxillarni yaxshi bilish lozim. O’simlik turlari o’z navbatida bir necha turxillarga bo’linadi. Turxillar o’rtasidagi belgi va xususiyatlar farqi ancha kam, masalan, bug’doyning turxillari boshoqning rangi, qiltiqning bor yo’qligi va rangi, boshoqcha qobig’ining tuklanganligi va rangi, donning rangi kabi belgilar bilan farq qiladi. Bir botanik tur yoki turxilga mansub, lekin geografik kelib chiqishi har xil bo’lgan ekinlar noqulay sharoitlarga – qurg’oqchilikka, sovuqqa, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi hamda bioximik xususiyatlari bo’yicha keskin farqlanishi mumkin. Bitta turga mansub ekinlar o’rtasidagi biologik tafovutlarni ayirboshlashda seleksiyada ekologik tip (ekotip) tushunchasi qabul qilingan. Ekotip deb ekin turining ma’lum tuproq-iqlim sharoitiga moslashgan irsiy barqaror xillariga (shakllariga) aytiladi.Masalan, yumshoq bug’doyning cho’l, o’rmoncho’l, Eron-Turkiston, Shimoliy Rus, Zakavkaz kabi ekotiplari mavjud. Bundan tashqari, akademik P.N.Konstantinov agroekotip tushunchasini fanga kiritdi. Download 399.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling