Ma’ruza. Mavzu. Aviamodellashtirish. Reja: Uchuvchi apparatlar haqida qisqacha ma'lumot


Shassi - stoykalar bilan g‘ildiraklar ko‘tarilish va yerga qunish paytida samolyotning tez yurishi uchun xizmat qiladi. Fyuzelyaj


Download 0.76 Mb.
bet2/11
Sana05.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1276260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-MA\'RUZA TKM2

Shassi - stoykalar bilan g‘ildiraklar ko‘tarilish va yerga qunish paytida samolyotning tez yurishi uchun xizmat qiladi.
Fyuzelyaj — samolyotning asosiy unga ekipaj, yo‘lovchilar va yuklar joylashadi. Fyuzelyaj odatda sigarasimon formada bo‘ladi. Fyuzelyaj karkasi stringerlar — bo‘ylama bikirlik elementlari va shpangoutlar- kundalang bikirlik elementlaridan tashkil topadi. Karkas tashqi tomondan metall qoplam bilan o‘raladi. Qoplam karkasga parchin mixlar bilan mustahkamlanadi. Karkas qoplami fyuzelajga tushadigan kuchning bir qismini o‘ziga oladi. Kuchning qolgan qismi karkasga tushadi.
Qanot—planerning asosiy tutib turadigan, uchish uchun kerakli ko‘taruvchi kuchni hosil qiladigan yuzasi. U yaxlit yoki ulama bo‘lishi mumkin. Ulama qanot odatda fyuzelyaj bilan mustahkam biriktiriladigan o‘rta qism-sentroplanga va ikkita ajraladigan qismlar—konsollarga ega bo‘ladi.
Qanotning eng muhim xarakteristikasi kundalang kesimining profil deb ataladigan shaklidir. Profilning tumshug‘i bilan dumini birlashtiradigan to’g‘ri chiziqni qanotning xordasi deyiladi. Qanotni fyuzelyajga biriktirishda xorda bilan samolyotning bo’ylama o‘qi orasida kichik burchak qoldiriladi va uni o’rnatish burchagi deb ataladi. Agar qanot fyuzelyajga hech qanday xarakatsiz, faqat qanot konstruksiyasiga kiradigan elementlar bilan biriktirilsa, uni erkin eltuvchi qanot deyiladi.
Qanotning muhim xarakteristikalaridan biri uzunligining xordasiga nisbatidir. Agar qanot to‘g‘ri burchakli emas, balki avalsimon yoki boshqa biror murakkab formada bo‘lsa, uning uzunligini belgilashda o‘rta aerodinamik xordasidan foydalaniladi. Uni qanotning maydonini kengayganligiga bo‘lib topiladi.
Planerning dum qanoti uning belgilangan yo‘nalishda uchishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Dvigatel qurilmasi tortish kuchini hosil qilishga mo‘ljallanib, vint motorli, reaktiv yoki turbovintli bo‘lishi mumkin.
Vint motorli qurilma ichki yonish dvigateli porshenidan va havo vinti, ya’ni dvigatelning aylanma harakatini tortish kuchiga aylantiradigan xarakatlantirgichdan tuziladi. Vint esa gupchakdan va ikki, uch yoki turt parrakdan iborat bo‘ladi. Ba’zan bitta dvigatel qarama-qarshi tomonlarga aylanadigan o‘qdosh ikkita vintni harakatga keltiradi. Uchish tezligi ortishi bilan vintning foydali ish koeffitsiyenti kamayadi. Por­shen dvigatelli samolyotning tezligi soatiga 700 km gacha yetadi.
Reaktiv dvigatel bir yo‘la harakatlantirgich ham hisoblanadi va unda reaksiya tufayli gaz oqimi dvigatel soplosidan katta tezlikda chiqishi natijasida tortish kuchi hosil bo‘ladi. Ayrim reaktiv dvigatellarda yonilg‘i yonish kamerasiga kirishidan oldin havo gaz turbinasi va kom­pressor yordamida siqiladi. Bularni turbokompressorli dvigatellar deyiladi. Ular juda keng tarqalgan. Reaktiv dvigatellarning xarakterli xususiyati uchish tezligi ortishi bilan foydali ish koeffitsiyenti ham ortishidir.
Aviatsiyada kuchli va nisbatan yengil reaktiv dvigatellar qo‘llanishi tufayli soatiga 2500 km dan ziyod tezlikda uchadigan va stratosferaga ko‘tarila oladigan hozirgi samolyotlar vujudga keldi. Reaktiv dvigatellarning to‘rt tipi: suyuqlik-reaktiv dvigatellar (SRD), turboreaktiv dviga­tellar (TRD), turbovintli dvigatellar (TVD) va oqimli havo-reaktiv dvigatellar (THRD) mavjud.
Suyuqlik-reaktiv dvigatel. Bu dvigatelda suyuq yonilg‘i (suyultirilgan vodorod, benzin, kerosin va hokazolar) hamda oksidlovchi (suyuq kislorod) alohida bo‘lmadan yonish kamerasiga uzluksiz kelib turadi. Bu yerda alangalanadi va alohida trubadan (soplodan) chiqib korablga reaktiv kuch beradi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling