Маърузалар
Xronikali; 2. Konsentrik; 3. Retrospektiv; 4. Assotsiativ
Download 1.81 Mb.
|
portal.guldu.uz-Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Osmon mezonlardan yiltirar edi”
1. Xronikali; 2. Konsentrik; 3. Retrospektiv; 4. Assotsiativ.
Qaysi turga mansub bo‘lmasin, syujet quyidagi elementlardan tarkib topadi: a) ekspozitsiya; b) vaziyat; v) tugun; g) voqealar rivoji; d) kulminatsiya; e) echim. Bundan tashqari, syujetda qatnashishi shart bo‘lmagan prolog (muqaddima), epilog (xotima) kabi elementlar ham uchraydi. A.Rahimov yozganidek, “Syujet tarkibi mexanik struktura emas.” SHu manoda yuqorida qayd etilgan syujet elementlari badiiy asarda tartib bilan berilishi shart emas. Sanatkor o‘z g‘oyaviy niyatini to‘laroq va tasirliroq (ehtimol, qiziqarliroq) chiqishini ko‘zlab, ularning o‘rnini almashtirishi mumkin. Ayrim asarlarning echimi kulminatsion nuqtada tugashi ham mumkin. Zero, kulminatsiya asarda ifodalanayotgan qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi munosabatlar g‘oyat taranglashgan, butun kuch to‘la ravishda yuzaga chiqadigan holatdir. “Tugun o‘z tabiatiga ko‘ra jumboq bo‘lib, voqealarning keyingi rivojlanishiga turtki beradi. U qancha kuchli va yashirin bo‘lsa, syujetning rivojlanishi ham shuncha shiddatli kechadi” (A.Rahimov). “Lolazor” romanida M.M.Do‘st syujetning har to‘rt turiga xos xususiyatlardan ham unumli va o‘rinli foydalangan. Romanda ikki syujet liniyasi parallel ravishda rivojlanadi: bir yonda “Bemor” Nazar YAxshiboevning amaliy faoliyatiga bog‘liq voqelar, ikkinchi tomonda “Qissanavis” Saidqul Mardonning ko‘rgan-kechirganlari... Bular ko‘p jihatdan xronikali syujet asosiga qurilgan bo‘lsa, aynan mana shu boblarning ayrimlari (masalan, Nazar YAxshiboevning Kunsuluv, Oliya bilan bog‘liq xotiralari; Saidqul Mardonning o‘z ukasini topishi) assotsiatsiya tarzida ayon bo‘ladiki, bu rang-baranglik roman voqealariga alohida mazmun bag‘ishlaydi. Asar o‘ziga xos “Muqaddima” (prolog) bilan boshlanadi. Qissanavis Saidqul Mardon tomonidan hikoya qilingan “Oxirgi bob” esa xotima (epilog) vazifasini bajaradi. Muqaddima “Osmon mezonlardan yiltirar edi” degan ibora bilan boshlanadi. SHu birinchi ibora bilanoq yozuvchi o‘quvchini voqealar (syujet) olamiga, makonga olib kirish uchun psixologik jihatdan tayyorlashni boshlaydi. Bu yozuvchining syujetni qiziqarli va tasirchan qurganligidan dalolatdir. Kalit iboralar: syujet, shakl, mazmun, tasnif, xronikal, assotsiativ, konsentrik, kulminatsiya. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling