Ma’ruza. Milliy iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanishi Reja


Iqtisodiy mutanosiblikning mazmuni va turlari


Download 0.68 Mb.
bet3/5
Sana05.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1432598
1   2   3   4   5
Bog'liq
28 Ma’ruza Milliy iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanishi

2. Iqtisodiy mutanosiblikning mazmuni va turlari
Iqtisodiyotning inqirozlarsiz, katta siklik tebranishlarsiz bir maromda barqaror, samarali va muvozanatli rivojlanishini ta’minlash uning turli tomonlari, sohalari va bo‘limlari o‘rtasida muayyan mutanosiblikning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Iqtisodiy mutanosiblik kategoriyasini bilish faqatgina ilmiy nazariy ahamiyatga ega bo‘libgina qolmay, shu bilan bir qatorda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishda katta amaliy ahamiyat kasb etib, uni mensimaslik yoki e’tiborga olmaslik pirovardida jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi, iqtisodiy resurslardan, yalpi ichki mahsulotdan foydalanishda katta isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Mutanosiblikning mazmuni juda keng bo‘lib, uning tabiiy, umumfalsafiy va umumsotsial tomonlari mavjuddir. Masalan, biron bir narsaning yoki voqelikning turli tomonlari o‘rtasidagi moslik falsafada garmoniya, jismlarning eni, bo‘yi va balandligi o‘rtasidagi moslik matematikada simmetriya deb yuritiladi. Bu yerda biz iqtisodiy mutanosiblik haqida, ya’ni mutanosiblikning iqtisodiy mazmuni haqida fikr yuritamiz.

Bugungi kunda ayrim iqtisodiy adabiyotlarda mutanosiblikning turli ko‘rinishlariga e’tibor berilib, ular umumiqtisodiy, tarmoqlararo, tarmoq ichidagi, hududiy mutanosibliklar kabi guruhlarga ajratiladi. Ushbu mutanosibliklarning turlari, ularning qisqacha mazmuni va aniq namoyon bo‘lish shakllarini quyidagi jadval orqali ifodalash mumkin (18.1-jadval).


18.1-jadval.
Mutanosiblikning turlari, qisqacha mazmuni va aniq namoyon bo‘lish shakllari3

Mutanosiblik turlari

Qisqacha mazmuni

Aniq namoyon bo‘lish shakllari

Umumiqtisodiy mutanosiblik

Umumiqtisodiy tavsifdagi hodisa va jarayonlar, ularning turli tomonlari o‘rtasida taqozo etiluvchi ma’lum nisbatlardagi moslik

- iste’mol fondi va jamg‘arish fondi o‘rtasidagi mutanosib-liklar;
- iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul mas-sasi o‘rtasidagi mutanosibliklar;
- aholining daromadlari bilan xarajatlar o‘rtasidagi mutano-sibliklar va h.k.

Tarmoqlararo mutanosiblik

Iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalari o‘rtasida taqozo etiluv-chi ma’lum nisbatlardagi moslik

- sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari o‘rtasidagi muta-nosiblik;
- sanoat va qurilish tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik;
- qishloq xo‘jaligi va transport tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik;
- sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari o‘rtasidagi mutano-siblik va h.k.

Tarmoq ichidagi mutanosiblik

Iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarini tashkil etuvchi tarkibiy qism va bo‘linmalar o‘rtasida taqozo etiluvchi ma’lum nisbatlardagi moslik

- sanoatning undirma va qayta ishlash tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik;
- qishloq xo‘jaligining dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik;
- chorvachilikning sut va go‘sht ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi mutanosiblik va h.k.


Ishlab chiqarish ichidagi mutanosiblik

Ishlab chiqariladigan mahsulotga sarflanadigan omillarning tashkil etuvchi tarkibiy qismlar o‘rtasida
taqozo etiluvchi ma’lum nisbatlardagi moslik

- ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari o‘rtasidagi mutanosiblik;
- mahsulotni yaratish uchun zarur bo‘lgan turli qismlari o‘rtasidagi mutanosiblik va h.k.

Hududiy (territorial) mutanosiblik

Milliy iqtisodiyotning turli hududlari o‘rtasida taqozo etiluvchi ma’lum nisbatlardagi moslik

- hududlararo kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayon-larining turli fazalarining uzluksizligini ta’minlovchi nisbatlar;
- ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarining me’yorda amalga oshishini ta’minlovchi soha va tarmoqlarning mam-lakat hududlari bo‘yicha rivojlanganlik nisbati;
- hududlarda tashkil etilgan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari miqdori o‘rtasidagi nisbat va h.k.

Mamlakatlararo mutanosiblik

Jahonning turli davlatlari o‘rta-sida taqozo etiluvchi ma’lum nisbatlardagi moslik

- davlatlarning jahon hamjamiyatida tutgan iqtisodiy o‘rni va rolini namoyon etuvchi nisbatlar;
- davlatlarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki;
- eksport va import hajmi jihatidan davlatlar o‘rtasidagi nisbat va h.k.



A.O‘rinov mavjud tan olingan (umumiqtisodiy, tarmoqlararo, tarmoq ichidagi, xududiy, davlatlararo) mutanosibliklar bilan bir qatorda ishlab chiqarish ichidagi mutanosibliklarni ham alohida ta’kidlab o‘tadi. Ushbu turkumdagi mutanosibliklar korxonalarda qo‘llanilayotgan yer, kapital bilan ishchi kuchi, iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish vositalari, ya’ni texnika, texnologiya bilan xom ashyo, asosiy va aylanma kapitallar o‘rtasidagi mutanosibliklarni ifodalaydi4.
Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli sohalari, tarmoqlari, tomonlari va bo‘limlari o‘rtasidagi miqdor va sifat jihatidan muayyan nisbatlardagi o‘zaro moslik bo‘lib, barqaror ravishda takrorlanib turuvchi doimo rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘ladigan iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ifodalovchi umumiqtisodiy kategoriyadir. Uning talablarini hisobga olgan holda amalda qo‘llanishi iqtisodiyotning barqaror, tebranishlarsiz, inqirozlarsiz rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi.
Bu iqtisodiy kategoriyaning ob’ektiv xarakteri shundaki, kishilar tomonidan uni mensimaslik, e’tiborga olmaslik turli xil yo‘qotishlarga, ortiqcha ishlab chiqarish va sarflarga, oxir-oqibatda iqtisodiy nomutanosiblik va inqirozlarga olib kelishi mumkin.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling