mа’ruzа: olmosh so’z turkumi ( soat )
Download 130 Kb.
|
8-maruza.
Koʻrsatish olmoshlari
Eski oʻzbek tilida koʻrsatish olmoshlarining asosan bu, ul (u), ushbu, oshul, oshal, shul shakllari isteʻmolda boʻlgan, ayrim davrlarda yoki ayrim yodgorliklarda bul, shu, osha, oshu, hamin, hamul kabi shakllari ham qoʻllangan. Koʻrsatish olmoshlarining bir guruhi tuzilishiga koʻra sodda, boshqalari murakkab shakllardan iborat. Murakkab shakllarning koʻpchiligi bu yoki ul koʻrsatish olmoshi bilan ush (osh) taʻkid yuklamasining birikuvidan tashkil topgan tarkibli olmoshlardir.
Ush soʻzi “Devonu lugʻatit-turk”da ham qayd qilingan boʻlib, “shunday”, “xuddi”, “hozirgina”, “shu onda” kabi maʻnolarni ifodalovchi soʻz sifatida izohlangan va quyidagi misollar keltirilgan: Ush mundagʻ qıl – “Xuddi shunday qil”. Ush keldügüm bu —“Hozirgina kelib turganim” (MK, I tom , 72-bet). Bu koʻrsatish olmoshi nutq paytida mavjud boʻlgan, soʻzlovchiga masofa jihatdan yaqin boʻlgan narsani, shaxsni, voqea-hodisani koʻrsatadi: Kѳchüb bu yergä kelälim (QR). Kѳzüŋdin salma bu miskin gadanı (MN). Bul koʻrsatish olmoshi bu va ul koʻrsatish olmoshlarining birikuvidan tashkil topgan tarkibli olmosh boʻlib (bu+ul>bul), maʻno jihatdan bu koʻrsatish olmoshiga oʻxshaydi. Eski oʻzbek tilida bul koʻrsatish olmoshining qoʻllanishi ancha chegarali boʻlib, asosan XIX asrga oid manbalarda uchraydi: Bul sѳzni tafsilini “Silsilatuz zahhab ”dın tap (Gulxaniy). Ul koʻrsatish olmoshi kishilik olmoshining III shaxs birligi bilan shaklan oʻxshash, yaʻni bu olmosh ham alif-u vov-u lorn orqali ل و ﺍ shaklida yoziladi (qarang: 75-§). Ul koʻrsatish olmoshi maʻnosiga koʻra bu koʻrsatish olmoshiga qarama-qarshi boʻlib, vaqt va masofa jihatdan soʻzlovchidan uzoq boʻlgan narsani, shaxsni, voqea-hodisani koʻrsatadi: Taqı ul hālda xitāb keldi (QR). Download 130 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling