Ma’ruza (nazariy material)-4 soat) reja
teskari vertikal integratsiya strategiyasi
Download 168.87 Kb.
|
5Marketingni strategik va taktik rejalashtirish
teskari vertikal integratsiya strategiyasi- firmaning mahsulot yetkazib beruvchi firmani sotib olishi yoki ularning ustidan nazoratni kuchaytirishi hisobiga o’sishiga yo’naltirilgan. Bu strategiyani realizatsiya qilish narxlar o’zgarishining butlovchilar va mahsulot yetkazib beruvchilar so’rovlariga bog’liqligini kamaytiradi;
oldinga yuruvchi vertikal integratsiya strategiyasi- firmaning savdo va tarqatish bilan shug’ullanuvchi mahsulot etkazib beruvchi firmalarni sotib olishi yoki ular ustidan nazoratni kuchaytirishi bilan o’sishiga yo’naltirilgan. Integratsiyaning bu turi, vositachilik xizmatlari o’ta kengayganda yoki firma ish sifati yuqori bo’lgan vositachilarni topa olmaganda, juda foydali; gorizontal integratsiyalash strategiyasi yoki raqobatchi firmani mag’lub etish yoki qo’shilish yohud xorijiy kapital bilan hamkorlikda tashkilot yaratish yo’li bilan amalga oshiriladi. Biznesni rivojlantirish strategiyasining keyingi guruhi diversifikatsion o’sish strategiyasi bo’lib, firmaning ushbu mahsulotning ushbu tarmog’i bilan boshqa rivojlana olmaslik holatida realizatsiya qilinadi. Bu strategiya, agar bozorlar amalga oshirilayotgan bizneslar uchun to’yingan holatda bo’lsa yoki mahsulotning “o’lib borishi” natijasida unga talab pasayib ketsa yoki, monopoliyaga qarshi boshqaruv ushbu tarmoq doirasida biznesning kelgusi rivojlanishiga ruxsat bermasa yoki yangi biznes uskunalardan, butlovchilardan, xom-ashyodan yaxshiroq foydalanish, hisobiga yaxshiroq samara bera boshlasa, tanlanadi. Diversifikatsiyalangan o’sishning asosiy strategiyalari quyidagilar hisoblanadi: markazlashtirilgan diversifikatsiya strategiyasi- chiqarilayotgan nomenklaturalarni texnik yoki marketing nuqtai nazaridan firmaning mavjud tovarlariga o’xshash mahsulotlar bilan to’ldirishiga asoslanadi; gorizontal diversifikatsiya strategiyasi- mavjud nomenklaturani avvaldan chiqarib kelinayotgan mahsulotlar yoki xizmatlarga o’xshamaydigan va bog’liq bo’lmagan, lekin mavjud mijozlarda qiziqish uyg’ota oladigan mahsulotlar bilan to’ldirishni bildiradi; Download 168.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling