Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja


Download 416.72 Kb.
bet15/55
Sana12.02.2023
Hajmi416.72 Kb.
#1191022
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Bog'liq
маруза матни

Oddiy chatishtirish deb, ota-ona o’simliklari o’rtasida bir marta o’tkaziladigan chatishtirishga aytiladi. Chatishtirish uchun olingan ona o’simlikni “A” harfi, ota o’simlikni “B” harfi bilan belgilasak, unda oddiy chatishtirishni ♀A x ♂B deb ifodalash mumkin. Bunday chatishtirish natijasida duragay ikki organizm irsiyatining qo’shilishi tufayli vujudga keladi. Oddiy chatishtirish boshqacha, ya’ni juft chatishtirish deb ham yuritiladi. Oddiy chatishtirishning seleksiya va urug’chilikda keng qo’llaniladigan xili resiprok chatishtirishdir.
Resiprokchatishtirish deb, ota-ona o’simliklarni birinchi marta ona, ikkinchi marta esa ota sifatida olib chatishtirishiga aytiladi. Bunday chatishtirish quyidagicha ifodalanadi:
♀A x ♂B va ♀B x ♂A
Bunday chatishtirish o’simliklarning qimmatli biror belgisini nasldan-naslga o’tish tartibini o’rganish, uzoq shakllarni duragaylashda ko’proq urug’ olish maqsadida changlatish va urug’lanish jarayonlarini yaxshi o’tishga sharoit yaratish uchun qo’llanadi.
Murakkab chatishtirish.Chatishtirishning ikkitadan ortiq organizmlar (tur, nav) o’rtasida o’tkazilishi yoki oddiy chatishtirish yo’li bilan olingan duragaylarni ota-ona o’simliklarning birontasi bilan qayta chatishtirishga murakkab chatishtirish deyiladi. Murakkab chatishtirish bir necha xil bo’lishi mumkin:
Bekkross chatishtirish (takroriy murakkab chatishtirish).Oddiy chatishtirishdan olingan duragayni ota-ona o’simlik-larining birortasi bilan qayta chatishtirishga bekkross - takroriy murakkab chatishtirish deyiladi. Bu quyidagicha ifodalanadi:


(♀A x ♂B) x ♂A yoki (♀A x ♂B) x ♂B


Bu yerda qavs ichiga olingani (A x B) oddiy duragay. Birinchi misolda oddiy duragay ona o’simligi sifatida olingan “A” o’simligi ikkinchi ota o’simligi sifatida olingan “B” o’simligi bilan qayta chatishtiriladi.
Bu usul uzoq shakllarni duragaylashda hosil qilingan duragaylarini pushtsizligini bartaraf etish va duragayda ota yoki ona o’simligining irsiy xususiyatlarini kuchaytirish maqsadida qo’llanadi.
Akademik Sodiq Mirahmedov g’o’zaning serhosil, tezpishar, viltga chidamli Toshkent-1 navini yaratishda S-4727 navini Meksika yarim yovvoyi g’o’zasi bilan chatishtiradi. Olingan duragay viltga chidamli bo’lsada, uning hosildorligi va tola sifati, boshqa belgi va xususiyatlari yovvoyi g’o’zaning ta’sirida talabga to’la javob bermaydi. Shuning uchun hosil bo’lgan duragay yana nav bilan chatishtiriladi, ya’ni bekkross qo’llaniladi:


(S-4727 x G. xirzutum meksikanum var. nervozum) x S-4727.


Bekkross usuli kartoshka, bug’doy, kungaboqar, g’o’za va boshqa ekinlarning seleksiyasida uzoq shakllarni duragaylashda keng qo’llanadi.

Download 416.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling