mа’ruzа: olmosh so’z turkumi ( soat )
Download 130 Kb.
|
8-maruza.
Ushbu, shul, shu, hamin koʻrsatish olmoshlari maʻno jihatdan oʻxshash. Bular nutq paytida mavjud boʻlgan, soʻzlovchiga masofa jihatdan yaqin boʻlgan predmet, shaxs, voqea hodisani taʻkidlab, alohida ajratib koʻrsatishda qoʻllanadi.
Ushbu koʻrsatish olmoshi ush taʻkid yuklamasi va bu koʻrsatish olmoshining birikuvidan tashkil topgan tarkibli olmoshdir. Bu olmosh nutq paytida mavjud boʻlgan narsa, shaxs, voqea-hodisani taʻkidlab koʻrsatish maʻnosini ifodalovchi asosiy vosita sifatida yozuv yodgorliklarda keng isteʻmolda boʻlgan. Masalan: Ushbu qagʻannın cherigi... kѳp-kѳp erdilär erdi (0ʻN). Shul koʻrsatish olmoshi shu va ul koʻrsatish olmoshlarining birikuvi asosida hosil boʻlgan tarkibli olmoshdir: Shu+ul>shul (Qiyoslang: bu+ul>bul). Yozuv yodgorliklarda bu olmosh ushbu olmoshiga nisbatan kam qoʻllangan: Shul bugʻunı... bagʻladı (0ʻN). Shu koʻrsatish olmoshi eski oʻzbek tilida kam qoʻllangan boʻlib, ayrim manbalardagina uchraydi: Taqı kim qılsa shunı, bas, anlar yoqalgʻanlardın bolgʻay (Tafsir). Koʻrsatish olmoshlarining oshul, oshal, osha, oshu shakllari maʻno jihatdan bir guruhni tashkil etadi. Bular nutq paytida mavjud boʻlmagan, soʻzlovchiga oldindan maʻlum boʻlgan yoki masofa jihatdan uzoq boʻlgan narsa, shaxs, voqea-hodisani taʻkidlab, ajratib koʻrsatadi. Bu olmoshlar etimologik jihatdan ham oʻxshash boʻlib, bir xil manba asosida shakllangan. Oshul olmoshi ush (osh) taʻkid yuklamasi va ul koʻrsatish olmoshining birikuvi asosida hosil boʻIgan tarkibli olmoshdir: osh+ul>oshul. Bu olmosh soʻzlovchiga oldindan maʻlum boʻlgan narsa, shaxs, voqea-hodisani taʻkidlab, ajratib koʻrsatish maʻnosini ifodalovchi asosiy vosita sifatida yozuv yodgorliklarda ancha faol isteʻmolda boʻlgan. Masalan: Oshul beg tagʻlargʻa kirdi (0ʻN). Oshal olmoshi ush (osh) taʻkid yuklamasi va ul (ol) koʻrsatish olmoshining birikuvidan tashkil topgan tarkibli olmoshdir: osh +ol>osh +al>oshal. Eski oʻzbek tilida oshal olmoshining qoʻllanishi oshul olmoshiga nisbatan ancha chegarali boʻlgan: Oshal kiin kim, seni yazdan yarattı (MN). Download 130 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling