2. Shimoliy Afrika (Mag’rib) arab mamlakatlariaholisi va dini
Aholisi. Shimoliy Afrikada joylashgan mamlakatlar aholisi tabiiy o‘sish hisobiga tez ko‘payib bormoqda. Bunga tibbiy xizmatning yaxshilanishi, tug’ilish katta bo’lgani bilan bir qatorda o’limning kamaygani sabab bo’ldi. Bu esa aholining yosh tarkibiga ham ta ’sir ko‘rsatadi, keksalar esa juda kam. Shimoliy Afrika aholisi, aksari, arab tilida gaplashadi, arab tili somiy-xomiy tillar oilasiga kiradi va bu mamlakatlarda davlat tili hisoblanadi.
Marokash, Tunis, Liviya, Misr, Mavritaniya, Sudan, Jazoir, Jibuti, Somali arab mamlakatlaridir. Dini islom. Millioner shaharlar Qohira, Aleksandriya, Tunis, Al-Jazoir, Kasablanka. Ko'pincha dengiz sohillarida aholi zich yashaydi. Bu yerlarda yirik shaharlar, sanoat va hunarmandchilik korxonolari joylashgan. Daryo vodiylarida ham aholi zich yashaydi, chunki daryo vodiylarida qishloq xo‘jaligi va transport uchun sharoit qulay. Nil vodiysida aholi eng zich yashaydi.
3. Shimoliy Afrika (Mag’rib) arab mamlakatlari qishloq xo’jaligi va sanoati
Xo‘jaligiga umumiy ta’rif. Mustaqillik yillarida iqtisodni qayta qurish natijasida Shimoiy Afrikaning rivojlanayotgan mamlakatlarini xo‘jalik tizimida jiddiy o ‘zgarishlarga erishildi. Sanoatning hissasi o ‘sdi, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining hissasi kamaydi. Sanoat hissasi asosan neftgaz, yengil, oziq-ovqat, mettalurgiya tarmoqlari hisobiga oshdi. Qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish yetakchi o‘rinni egallaydi.
Misr dunyoda ingichka tolali paxta bo‘yicha birinchi, Jazoir uzum yetishtirish va vino ishlab chiqarishda Afrikada birinchi, po‘kak daraxti yetishtirishda yetakchi o‘rinni egallaydi. Bir qator mamlakatlarda YalMni shakllanishida qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi sanoat, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash yetakchi o ‘rinni egallaydi. Bu mamlakatlarga Jazoir, Liviya, Mavritaniya, Marokash, Tunis, Misr misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |