Ma’ruza Shimoliy Afrika va janubi-g‘arbiy osiyo arab mamlakatlari


Download 26.42 Kb.
bet5/7
Sana26.10.2023
Hajmi26.42 Kb.
#1722973
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu

Tabiiy sharoiti va resurslari. Janubi-G‘arbiy Osiyo davlatlari quruq cho‘l, chalacho‘l va quruq tog‘li dasht mintaqasida joylashgan. Mintaqa hududining 60%i cho‘l landshafti bilan band. Shimolda keng chalacho‘l yassi tog‘ligi cho‘zilib yotadi. U asta-sekin tog‘lik bilan almashinadi. Bu tog‘lar foydali qazilmalarga boy. Mintaqaning asosiy boyligi, Arabiston yassi to g iig i, Mesopotamiya, Eron to g ‘ligi va ba’zi bir boshqa viloyatlarda neft hisoblanadi. Kapitalistik va rivojlanayotgan mamlakatlarda qidiralayotgan barcha neft zahiralarining 2A qismi Janubi-G‘arbiy Osiyo mamlakatlari xissasiga to ‘g ‘ri keladi. Bu mintaqaning neft konlari o ‘zining qulay geologik sharoitda joylashganligi bilan, garizontlaming katta quvvati bilan, yuqori gaz bosimi va yuqori sifati bilan farq qiladi; mintaqadagi, 3,4qism neft quduqlardan otilib chiqadi. Yirik neft konlari Saudiya Arabistonining Govar va Dengiz Safaniyasida topilgan. Eronda asosiy k o n la r F o r s ko‘rfazining shimoli-g'arbiy sohilbo‘yida joylashgan. Iroqda eng muhim konlar Kirkuk va Zubayr hisoblanadi. Janubi-G‘arbiy Osiyo mamlakatlari ichida ko‘mirga Turkiya, misga Eron va Kipr, rux, q o ‘rg‘oshin va xromga Turkiya va Eron, oltinga Saudiya Arabistoni, mineral tuzlarga Isroil va lordaniya, oltingugurtga Iroq boy.
Janubi-G'arbiy Osiyoning tabiiy xaritasi.Mintaqa bu qismining iqlimi- subtropik-kontinental, quruq uzoq davom etuvchi yoz va qisqa yomgMrli qish. 0 ‘simliklari dasht va chalacho‘l xarekterida, faqat tog‘laming nam yon b ag ‘rlarida keng bargli o ‘rmonlar o ‘sadi. Mintaqaning janubiy qismi uchta viloyatga bo’linadi: Levant, Arabiston yarim oroli, Mesopotamiya pasttekisligi. Levant 0 ‘rta dengiz sohilbo‘yidagi tor polosa b o iib , Arabistondan Suriya-Falastin tog‘lari bilan ajralib turadi. Meridional yo‘nalishda cho‘kma cho‘zilib yotadi, unda O iik dengiz joylashgan, u dengiz sathidan 392 m pastda joylashgan va Iordan daryosi oqadi. Levant iqlimi- 0 ‘rtay dengiz iqlimi.
Arabiston yassi to‘g‘ligi deyarli butun Arabiston yarimorolini egallaydi va o‘zida choMni ifodalaydi. Mesopotamiya pasttekisligi- qurg‘qchil viloyat, lekin u mintaqa hayotida katta rol o‘ynovchi Tigr va Yefirot daryolari bilan sug‘oriladi.
Aholisi.Dini.Janubi-G‘biy Osiyo mamlakatlarida 280mln. kishi yashaydi. Bu mintaqa dunyoning aholi siyrak joylashgan qismidir. Aholining o ‘rtacha zichligi lkm2da 24 kishi, Livanda birmuncha zich-lkm2da 355 kishi, Saudiya Arabistonida esa lkm 210 kishi. Aholi zich joylashgan joylar dengiz sohilbo'yida, daryo vodiylarida va ancha nam tig‘oldi rayonlarida kuzatiladi. Janubi-G‘arbiy Osiyoda nafaqat katta siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi, balki demografik siljishlar ham yuz berdi. Tabiiy o ‘sish hisobiga aholi tez ko‘paymoqda. Shahar va qishloq aholisi o ‘rtasida o ‘zgarishlar bo‘ldi. Shaharlar intensiv o ‘smoqda.

Download 26.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling