Ma’ruza. Mavzu. Aviamodellashtirish. Reja: Uchuvchi apparatlar haqida qisqacha ma'lumot


Download 0.76 Mb.
bet5/11
Sana05.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1276260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-MA\'RUZA TKM2

а-vintmotorli; b-reaktiv motorli; v-turbovintmotorli.


Vintomotorli qurilmalar ichdan yonar porshenli dvigatel va dvigatel valining aylanma harakatini tortish kuchiga aylantiradigan havo vintidan tashkil topgan. Vint stupitsa va ikki, uch yoki to‘rtta lopast(parrak)dan iborat. Ba’zan bir dvigatel qarama-qarshi tomonga aylanadigan ikki o‘qli vint harakatini amalga oshiradi. Uchish tezligi usib borishi bilan vintning F.I.K kamayib boradi.
Reaktiv dvigatel bir vaqtning o‘zida harakatlantiruvchi ham hisoblanib, dvigatel soplosiga katta tezlik bilan oqib kiradigan gaz tolalari reaksiyasi natijasida hosil bo‘ladigan tortish kuchi orqali amalga oshadi. Ba’zi bir reaktiv dvigatellarda havo yoqilg‘i yonish kamerasiga kiritilishidan oldin kompressor yoki gaz turbinasi yordamida yaxshigina siqiladi. Bunday dvigatellar turbokompressorli dvigatellar deb ataladi. Reaktiv dvigatellarning muhim tafsilotlaridan biri bu uchish tezligi oshishi bilan uning F.I.K ham oshadi.
Turbovintli qurilmalar reaktiv dvigatel va vintdan iborat. Havo vinti tortishi bilan reaktiv tortishni hisoblaganda yaxshi natija beradi. Bunda F.I.K har qanday holatda uchish tezligiga bog‘liq bo‘ladi.Yerda harakatlanganda va past tezlikda uchganda vint uncha katta bo‘lmagan F.I.K bilan ishlaydi, uchish tezligi osha boshlaganda vint FIK pasayadi, ammo reaktiv dvigatel FIK oshadi, butun turbovint qurilma iqtisodiy tejamkor hisoblanadi.
Shassi samolyotning yerda va suvda harakatlanishi uchun xizmat qiladi. Birinchi navbatda g‘ildirakli shassedan va zaruratga ko‘ra suzuvchi shasselardan foydalaniladi. Uchish vaqtida havo qarshiligini kamaytirish uchun ko‘pchilik samolyotlarda shasse yig‘ishtiriladi. G‘ildirakli shasse ko‘p qo‘llaniladi, u asosan pnevmatik g‘ildirakli uchta amortizatsiyalanadigan tayanchdan iborat (5-rasm). G‘ildiraklarning soni va ularning o‘lchamlari samolyotning uchishdagi og‘irligiga bog‘liq holda belgilanadi.

5-rasm. Shasse tayanchlari:
а-bir g‘ildirakli; b- ikki g‘ildirakli; v- to‘rt g‘ildirakli; g- ko‘p g‘ildirakli.


Ikkita asosiy amortizatsiyali tayanch fyuzelyajning ikki tomoniga va bittasi fyuzelyajning burun qismiga o‘rnatiladi.
Og‘ir tipdagi samolyotlarning asosiy tayanchlari fyuzelyaj tagiga ketma-ket joylashtiriladi har biri to‘rta yoki undan ko‘p g‘ildiraklarga ega bo‘lib, yordamchi g‘ildiraklari samolyotning noaniq va qo‘pol qo‘nishini oldini olish uchun qanot konsol oxirida o‘rnatiladi.
2. Aviamodellarning tuzilishi va klassifikatsiyasi.
Aviamodellashtirishni sharli ravishda uchta yo‘nalishga ajratish mumkin.
1.Aviatexnika obyektlarni tashqi ko‘rinishi bo‘yicha modellashtirish.
2.Uchishni modellashtirish.
3.Kompleks modellashtirish.
Modellashtirishda tashqi ko‘rinishini, obyekt tuzilishini va uning uchishini hisobga olish talab etiladi.
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha modellashtirishda uchish apparatlarini qayta yaratish yoki mavjudlarining tashqi ko‘rinishini aniq, mayda detallarigacha e’tiborga olib shakllantirish orqali model yaratish talab etiladi.
Yangi qurilmani loyihalash jarayonida yaratilayotgan obyekt turli masshtablarda ko‘p martalab modellashtiriladi. Bunday modellar aerodinamik trubalarga joylashtirilib, bosimli havo yuboriladi va havoning yuvib o‘tishi kuzatiladi. Bu yaratilgan obyektlarning aerodinamikasini yaratish bo‘yicha bajarilgan ish natijalarini nazorat qilish va tajriba yo‘li bilan maqbul shaklni aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Ishni bajarishning so‘nggi bosqichida haqiqiy o‘lchamdagi model yaratiladi va katta aerodinamik trubalarga o‘rnatilib, bosimli havo puflab aerodinamik sinovdan o‘tkaziladi.
Ko‘p hollarda texnikani o‘rganayotgan qatnashchilarda qiziqish, topqirlik, ziyraklikni shakllantirish va o‘qitish maqsadida mavjud samolyotlarning modellari tayyorlanadi.
Bunday modellar estetik maqsadlarda, shuningdek, tasavvurni plastik shakllar bilan hayratga soladigan bezaklar, chiziqlarning inoyati va qurilma elementlarining va umuman obyektning funksional maqsadi bilan uyg‘unligi sifatida yaratiladi. Ba’zan insonning farovonligi va ishlashini tekshirish uchun ichki tuzilish va rangni aniq takrorlaydigan hayotiy o‘lchamdagi modellarni yaratish ham kerak bo‘ladi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling