Ma‟lumotlarni import qilish. Kursga boshqa kurslardan ma‟lumotlarni
olish uchun, bu kurslarning arxiv nusxalarini qilish shart emas. Boshqarish
blokidagi Import havolasidan foydalaniladi. Sizga o„zingiz o„qituvchi
hisoblanadigan kurslar ro„yxati beriladi va bu kurslardan birini tanlab amalni
bajarishingiz mumkin bo„ladi.
Kursni tozalash. Ba‟zan, masalan, o„quv yili tugagandan keyin kursni
eskirgan ma‟lumotlardan (ro„yxatdan o„tgan talabalar ro„yxati, gruppalar haqidagi
xabarlar, foydalanuvchining faolligi haqidagi jarlar(loglar), topshiriqni bajargan
talabalarni baholash, test natijalari, forumlardagi xabarlar va sh.o„.) tozalash
vaziyati yuzaga keladi. Buning uchun Boshqarish blokida Tozalash havolasidan
foydalaniladi.
Hisobotlar. Tizim har doim foydalanuvchilar faolligini kuzatadi va kursni
o„rganishda ularning qatnashchilari haqidagi hisobotlarni tuzadi. Siz qaysi
talabalar, qaysi kuni, kursning u yoki bu materialini qancha ko„p ishlatganligini
ko„rishingiz mumkin.
Savollar. Moodle da avval test savollaridan iborat ma‟lumotlar bazasi
tashkil etilishi, keyin esa test savollari bir yoki bir nechta testlarga qo„shilishiga
muvofiq keluvchi testlarni yaratishning moslashuvchan mexnizmi ishlab chiqilgan.
Shkalalarni ishlatish. Shkalalar son bo„lmagan bahoni qo„yish uchun
(masalan, Topshiriqqa) kursning turli aktiv elementlarida ishlatiladi.
Kursning fayllari. Siz kursingizga qo„shimcha materiallarni, masalan vebsahifalar,
audio yoki video-fayllar, matnli hujjat yoki flesh-animasiyani
qo„shishingiz mumkin.
Ixtiyoriy mavjud fayllar tipi o„quv kursiga yuklanishi va serverda
saqlanishi mumkin.
Fayllar serverda saqlanayotgan vaqtda siz ularni ko„chirishingiz, nomini
o„zgartirishingiz, tahrirlashingiz (fayllarning hamma tipi emas) yoki o„chirishingiz
mumkin.
Baholar jurnali. Kursni baholash jurnalida kursning barcha baholanadigan
elementlaridan talabalarning olgan baholari yig„ilgan. Ularning hammasiga kurs
o„qituvchi kirishi mumkin [21,23].
Har bir talaba bu jurnalda faqat o„zining baholarini ko„rishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |