Ma’ruza (nazariy material)-4 soat) reja


-rasm. Strategik rejalashtirish jarayoni


Download 168.87 Kb.
bet6/13
Sana13.09.2023
Hajmi168.87 Kb.
#1677289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5Marketingni strategik va taktik rejalashtirish

1-rasm. Strategik rejalashtirish jarayoni


2-rasm. Korxona va marketing strategiyasi darajasidagi rejalashtirish jarayoni.
Strategik rejalashtirishning maqsadi – firmaning uzoq muddatli taraqqiyotini ta’minlash maqsadida tanlagan strategiyasini aniq va izchil bayon tavsiflab berishdir. Bu tanlov asta-sekin qarorlar va harakat dasturlariga aylanishi kerak. Strategik marketing rejasi moliyaviy rejadir, biroq u moliyaviy oqimlarning manbalari va maqsadlari haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan bo’ladi. Amalda u firmaning jami iqtisodiy faoliyatini belgilab beradi va uning qolgan barcha funksiyalariga: ITTKI (Ilmiy tadqiqot va tajriba- konstuktiv ishlari) bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Strategik marketingning vazifasi firmaning barcha faoliyat turlarini uning taraqqiyoti va rentabelligini ta’minlaydigan yo’nalishlarga har doim yo’naltirish va qayta yo’naltirib turishdan iborat. Uning impulslari faqat marketingga emas, balki barcha funksiyalarga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun uning roli an’anaviy marketing boshqaruvining roliga qaraganda anchagina kengdir, u funksiyalararo muvofiqlashtirishni ham o’z ichiga oladi. Marketingni strategik rejalashtirish jarayoni quyidagi rasmda keltirilgan.




6.4


4-rasm. Korxonaning ishlab chiqarish va bozor imkoniyatlarini baholash
Hozirgi davrning asosiy talabi bu ilmiy tadqiqottajriba va konstruktorlikishlarini (ITTKI) firmalar strategiyasida hal etuvchi sohaga aylanishi bilan belgilanadi.
Har qanday firmaning rahbari, hatto u rejalashtirish g’oyasiga qarshi bo’lsa ham, hech bo’lmaganda uch yo’nalishdagi istiqbollarni belgilab olishga majburdir:
-bozor evolutsiyasiga tegishlicha moslashish yoki yangi tovar bozorlariga kirib borish uchun kerak bo’lgan investitsiyalar;
-ko’zda tutilayotgan buyurtmalar hajmi bilan moslashtirilishi kerak bo’lgan ishlab chiqarish dasturi, buyurtmalar hajmi o’z navbatida talabning mavsumiyligi, tovarlarni ilgari surish va hokazolarga bog’liq bo’ladi;
-moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’lar, ular daromadlar va xarajatlarning mo’ljallari asosida hisoblanadi
Savdo korxonasi va marketing strategiyasi darajasidagi rejalashtirish jarayoni quyidagi rasmda berilgan.
Strategik rejalashtirish jarayonida raqobatdoshlik tahlili, firmaning kuchli va kuchsiz tomonlari, firma uchun bozor mavqei tahlili, obro’li raqobatchilar tahlili, sotish tizimiga yorib kirish tahlili, shuningdek kommunikatsiya dasturi tahlil qilinadi.Agar firma maqsadi tovarni ishlab chiqarishni kengaytirish strategiyasiga mos kelsa, unda keyingi strategik yo’llar bo’lishi mumkin: segmentlar uchun yangi tovarlarni yaratish, jami bozorlarni qamrab olish uchun markalar sonini uzluksiz o’stirish, qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini egallash va h.k.
Agar firma maqsadi bozorni strategik rivojlanishini amalga oshira borib sotish hajmini o’stirishga yo’naltirilgan bo’lsa, quyidagi strategik yo’llarni ko’rib o’tishi mumkin: sotish joylarini kengaytirish, potensial mijozlar sonini o’stirib sotish, intensivligini oshirish.



Download 168.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling