mа’ruzа: olmosh so’z turkumi ( soat )


Tamüm soʻzining birgalik olmoshi maʻnosida qoʻllanishi ayrim asarlarda uchraydi: Yürir teŋiz ichindä tamām tagʻlar käbi (Tafsir). Jamʻe


Download 130 Kb.
bet8/12
Sana02.01.2022
Hajmi130 Kb.
#197740
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
8-maruza.

Tamüm soʻzining birgalik olmoshi maʻnosida qoʻllanishi ayrim asarlarda uchraydi: Yürir teŋiz ichindä tamām tagʻlar käbi (Tafsir).

Jamʻe soʻzining birgalik olmoshi maʻnosida qoʻllanishi yana ham chegarali boʻlib, XV asrdan keyingi baʻzi asarlardagina uchraydi: Hindustānnıŋ jamʻe rudlannıŋ bu xāsiyatı bar (BN).

Hamma (hama) birgalik olmoshi eski oʻzbek tili taraqqiyotining oldingi davrlarida kam qoʻllangan boʻlib, keyingi davrlarda faollasha borgan. Misollar: Hamması menim ilmim astında bolgʻaylar (NF).

Belgilash olmoshlari

Eski oʻzbek tilida ham hozirgi oʻzbek tilidagi kabi belgilash olmoshlarining sodda va murakkab shakllari isteʻmolda boʻlgan. Sodda shakli – har. Murakkab shakllari esa har soʻziga soʻroq olmoshlaridan birini qoʻshish yoʻli bilan hosil boʻladi: har nima, har qaysi, harna // harnä (// har+nä) kabi. Oldingi davrlarda belgilash olmoshining tekmä shakli ham isteʻmolda boʻlgan.



Har belgilash olmoshi narsa, shaxs, voqea-hodisani yoki belgini ajratib koʻrsatadi. Bu olmosh hech qanday soʻz oʻzgartuvchi, shakl yasovchi qoʻshimcha olmaydi: Har kishigä andāza birlä satarlardı (Tafsir).

Tekmä belgilash olmoshi asli turkiy boʻlib, turkiy tillar taraqqiyotining oldingi davrlarida belgilash olmoshi uchun shu soʻz qoʻllangan.

Tekmä belgilash olmoshi maʻno jihatdan har belgilash olmoshiga oʻxshaydi: Tekmä qapugʻda tekmä kechä yetmish mıŋ er sagʻchı turur (QR).

Belgilash olmoshining murakkab shakllari maʻnoni taʻkidlab, ajratib koʻrsatish uchun xizmat qiladi.




Download 130 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling