Ma’ruza. Milliy iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanishi Reja


Download 0.68 Mb.
bet1/5
Sana05.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1432598
  1   2   3   4   5
Bog'liq
28 Ma’ruza Milliy iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanishi


Ma’ruza. Milliy iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanishi
Reja
1. Iqtisodiy muvozanatlikning mazmuni va namoyon bo‘lish shakllari
2. Iqtisodiy mutanosiblikning mazmuni va turlari
3. O‘zbekistonda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash asosida mutanosibli rivojlantirish


1. Iqtisodiy muvozanatlikning mazmuni va namoyon bo‘lish shakllari

Iqtisodiyotning inqirozlarsiz, barqaror va samarali rivojlanishi uchun uning turli tomonlari, sohalari, tarmoqlari va bo‘laklari o‘rtasida ma’lum muvozanat bo‘lishi taqozo etiladi.


Iqtisodiyot bir-biri bilan chambarchas bog‘liqlikda amal qiladigan xilma-xil faoliyatlarni, turli sohalar, tarmoqlar, bo‘linmalar, majmualar, birlashmalarni, moliya, bank, soliq, sug‘urta, tashqi iqtisodiy aloqalar va boshqalarni o‘z ichiga oluvchi o‘ta murakkab tizim bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyotning yaxlit tizim sifatida samarali amal qilishi ko‘p jihatdan uning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi muvozanatlik va mutanosiblikka bog‘liq bo‘ladi.
«Muvozanat» tushunchasi keng va umumiy holda qo‘llanilib, bu boradagi dastlabki taassurot va aniqliklarni hosil qilishda qo‘l keladi. Chunki, muvozanat tushunchasi nafaqat iqtisodiy, balki tabiiy-ijtimoiy hodisa va jarayonlarga ham tegishli bo‘lib, unga tabiat va jamiyatning har qanday jabha va sohasi nuqtai nazaridan yondashish mumkin. Masalan, kishilik jamiyati tarkib topib, taraqqiy etgunga qadar ham tabiatdagi muvozanatliklar – galaktikadagi koinot jismlarining joylashuvi,
ularning bir-biriga nisbatan o‘zaro harakatlanish doiralari, shu jumladan Quyosh tizimi va uning ichida joylashgan sayyoralarning o‘zaro harakati, sayyoramizdagi ichki tabiat hodisalari – bularning barchasi muvozanatlikka asoslangan. Ya’ni, tabiat hodisalarini yuzaga keltiruvchi turli kuch va harakatlar o‘rtasida tenglik, muvofiqlik holati mavjud bo‘ladi. Bu borada prof. D.Moskvinning muvozanatga bergan ta’rifi o‘rinli hisoblanadi: «Muvozanat – qarama-qarshi yo‘naltirilgan kuchlarning baravarlashishi holati»1.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling