Ma’ruza (nazariy material)-4 soat) reja
Bozorga Yo’naltirilgan Vazifalarni Aniqlash
Download 168.87 Kb.
|
5Marketingni strategik va taktik rejalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadval-2.1. Bozorga yo’naltirilgan biznes izohlari
Bozorga Yo’naltirilgan Vazifalarni Aniqlash
Har qanday kompaniyaham biror narsaga erishish uchun tashkil qilinadi va bu maqsad aniq ifodalanishi kerak. Vazifalarni o’rnatish quyidagi savollarga javob berishdan boshlanadi: Bizning biznesimiz nima?, Xaridor kim?, Xaridorning bahosi qanaqa?, Biznesimiz qanday bo’lishi kerak?. Yuqoridagi oddiy eshitilayotgan savollar kompaniya javob berishi kerk bo’lganlarining ichida eng murakkablaridir. Omadli kompaniyalar doimiy ravishda bu savollarni ko’tarib turadilar va ularga ehtiyotkorlik bilan va to’liq javob beradilar. Ko’pgina tashkilotlar bu savollarga javob berish uchun rasmiy vazifa bayonot yozadilar.Vazifa bayonot bu kompaniyaning maqsad bayonoti hisoblanib, undakompaniya kattaroq muhitda nimaga erishishni xohlashi aks ettiriladi. Aniq ishlangan vazifa bayonoti “ko’rinmas qo’l” kabi harakatlanib tashkilotdagi barcha odamlarni boshqarib turadi. Bozorga Yo’naltirilgan Vazifalari: Chipotelning burrito(go`shtli non)larni sotish emas , balki u halol oziq ovqatlarga tabiiy ingridientlar bilan toyintirilgan yetkazib berishga va`da beradi. Jadval-2.1. Bozorga yo’naltirilgan biznes izohlari
Ba’zi kompaniyalar o’z vazifalarinimahsulot va texnologiya atamasi bilan aytganda mayopic tarzda aniqlab oladilar ( “Biz mebel yasaymiz va sotamiz”, biz “Kimyoviy jarayonli firmamiz”). Lekin vazifalar bozorga yo’naltirilgan va mijozning asosiy ehtiyojlarini qondirish shartida bo’lishi kerak. Mahsulot va texnologiyalar tez-tez yandilanib turishi mumkin ammo asosiy bozor ehtiyojlari abadiy davom etadi. Masalan, Facebook o’zini yagona onlayn ijtimoiy tarmoq deb hisoblamaydi. Uning vazifasi dunyo bo’ylab odamlarni bir biriga ulash va ularning hayotidagi eng muhim lahzalarini bir-birlariga ulashishda yordam berishdir. Xuddi shu kabi Chipotlening vazifasi shunchaki burritolarini sotish emas. Aksincha restoran “Taom va Haqqoniylik” ka atrof-muhit va mijozlarning zaruriy va uzoq muddatli salomatligi ta’minlash majburiyatiga urg’u bergan holda va’da beradi. 2.1 jadvaldamahsulotga yo’naltirilgan yoki bozorga yo’naltirilgan biznes izohlarning bir niche boshqa misollari keltirilgan. Missiya bayonotlari ma’noli, aniq va shu qatorda ruhlantiruvchan bo’lishi kerak. Ko’pincha missiya bayonotlari jamiyatga aloqador maqsadlar uchun yoziladi va ular unchalik konkret yoki ishchan yo’riqnoma bo’lmaydi. Uning o’rniga ular kompaniyaning kuchli tomoni va qanday qilib bozorda o’rin egallash uchun harakat qilayotganliklarini aytishlari kerak. Masalan, Googlening missiyasi dunyoning eng zo’r qidiruv operatori bo’lish emas, uning vazifasi qayerda bo’lishidan qat’iy nazar odamlarga dunyo axborotida oyna ochib berishdir. Va nihoyat, kompaniyaning vazifasi ko’proq mahsulot sotuvga chiqarish va foyda olish deb belgilanmasligi kerak, aksinch missiya kompaniya yaratmoqchi bo’lgan mijoz va mijoz tajribasiga asoslangan bo’lishi kerak. Shunday qilib bo’limning ochilish hikoyasida muhokama qilganimizdek, Makdonaldning missiyasi dunyoning eng zo’r va daromadli tez xizmat ko’rsatadigan restorani bo’lish emas, mijozlarni eng sevimli tez ovqatlanish tajribalar bilan ta’minlash edi. Agar Makdonald xaridorga qaratilgan missiyasiga erishsa, foyda o’zi ergashib keladi. Download 168.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling