Ma’ruza Tabiiiy va jinsiy tanlanish nazariyalari
Jinsiy tanlanish nazariyalari
Download 27.18 Kb.
|
Ma’ruza Tabiiiy va jinsiy tanlanish nazariyalari
Jinsiy tanlanish nazariyalari
Darvin organik olamning evolyusiyasi xakidagi ta’limotni irsiy uzgarishlarning tabiiy tanlanishiga asoslanib tuzgan edi. U mahlum bir tomonga yunalmagan noanik uzgaruvchanlikka katta axamiyat bergan edi. Darvin noanik uzgarishlar deb nom bergan uzgaruvchanlik xozirgi genetika nuktai nazaridan mutasiyalardir11. Mutasiyalar tabiiy tanlanish va seleksiya uchun muxim axamiyatga ega. Tabiiy tanlanish natijasida turlar uzgaradi, tevarak atrof muxit sharoitiga moslashgan yangi turlar va tur xillari vujudga keladi. Bundan kurinib turibdiki, irsiy uzgaruvchanlikning uzi tur kelib chikishiga sabab bulmaydi, balki u turlarning rivojlanishida tabiiy tanlanishga boshlangich material bulib xizmat kiladi. Mutasiyalar organizmningxar kanday morfologik, fiziologik, bioximiyaviy belgilarini uzgartiradi. Morfologik mutasiyalar tufayli usimlik va xayvonlarning usish va shakllanish xarakteri uzgaradi. Masalan, bir kancha chorva mollari (koramol, kuy va boshkalarning) kalta oyokli, xasharotlar kanotsiz va kuzsiz bulishi, uismliklar xar xil organlirining tuksiz bulishi va alg’binizm xodisalari morfologshik mutasiyaga misoldir. Fiziologik mutasiyalar organizmlardagi fiziologik prosesslarni uzgartiradi, natijada ularning xayotchanligi ortishi yoki pasayishi mumkin. Bioximiyaviy mutasiyalar tufayli organizmdagi mahlum ximiyaviy moddalarning sintezlanishi uzgaradi yoki tuxtaydi. Bunday mutasiyalar organizmda moddalar almashinishini va uning ximiyaviy tarkibini uzgartiradi. Organizm xujayralari rivojlanishining kaysi boskichida bulishidan kathi nazar, mutasiyalar istalgan xujayralarda xosil bulaveradi. Agar jinsiy xujayralarda mutasiya xosil bulsa, generativ mutasiya, vegetativ (jinssiz) xujayralarda xosil bulsa, somatik mutasiya deyiladi. Jinsiy xujayralardagi mutasiyalar navbatdagi buginning zigota boskichida namoyon buladi. Agar mutasiya dominant bulsa, birinchi bugin duragayning zigotasida, agar resessiv bulsa, keyingi (F2F3 va xokazo) buginlarda, yahni gomozigota xolatga utish vaktida xosil buladi. Somatik mutasiyalar uz tabiatiga kura, generativ mutasiyalardan fark kilmaydi, fakat jinsiy yul bilan kupayadigan organizmlarda uchraydigan somatik mutasiyalar evolyusiya uchun va seleksiya praktikasi uchun xechknaday axamiyatga ega emas. Chunki bunday mutasiyalar (odam sochida bir tup ok paydo bulishi, bir kuzning kora, ikkinchisining ochrok bulishi, korakul terida kora dogning paydo bulishi va xokazolar) keyingi buginga utmaydi. Jinssiz yul bilan kupayadigan organizmlardagi somatik mutasiyalar seleksiya uchun katta axamiyatga ega. Masalan, bahzan usimlik novdalarida boshkalardan fark kiladigan barg, gul va mevalar paydo buladi. Bunday uzgaruvchanlik poyaning usish nuktalaridagi meristema tukima xujayralarining mutasiyalanishi natijasida xosil buladi. Bunday kurtak mutasiyasi (sport) deyiladi, usimliklar vegetativ yul bilan kupaytirilganda ular saklanib koladi. Kizil korakat (smorodina) butasida ok mevalar xosil bulishi bunga misol buladi. Kurtak mutasiyasidan seleksiya praktikasida keng foydalaniladi. Urugsiz olma, nok, uzum navlari somatik mutasiya natijasida chikarilgan. Michurin uzining «600 grammli Antonovka» olma navini kurtak mutasiyasidan foydalanib chikargan. Jinssiz yul bilan kupayadigan organizmlarning somatik mutasiyasi evolyusiya uchun katta axamiyatga ega. Ulardagi xar bir somatik mutasiya yangi belgilarga ega bulgan klon avlodini beradi (klon vegetativ yul bilan kupayadigan orgnizmlar avlodidir). Antropogenez. Odamning paydo bo’lishida biologik omillar katta ahamiyatga ega bo’lsa-da, biroq ularning o’zigina antropogenezni tushuntirish uchun yetarli emas. Bu jarayonda biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar ham muhim rolg’ o’ynagan. Maymunlar birdaniga tik yura boshlagan emaslar, atrof-muhitning o’zgarishi –o’rmon sharoitidan ochiq yerda yashashga o’tish tufayli ayrim maymunlarda paydo bo’lgan mutasion o’zgaruvchanlik –tik yurishga birmuncha layoqatli bo’lish, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish orqali million yillar mobaynida saqlanib, takomillashib borgan. Tik yurish natijasida odamsimon maymunlarning harakatlanish darajasi cheklanib qolgan. Dumg’aza suyaklari birlashib harakatlanmaydigan holga o’tgan. Bu esa tug’ilishni birmuncha qiyinlashtirgan bo’lsa-da, tik yurishga o’tish odamsimon maymunlarda uzoqdan xavf-xatarni ko’ra bilish, qurol ushlashga xizmat qiluvchi qo’llarining ozod bo’lishiga imkon yaratgan. Shu sabali ham Ch. Darvin va F. Engels tik yurish maymunlarni odamga aylanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblaganlar. Odam shakllana boshlashi jarayonida uning qo’li dastlab yaxshi rivojlanmagan bo’lib, faqat oddiy harakatlarni bajargan xolos. Mutasion o’zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli mehnat operasiyalari uchun foydali bo’lgan qo’llari o’zgargan individlar saqlana borgan. Dastlabki odamsimon maymunlar tayyor narsalardan qurol sifatida foydalanibgina qolmay, balki ularning o’zlari tayorlay boshlagunlaricha million yillar kerak bo’lgan. Mehnat qurollarini yasash odam qo’lini tobora maymun qo’lidan farq qilishga olib kelgan va odamning tashqi muhitga bo’lgan tobeligini yengillashtirgan. Qisqacha qilib aytganda odamni –mehnat yaratgan. Maymunning odamga aylanish jarayonida jamoa bo’lib yashash ham muhim kasb etgan. Har qanday qurolga ega bo’lgan ayrim individ yirtqich hayvonlar hujumiga bardosh bera olmas edi. Shu sababli eng qadimgi va qidimgi odamlar jamoa bo’lib yashay boshlaganlar. Shu yo’sinda ular yirtqich hayvonlardan himoyalanganlar, ov qilganlar, yosh bolalarni tarbiyalaganlar. Jamoaning kattalari yosh ahzolarini qurol yasashga, ov qilishi usullariga, olovni saqlashga, yemishli o’simlik va hayvonlarni qidirib topishga o’rgatganlar. Download 27.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling