Ma’ruza. Milliy iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanishi Reja


Download 0.68 Mb.
bet2/5
Sana05.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1432598
1   2   3   4   5
Bog'liq
28 Ma’ruza Milliy iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanishi

Iqtisodiy muvozanat deb bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda va ta’sirda amal qiladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki yoki bir necha tomonining teng kelgan holatiga aytiladi. Shuning uchun ham butun iqtisodiyotning muvozanati to‘g‘risida gap borganda, eng avvalo uning asosiy ko‘rsatkichi sifatida yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi tenglik e’tiborga olinadi.
Iqtisodiy muvozanatlikning ikki tomoni – qiymat va naflilik jihatidan tahlili E.Shodmonovning tadqiqot ishlarida ancha batafsil berilgan. Bunda muvozanatlikning turli darajalari mazmunan farqlanilib, umumiy muvozanatlikning qiymat va naflilik jihatidan tarkibi alohida tasvirlangan (18.2-rasm).





18.2-rasm. Umumiqtisodiy muvozanatlikning qiymat va naflilik jihatidan tarkibi2

Naflilik – bu ne’matlarning inson ehtiyojini qondira olish xususiyati, iste’mol qiymatining namoyon bo‘lishi shaklidir. Yalpi talab va yalpi taklifning naflilik jihatidan tarkibi – bu jamiyatdagi mavjud talablarga turi, miqdori va sifati bo‘yicha mos keluvchi tovar va xizmatlar majmui hisoblanadi. Agar iqtisodiyotda A, V, S va boshqa turdagi tovarlardan talabga yetarli qiymatda yaratilgan bo‘lsa, biroq ularning har biri bo‘yicha miqdor va sifat jihatidan alohida talab qondirilmasa, u holda umumiy muvozanat ta’minlangan deb bo‘lmaydi.


Iqtisodiy adabiyotlarda bildirilgan fikr-mulohazalarga asoslangan holda iqtisodiy muvozanatlik namoyon bo‘lishining quyidagi shakllarini keltirish mumkin (18.4-rasm).



18.4-rasm. Iqtisodiy muvozanatlik namoyon bo‘lish shakllari

Rasmdan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy muvozanatlik real hayotda shart-sharoitga qarab turli shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin ekan. Bundan tashqari, iqtisodiyotning ko‘plab qismlari va sohalari o‘rtasidagi muvozanatlik balanslar ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi. Ayni chog‘da, iqtisodiyotning turli darajalardagi muvozanatligini ta’minlashda balans usulidan keng foydalaniladi. Balans usuli – muayyan maqsadlarga erishishda mavjud resurslar va ulardan foydalanish miqdorlari o‘rtasidagi tenglikni ta’minlash asosida muvozanatlikni o‘rnatishga qaratilgan usullar majmui. Bunda balanslar tizimidan foydalanilib, u o‘z ichiga moddiy (natural), qiymat (pul) va ishchi kuchi balanslarini oladi. Balans usulini qullash orqali umumiqtisodiy, hududiy, tarmoqlararo va ishlab chiqarish ichidagi muvozanatliklarning o‘rnatilishi va miqdoriy jihatdan ifodalanishi ta’minlanadi.


Tarmoqlararo balans – kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ya’ni mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarini tavsiflovchi iqtisodiy-matematik model bo‘lib, uning yordamida tarmoq va tarmoqlararo kesimda asosiy takror ishlab chiqarish nisbatlarining batafsil detallashtirilishi ta’minlanadi.
To‘lov balansi – ma’lum davr davomida muayyan mamlakatdagi pul tushumlari bilan chet mamlakatlarga barcha pul to‘lovlari o‘rtasidagi tenglikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi. To‘lov balansida mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning turli ko‘rinishlari – tashqi savdo, kapital migratsiyasi, litsenziyalar savdosi, transport, turizm, xususiy shaxslar pul o‘tkazmalari va h.k. bo‘yicha hisob-kitoblar o‘z ifodasini topadi.
Ishchi kuchi resurslari balansi – mavjud ishchi kuchi resurslari va ulardan foydalanishning tengligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi. Mazkur balans iqtisodiyotning mutanosib rivojlanishini ta’minlashda ishchi kuchiga bo‘lgan talab hamda uni qondirish manbalarini o‘zaro taqqoslash imkonini beradi.
Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi – zaruriy mahsulotni pul ko‘rinishini olgan asosiy qismining xarakatini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi. Balansning mazkur turi to‘lovga qodir talab va tovarlar taklifi, chakana tovar aylanmasi, puli xizmatlar hajmi va aholi omonatlari o‘rtasidagi tenglikni ta’minlashning asosiy usullaridan biri hisoblanadi.

Iqtisodiy muvozanatlikning mazmuni iqtisodiyotning turli sohalari, tarmoqlari va tomonlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ko‘rib chiqqanimizda yanada oydinlashadi.





Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling