Ma’ruza (nazariy material)-4 soat) reja


konglomerativ diversifikatsiya strategiyasi


Download 168.87 Kb.
bet4/13
Sana13.09.2023
Hajmi168.87 Kb.
#1677289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5Marketingni strategik va taktik rejalashtirish

konglomerativ diversifikatsiya strategiyasi shundan iboratki, firma o’zi qo’llaydigan texnologiyasiga ham, uning hozirgi tovarlari va bozoriga ham hech qanday aloqasi yo’q tovarlar ishlab chiqarish hisobiga kengayadi.

Qisqartirish strategiyasi- firma uzoq muddat o’sishdan keyin yoki iqtisodiyotda pasayish va tubdan o’zgarish kuzatilganda, samaradorlikni oshirish zarurati bilan bog’liq holda, shuningdek, tashkilotning mavjud bo’lishi xavf ostida qolganda kuchlarni qayta guruhlashga ehtiyoj sezganda, realizatsiya qilinadi. Bunday hollarda firmalar ishlab chiqarishni maqsadga yo’naltirgan holda qisqartirishdilar. Va bu firma uchun qanchalik og’ir bo’lmasin, tan olishi kerakki, bu ham firma uchun rivojlanish strategiyasi bo’lib, o’sish strategiyasida ko’rilganidek, ma’lum vaziyatlarda undan qutulib bo’lmaydi. Qisqartirish strategiyasining quyidagi turli-tumanligi ajratiladi:

  • likvidatsiya (bartaraf etish) strategiyasi-o’zida qisqartirish strategiyasining oxirgi holatini aks ettiradi va firma endilikda biznesni yurita olmaydigan holga tushib qolganda, amalga oshiriladi;

  • hosil yig’ish” strategiyasi kelajagi yo’q, sotishdan foyda olinmaydigan, lekin biznesni asta-sekin nolga tushirishdan daromad keltirishi mumkin bo’lganda, qo’llaniladi;

  • ortiqchasini qirqib tashlash strategiyasi ko’pincha diversiifkatsiyalangan firmalar tomonidan o’z biznesini yoki bo’limini yopganda yoki sotganda, realizatsiya qilinadi.

Real amaliyotda firma bir vaqtning o’zida bir necha strategiyalarni realizatsiya qilishi mumkin. Bu, ayniqsa, ko’p tarmoqli kompaniyalarda keng tarqalgan. Bunday hollarda firma aralash (kombinatsiyalangan) strategiyani amalga oshirmoqda, deyiladi. Marketingni boshqarish (menejment marketingi) firmaning umumiy strategiyasi marketing xarakteriga egaligini bildiradi va raqobatchi kuchlar, bozor, tovarlar, narxlar va b. dinamikasining tahlilini ko’zda tutadi. Ba’zan tashkilotning umumiy strategiyasi va uning marketing strategiyasi orasiga aniq chegara qo’yish qiyin. Firmaning umumiy strategiyasi realizatsiyasi uning har bir funksional darajasiga (ITTKI, ishlab chiqarish, marketing, kadrlarga, moliyalashtirishga oid) maqsadlar qo’yishni ko’zda tutadi. Bu maqsadlarga erishish vositalari bu bo’limlar tomonidan ishlab chiqiladigan funksional strategiyalar – ITTKI strategiyasi, ishlab chiqarish strategiyasi, marketing strategiyasi, moliyaviy strategiya va b.lar hisoblanadi.Umumiy strategiya tashkilot va uning tashqi muhiti orasida balansni tutib turishga mo’ljallangan. Undan chiqib keladigan marketing maqsadi firma tovari va u ishlaydigan bozor orasidagi tenglikni saqlash hisoblanadi. Marketingning maqsadi, masalan, shunday ko’rinishi mumkin:

  • yillik, yaqin uch yil davomida tovarlarni tashqi bozorlarda sotish hajmini 10%ga ko’paytirish;

  • ikki yil davomida kompaniya tovarlarini sotish hajmini 10%dan 15%gacha ko’paytirish.

Marketing maqsadlariga yetish vositasi marketing strategiyasi bo’lib qoladi.
Marketing strategiyasi – marketing tadbirlarining mantiqan qurilgan umumiy yo’nalishlari bo’lib, kompaniya marketingining ma’lum maqsadiga erishishini ta’minlaydi. Marketing strategiyasini realizatsiya qilish aniq marketing tadbirlarini, muddatlarini va ularni bajarish uchun kim javob berishini ko’rsatgan holda, ya’ni marketing taktikasini ishlab chiqishni ko’zda tutadi. Masalan, narxni pasaytirish yo’li bilan bozor ulushini ko’paytirish haqidagi qaror strategik hisoblanadi (bozorga chiqish strategiyasi), lekin aniq vaqtda narxni ma’lum foizga kamaytirish – bu taktikadr. Marketing strategiyasi o’zida firmaning maqsadli bozorini tanlash va raqobat sharoitida unga xizmat ko’rsatish bo’yicha aniq strategiyalar tizimini ko’rsatadi.

Download 168.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling