Boʻlishsizlik olmoshlari
Eski oʻzbek tilida ham boʻlishsizlik olmoshlari tuzilishiga koʻra sodda va murakkab shakllardan iborat.
Hech boʻlishsizlik olmoshi shaxsga nisbatan ham, narsa va voqea-hodisalarga nisbatan ham qoʻllanadi. Bu olmosh shaxsning, narsa yoki voqea-hodisaning mutlaq inkorini bildiradi: Ottuz qızım bar, hech ogʻlum yoq (QR).
Boʻlishsizlik olmoshining hech kim, hech kimsä, hech kimersä shakllari maʻno jihatdan bir xil boʻlib, shaxsga nisbatan qoʻllanadi.
Boʻlishsizlik olmoshining hech kim shakli eski oʻzbek tili taraqqiyotining hamma davrlarida isteʻmolda boʻlgan: Siziŋ qudratıŋız andagʻ, hech kim yıgʻmagʻay (Tafsir).
Boʻlishsizlik olmoshining hech nimä, hech narsa, hech nimärsä shakllari maʻno jihatdan bir xil boʻlib, narsa va voqea-hodisalarga nisbatan qoʻllanadi.
Bu shakllar ayrim asarlardagina qayd qilindi: Hech nimägä ixtiyārım yoq turur (Navoiy, MQ).
Do'stlaringiz bilan baham: |