Ma’ruza. Milliy iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanishi Reja


O‘zbekistonda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash asosida mutanosibli rivojlantirish


Download 0.68 Mb.
bet4/5
Sana05.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1432598
1   2   3   4   5
Bog'liq
28 Ma’ruza Milliy iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanishi

3. O‘zbekistonda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash asosida mutanosibli rivojlantirish

Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori barqaror sur’atlar bilan o‘sishi va makroiqtisodiy mutanosibligi ta’minlandi, ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash ishlari davom ettirildi.


Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari hamda ularni ta’minlash borasidagi vazifalarning aniq belgilab olinishi va izchil ravishda amalga oshirilishi natijasida mamlakatimizda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishida ahamiyatli yutuqlarga erishilmoqda.
Iqtisodiyot tuzilishidagi o‘zgartirishlar, chetdan mahsulot olib kelishni qisqartirish, iqtisodiyotning xomashyo yetishtirishga qartilgan bir tomonlama yo‘nalishini bartaraf etish va uning eksport imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar ichidagi va hududiy jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash vazifalarini hal etish bilan bog‘liqlikda amalga oshirildi.
Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o‘zgarishlar – respublikaning energetika
va oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlovchi tarmoqlarni rivojlantirishga qaratildi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o‘zak tarmoqlarni – neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgiya sanoatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xo‘jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalarini rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o‘zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste’mol bilan jamg‘arish fondi o‘rtasidagi eng maqbul mutanosiblikni ta’minlash asosiy o‘rin tutadi. Iste’mol fondining eng maqbul darajasiga erishish – ichki bozorda talab bilan taklif o‘rtasida mutanosiblikni ta’minlaщda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko‘proq e’tibor berdi.
Tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonida mahalliy xomashyo va tabiiy imkoniyatlar asosida ishlaydigan, ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda, nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga qaratilishi zarur.
Iqtisodiyotni mutanosib rivojlantirishda uzoq muddatli dastur ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etib, unda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizasiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatbardoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovasiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha maqsadli loyihalar ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida “Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish” maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rsatib berilgan5. Jumladan,

  • milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish;

  • ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;

  • iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish;

  • prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash;

  • ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;

  • iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;

  • faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish;

  • xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish;

  • turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish;

  • eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;

  • yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

Yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari har tomonlama chuqur va puxta o‘ylangan izchil budjet-soliq va pul-kredit siyosatini amalga oshirish orqali ta’minlanadi. Ushbu siyosat, avvalambor, iqtisodiyotda soliq yukini kamaytirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida uning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirishga qaratiladi.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling