Маъруза матнлари «¤збек хал³ ижоди» предметидан тузилган б´либ, унда хал³ о²заки ижодининг мазмун ва моµияти, тара³³иёт бос³ич
Download 275.5 Kb.
|
xalq ogzaki ijodining fani maqsad va vazifalari
ADABIYOTLAR:
Ribnikova M.A. Russkie poslovitsi i pogovorki M., 1961.. Sarimsoqov B. Maqollar. O`zbek fol’klorining ocherklari.T., I-t, 1988. Yo`ldosheva F. O`zbek materiallarida Nasriddin Afandi obrazi. T., 1979. AFANDI LATIFALARI. Xalq og`zaki ijodining eng ommabop, qiziqarli, hajmi kichik janrlardan biri latifadir. Latifa arabcha so`z bo`lib, go`zal yoqimli degan ma’noni anglatadi. Latifa xalqning nozik did, fahmlilik bilan aytilgan kulgili kichik xikoyasidir. Bu janr Sharqda, ayniqsa, turkiy xalqlar orasida o`tmishda va hozirda ham Nasriddin Afandi nomi bilan mashhur. Afandi latifalarida xalq podsholar, amir amaldorlari, boylar, din-shariat peshvolari ustidan kulib, ularning zolimligini, insofsizligini va maishiy tubanligini fosh etadi. Ko`pchilik xalq latifalarining qahramoni Afandi yoki Nasriddin Afandi bo`lib, u o`zining donoligi, hozirjavobligi, tadbirkorligi so`zamolligi bilan o`z dushmanlarini sharmanda qiladi, engadi. Ular ustidan zaharxandalik bilan kuladi. Bir kuni afandiga xabar etkazishib: -Shaharning qozisi aqldan ozibdi,-debdilar, Afandi bu xabarni eshitib, uzoq o`yga tolibdi. Xabar keltirganlar uni bu holda ko`rib so`rabdilar: Afandi! Nega o`ylanib qoldingiz? Qozimizning azaldan aqli yo`q edi - debdi Afandi. Ajabo yana nimasidan ozdi ekan,- deb o`ylayapman. Afandi obrazi o`zbek fol’korida pishiq va mukammal ishlangan sotsial tip darajasigacha ko`tarilgan. Qaysi bir Afandi obrazini olib qaramang, u xatti-harakati, xarakteri xususiyati bilan u yoki bu davrda yashagan konkret tarixiy shaxs sifatida gavdalanadi. Unda davrining muhim axloqiy-etik normalari, davr kishilarining xarakter xususiyatlari bilan mujassamlashgan bo`ladi. Temir xaqidagi Afandi latifalarini olib ko`raylik. Bu asarlarda yaratilgan Afandi obrazi Temurga qarama-qarshi qo`yiladi. Afandi go`yo Afandi Temur zamondoshi, u bilan yonma-yon yuruvchi, sayohatda ham, jangu jadallarda ham Temur bilan teng xuquqli aqlu idrokda ba’zan ustun konkret shaxsdir. Quyidagi latifani olib ko`raylik: Temurlang bir kuni Afandi bilan suhbatlashib, o`tirib, «uh» tortib yuboribdi va Afandidan so`rabdi: O`lsam mening jonim qaerda bo`lar ekan, jannatdami, do`zaxdami? Afandi javob beribdi: Begunoh kishilarni o`ldiraverib, jannatni ham to`ldirib yubordingiz. Sizga jannatda joy qolmagan bo`lsa kerak. Xafa bo`lmang, do`zaxning eng yaxshi joyiga o`tdan taxt qurib beradilar. Ko`rinib turibdiki, Afandi hozirjavobligi, achchiq tili, xaqiqatgo`yligi, so`zamolligi, aql farosati bilan Temurbekdek raqibini engadi. Nasriddin Afandi latifalarining tematikasi rang-barang. Ular oilaviy munosabatlarda ham, ijtimoiy-siyosiy masalalar ham, ayrim kishilar nuqsonlardan ham, axloq odob masalalari ham ifodalanishi mumkin. Afandi latifalari bizning zamonamizda ham yaratilib, kelinmoqda. Sovet davrida yaratilayotgan afandi latifalari yumoristik xarakterda bo`lib, ularda byurokratlar, amalparastlar, boqibeg`amlar, engil kulgi bilan tanqid qilinadi, eski turmush sarqitlari fosh etiladi: Tramvayda ketayotgan Afandi qarshisida o`tirgan qizga tikilib turib so`raydi: Yaxshi qiz, bir boqishda yaxshi ko`rib qolish mumkinmi? Yo`q,-dedi qiz. Unda, ertaga qaerda uchrashamiz,-dedi Afandi. Download 275.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling