Ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
Download 0.54 Mb.
|
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- II SEMESTR «ShAXS PSIXOLOGIYASI» BO’LIMI 16-mavzu : Shaxs ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida
Asosiy adabiyotlar
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008. Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan Vыgotskiy L. S. Sobr. soch. v 6 t. M., 1982-1984. Galperin P. Ya. Vvedeniye v psixologiyu. M., 1976. Galperin P. Ya. K ucheniyu ob interiorizasii // Vopr. psixologii. 1966. № 6. Gippenreyter Yu.B. Vvedeniye v obщuyu psixologiyu. M., 1996. Qo’shimcha: Ananyev B. G. O problemax sovremennogochelovekoznaniya M., 1977 Aristotel. Soch. v 4 t. T. 1. M., 1975 Bodrov V.A. Psixologiya professionalnoy deyatelnosti. Teoreticheskiye i prikladnыye problemы. M.: Izd-vo «Institut psixologii RAN», 2006. Fonarev A. R. Psixologiya stanovleniya lichnosti professionala: Uchebnoye posobiye. M.: Izd-vo Moskovskogo psixologo-sosialnogo instituta, 2005. II SEMESTR «ShAXS PSIXOLOGIYASI» BO’LIMI 16-mavzu: Shaxs ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida Reja Shaxs to’g’risida umumiy tushuncha «Endopsixika» va «Ekzopsixika» haqida tushuncha Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ ajralmas, alohida zot degan ma’no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog’lom (esi-hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q, oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb atash an’ana tusiga kirib qolgan, chunki o’sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo’la oladi. Individ sifatida yorug’ dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta’sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog’idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo’lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a’zolari, mahalla ahli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning og’ushida, ularning qalb to’risida) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog’liq bo’lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faollikni inkor etish o’ta bahsli fikrdir. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish jarayoni odamning o’zicha amalga oshirayotgan faoliyatiga va uning bilan qanday maqsad ko’zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ruhiy dunyosi orqali namoyon bo’ladi. Odatda faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko’nikmalarida ko’zga tashlanadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, faollik shaxsning atrof-muhitdagi voqyelikni egallashga intilgan sa’i-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o’z istiqboli uchun yo’l-yo’riq tanlashda, uni o’zlashtirishda, hayotda o’z mavqyei va o’rnini topishda gavdalanadi. Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Hayotda biron bir tanbeh berishning o’zi kimgadir ruhiy hisni uyg’otsa, boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta’sir qiluvchi barcha tashqi qo’zg’atuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari (tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig’indisi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo’ladi. Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir, ya’ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig’indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o’xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilganligi qayg’u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo’lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqyelikning mangulikka yo’nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o’zining qadr-qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta’lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o’zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir. Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko’pincha, ularda har xil vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi, o’zaro hyech bir o’xshamagan rollarni ijro etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning “egovi”, injiq, “Zo’ravon” bola o’z tengqurlari davrasida ehtiyotkorona harakat qilib, o’zini tamoman boshqacha tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaqtida boshqalarga qo’shilmaydigan sayohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va hamkorlikda, ulfatchilikda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan masalalardan bitta odamning o’zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan bir-biriga qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turli-tuman vaziyatlarga, sharoitlarga mos, ularga mutanosib bo’lgan jihatlarni (jabhalarni) namoyon qiladi, uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqasida va shu singarilarida o’z zimmasiga olgan rollarni bir-biriga qarama-qarshi emas, balki o’zaro hamohang tarzda o’ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining, sifatlarining bir-biriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko’rsatuvchi alomatlardan biri bo’lib, undagi qarama-qarshilik, ziddiyat va shakllanib ulgirmagan xususiyatlarning ko’rsatkichi uning turli vaziyatlarda bajariladigan rollarning o’zaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligi hisoblanadi. Inson jamiyatning turli guruhlarida odamlarning o’z zimmasiga olgan vazifalari va rollari qanchalik rang-barang bo’lmasin, turmushdagi mavqyei ko’p ma’no, ko’p qirrali xususiyatga ega bo’lishidan qat’i nazar, inson shaxsiga to’la mos keladigan haqiqiy tavsif berish imkoniyati saqlanib qoladi. Unga beriladigan tavsif faqat uning o’ynaydigan asosiy rollarini, egallagan mavqyeining individualligini namoyon qiluvchi motivlarini aniqlash bilan emas, balki uning ishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni o’zlashtirishga nisbatan munosabatini o’rganish orqali beriladi. O’zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif uning asosida gumanistik, mustaqil, huquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va bu ijtimoiy jarayonda faol qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi. Jahon psixologiyasi fanining ilg’or taraqqiyparvar, gumanistik tadqiqotchilarining tajribasida ko’rsatilishicha, shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlari (xarakter xislati, temperament xususiyatlari, irodaviy sifatlari, aqliy qobiliyatlari, iste’dod darajalari, barqaror qiziqishlari, hukmron motivlari, hissiyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, alohida odamda betakror, barqaror, turg’un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o’z navbatida shaxsni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qat’iyligi, stereotipligi to’g’risidagi fikrni qat’iy tasdiqlashga imkon yaratadi. Psixik holatlar, hodisalar (hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar) uzluksiz ravishda o’zgarib turishi, ijtimoiy guruhlarda, hayotiy vaziyatlarda odam o’z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvorning o’zgarishi, yoshni ulg’ayib borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi (milliylik, etnik ta’sir asosida) muayyan darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barqarorlik odam qatnashadigan uning yashash sharoitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg’unlikda shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig’indisining doimiyligi bilan uzviy bog’liqdir. Biroq biz qayd qilib o’tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki shaxsni psixik tuzilishining o’zgarishi jahon psixologlarining bir qator tadqiqotlarida o’rganilgan. Bu o’zgarishlar odamning yashash muhiti, amalga oshiradigan faoliyatida namoyon bo’luvchi hisoblanib, ular ijtimoiy ta’sir, tarbiya sharoitiga bevosita aloqadordir. Demak, shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o’zgaruvchan xususiyatlari inson xislatlarining yaxlitligi va o’zaro bog’liqligidan, tarkib topuvchi murakkab birlikdan iboratdir. Odatda shaxsni psixologik jihatdan o’rganish o’z tarkibiga ikki asosiy ilmiy muammoni qamrab oladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling