Ma’ruza Shimoliy Afrika va janubi-g‘arbiy osiyo arab mamlakatlari
Download 26.42 Kb.
|
2-mavzu
Qishloq xo‘jaligi. Janubi-G‘arbiy Osiyo mamlakatlari ko‘pchiligining milliy iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi yetakchi tarmoq hisoblanadi. Unda mamlakatlar aholisining ko‘pchiligi band. Qulay tabiiy sharoit va sug'oriladigan yerlardan bir yilda 2-3 marta hosil olinishiga qaramasdan bu mintaqaning qishloq xo‘jaligi qoloq, kam mahsuldorligicha qolmoqda. Irrigatsiya-meliorativ ishlar, shuningdek yangi yerlami o‘zlashtirish cheklangan miqyosda olib borilmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligi past va yalpi hosil darajasi ham past. Qishloq xo'jaligi rivojlanish yo‘lidagi eng katta to ‘siq qoloq agrar munosabatlar hisoblanadi.Mintaqa dehqonchiligida asosiy yo‘nalish subtropik o ‘simliklar yetishtirish hisoblanadi. Sug‘oriladigan yerlarda, ko‘p yog‘n tushadigan O‘rta dengiz sohilbo‘ylarida mevalar, sitruslar, uzum, poliz ekinlari, qand lavlagi, paxta, sholi yetishtiriladi. Iroq janubida va Saudiya Arabistonida xurmo palmasi va shakarqamish, Arabiston yarim orolining janubida kofe yetishtiriladi. Donli ekinlar yetishtirishda Turkiya va Eron yetakchi o ‘rinni egallaydi. Molar boshi jihatidan qo‘y va echkilar ustun turadi.Transport. Hamma transport turlari ichida yetakchi o ‘rinni tashqi aloqalarda, ya’ni muhim xalqaro ahamiyatga ega b o ‘lgan dengiz transporti egallaydi. Havo transporti muhim rol o ‘ynaydi: mintaqa xalqaro havo yo‘llari chorrahasida joylashgan. Temir yo‘llar transporti kam rivojlangan. Ichki yuk tashishda avtomobil yoMlari katta ahamiyatga ega. Quvur transporti ham rivojlangan. Yirik neft quvurlari Ras-Tannura-Sayda, Kirkuk-Sayda. Bu neft quvurlari Fors ko‘rfazi sohilini 0‘rta drngizi portlari bilan bog‘laydi.Download 26.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling