AMALIY VA SEMINAR MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH BO‘YICHA KO‘RSATMA VA TAVSIYALAR
Amaliy mashg‘ulot magistr talabalarni adabiyotshunoslik metodologiyasiga doir ma’lumotlar bilan mustaqil tanishishga, ularni adabiy asarni metodologik jihatdan tahlil va talqin qilishga yo‘naltiradi. Magistr talabalar to‘plagan bilimlarini dars vaqtida munozara yoki ma’ruza ko‘rinishida himoya qiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda magistr talabalar adabiyotshunoslik metodologiyasi fanining o‘ziga xos xususiyatlarini, metodlar tarixi, asoschilariga, falsafa bilan metodologiyaning aloqadorligiga doir ilmiy-metodik masalalarni o‘rganadilar.
Seminar mashg‘ulotlari talabalarni adabiyotshunoslik metodologiyasiga oid ma’lumotlar bilan mustaqil tanishishga, ularni metodologik nuqtai nazaridan tahlil va talqin etishga yo‘naltiradi. Talabalar egallagan bilimlarini dars chog‘ida munozara yoki ma’ruza shaklida himoya qiladi. Seminar mashg‘ulotlarida talabalar adabiyotshunoslik metodologiyasining ilmiy muammolari to‘g‘risida amaliy ko‘nikma va malaka hosil qiladilar.
1 – AMALIY MASHG‘ULOT TA’LIM TEXNOLOGIYASI MODULI
1-mashg‘ulot
|
“Falsafiy dunyoqarash va ilmiy metod” mavzusi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot ta’lim texnologiyasi
|
|
Talabalar
soni: 6 nafar
|
Vaqt – 2 soat
|
|
O‘quv mashg‘ulot shakli
|
Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot
|
|
Amaliy mashg‘ulot rejasi
|
1. Olamni bilishni falsafiy tushunish.
2. Falsafiy dunyoqarash
3. Falsafa bilan metodologiyaning o‘zaro aloqadorligi
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |