Ma’ruza. Mavzu. Aviamodellashtirish. Reja: Uchuvchi apparatlar haqida qisqacha ma'lumot
Download 0.76 Mb.
|
3-MA\'RUZA TKM2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-rasm.Samolyotning uchadigan modeliga ta’sir qiluvchi kuchlar. Aviamodellarni loyihalash .
- Nazorat savollari
14-rasm.Kordli uchish modeli: a-yig‘ma chizmasi; b-boshqarishning kinematik sxemasi; 1-vint; 2-dvigatel; 3-qanot; 4-fyuzelyaj; 5-stabilizator; 6-kill; 7-yo‘naltirish ruli; 8-balandlik ruli; 9-qanot usti(zakrilok); 10-kordli tyaga; 11-irg‘alagich; 12-qanot usti tyagasi; 13-balandlik ruli tyagasi.
15-rasm.Samolyotning uchadigan modeliga ta’sir qiluvchi kuchlar. Aviamodellarni loyihalash. Uchish apparatlarining model-nusxasini loyihalash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 1-bosqich. Prototipga tegishli bo‘lgan rasmlar, fotosuratlar,va boshqa hujjatlarni yig‘ish. Modelning sinfini va uning masshtabini aniqlash. 2-bosqich. Modelning barcha asosiy detallari o‘lchamlarini va vintmotor gruppasini aniqlash. 3-bosqich.Modelning eskizini (planda, oldidan va yon tomondan ko‘rinishi) chizish. 4-bosqich. Prototipga tegishli bo‘lgan hujjatlar, fotosuratlar, rasmlar yordamida mustaqil tayyorlanadigan yig‘ma birlikldar va alohida detallarning chizmalarini bajarish. Eng murakkab qismlarni tayyorlash uchun texnologik xaritalarni tuzish. 1-topshiriq.Modelning asosiy parametrlarini aniqlash va sxemasini tanlash. Maqsad. Loyihalanadigan modelning asosiy parametrlarini hisoblash usullarini o‘zlashtirish. Modellashtirish obyekti. Aviatsion model. Kerakli jihozlar. Ish yuritish materiallari, mikro kalkulyator yoki logarifmik chizg‘ich. Metodik tavsiya. Amaliy ishni bajarishga kirishishdan oldin o‘qituvchi bergan topshiriqning mazmun va mohiyatini tushunib olish lozim. Aviamodilizm bo‘yicha o‘quv adabiyotlarni tahlil qilish asosida o‘quv ustaxonasining materiallarga bo‘lgan imkoniyatini hisobga olinadi, model sxemasi va jihozlar hamda asbob uskunalar mavjudligi e’tiborga olinadi. Misol uchun to‘g‘ri burchakli qanot va stabilizatorli, rezina dvigatelli va fyuzelyajli V-2 sinfdagi samolyot modelni olamiz. 3-topshiriq. Modelning yig‘ma birliklari ishchi chizmasini bajarish. Maqsad. Modelning yig‘ma birliklari ishchi chizmachini bajarish xususiyatlari bilan tanishish. Konstruksiyalash obyekti. Rezina dvigatelli samolyot modeli. Jihozlar va materiallar. Chizmachilik asboblari, mikrokalkulyator yoki hisoblash chizg‘ichi, masshtab-koordinatali qog‘oz. Metodik tavsiyalar. Modelning umumiy ko‘rinishi eskizi va yig‘ma chizmalari bo‘yicha qanot, fyuzelyaj, stabilizator, kill, vint va shassi 1:1 masshtabdagi ishchi chizmalari bajariladi. Detallar qanday materiallardan tayyorlanadi va ular bir biri bilan qanday birikishini ko‘rsatish lozim. 4-topshiriq. Qanot, kill va stabilizator profilini hisoblash. Maqsad. Profillarning koordinatalarini hisoblashni o‘zlashtirish. Konstruksiyalash obyekti. Samolyotning fyuzelyaji modeli. Jihozlar va materiallar. Chizmachilik asboblari, mikrokalkulyator yoki hisoblash chizg‘ichi, masshtab-koordinatali qog‘oz. Metodik tavsiyalar. Profil nuqtalari koordinatalari va xordalarning foizdagi qiymatlari millimetrlarda ifodalanadi. 5-topshiriq. Massaning taqsimlanish grafigini tuzish. Maqsad. Uzellar bo‘yicha massaning taqsimlanishini o‘rganish. Konstruksiyalash obyekti. Samolyotning fyuzelyaji modeli. Jihozlar va materiallar. Chizmachilik asboblari, mikrokalkulyator yoki hisoblash chizg‘ichi, masshtab-koordinatali qog‘oz. Metodik tavsiyalar. Rezinomotorli modellar 230gr massaga ega bo‘lishi kerak. Massasi 40 gr dan oshmaydigan modellar uchun dvigatel sifatida jgutdan foydalaniladi. Qolgan massalar quyidagi tarzda taqsimlanadi: Qanotga -50gr. Fyuzelyajga-58 gr. Tayanchlarga-13 gr. Shassega-34,5 gr. Val va podshipnikli vintga-34,5 gr. Nazorat savollari: 1. Uchuvchi apparatlar haqida qisqacha ma'lumot bering? 2.Aviamodellarining tuzilishi va klassifikatsiyasini ta’riflang? 3.Aerodinamika elementlariga nimalar kiradi? 4.Aviatsiya modellari qanday loyihalanadi? Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling