Маърузалар
Download 1.81 Mb.
|
portal.guldu.uz-Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statistik tahlil usuli
- Obekt, subekt, analiz, tushunish, tahlil usullari, shakl, mazmun, badiiy asar.
- Matn, Matnshunos, tagma’no, sistema, sath, til, til birliklari.
Formalistik tahlil usulining badiiy asarga yondashuvida ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bor. Takidlash joizki, tirik organizm hisoblangan badiiy asarga nuqul shakl nuqtai nazardan yondashish uni bir yoqlama, yuzaki, yani faqat ustki qatlamlarini tekshirishga olib keladi. SHakl unsurlarining mazmun bilan bog‘liq tomonlari juda ko‘p. M., mumtoz adabiyotimizdagi harf san’atini olib ko‘raylik (Navoiy, Bobur, Ogahiy ijodidan misollar keltirib, shakl va mazmunning birligini tushuntirib beraman).
Statistik tahlil usulida mutaxassis ijodkor o‘z asarida (yoki butun ijodi mobaynida) nechta so‘zdan foydalangan; qaysi so‘zlar eng ko‘p qo‘llanilgan; qaysi so‘z yoki ibora faol; xorijiy so‘zlar qay darajada o‘rin olgan; qanday til birikmalari yoxud qo‘shimchalar ko‘proq ishlatilganligini hisoblab chiqadi. M., A.Navoiy umuman ijodida 26000dan ziyod so‘z ishlatganligini, ularning qanchasi forsiy, arab va turk tillari lug‘atiga mansubligini statist olim V.Baqoev kitobidan bilib olishimiz mumkin. Bu usul bilan asosan tilshunoslar shug‘ullanadi. Mashhur rus tilshunoslari Potebnya, V.V.Vinogradov, o‘zbek tilshunoslaridan S.Rizaev, M.Yo‘ldoshevlar shu sohada ish olib borganlar. Kalit iboralar: Obekt, subekt, analiz, tushunish, tahlil usullari, shakl, mazmun, badiiy asar. sifatida matn tahliliga yondashuvimiz bilan matnshunos-tekstolog olimning matn ustida ishlashi orasida muhim farq bor. Struktural-tadqiqotchi badiiy asar matni ustida ishlar ekan, uni tarkibiy qismlarga ajratib, matnosti manolarini topish, har bir qism, ibora va so‘z asarning badiiy g‘oyasini ifodalashda qanday vazifani bajarishini aniqlashga ko‘proq etibor beradi. Matnshunos-tekstolog esa qadimgi qo‘lyozma yoki bosma asarlar matnini hozirgi yozuvga o‘girish, izohlash, xatolarini to‘g‘rilash, so‘z manosini aniqlash ustida ishlaydi. Ularning matn ustida ishlashidagi mehnatini bir-biridan kam baholab bo‘lmaydi. Matnshunoslik adabiyotshunoslikning yordamchi sohasi sifatida qadimdan rivojlangan bo‘lsa, badiiy asar matnini tahlil etuvchi strukturalizm metodi dunyoga kelganiga endi bir asr bo‘lganligini oldingi darslarda aytdik. Adabiyotshunos A.Rasulovning qatiy xulosaga kelishicha, “Haqiqiy matn – sistema. Haqiqiy badiiy asar – mukammal, murakkab tarkib (struktura). Matnning pishiq-puxtaligi avvalo, sanatkor istedodiga, aytmoqchi bo‘lgan gapining haqqoniyligiga, so‘zlarga yuklatilgan manoning salmog‘iga, maromning tovlanishi, tuslanishiga bog‘liq. Mukammal matn yaratish – ilmiy-ijodiy izlanish demak”dir. “Mukammal asar matnini tabiatga qiyoslash mumkin, - deb yozadi taniqli adabiyotshunos I.Haqqul.- U ham (xuddi tabiat singari-Y.S.) o‘ziga xususiy savollar bilan murojaat qilinganda, faqat va faqat ana shunday holatda (chunki matnga ham zo‘ravonlik qilib bo‘lmaydi-da!-Y.S.) o‘quvchiga sir-asrorini ochadi.” Matnni rosmana va tushunarli tahlil qilish esa oson yumush emas. Xoh nazm, xoh nasr, xoh drama bo‘lsin, matn ustida ishlash uchun alohida tayyorgarlik ko‘rish zarur. Asar matnini kompleks tarzda filologik tahlil qilish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: asar janrini belgilash; 2) matn qurilishini tavsiflash va uning qurilmasida qizil ip bo‘lib o‘tuvchi takrorlarni ajratib ko‘rsatish; 3) asarning zamon va makon nuqtai nazaridan qanday tashkillashtirilganligini analiz qilish; 4) matndagi obrazlar sistemasini ko‘rib chiqish; 5) obekt qilib olingan asarning jahon adabiyotidagi boshqa asarlar bilan aloqadorligini belgilaydigan intertekst (xalqaro-umumiy matn-Y.S.) elementlarini aniqlash; 6) matnda ilgari surilgan g‘oyaviy-estetik mazmunning umumlashtiruvchi tomonlarini izohlash; Sirtdan qaraganda, badiiy matnning poetik tahlili deganda biz asosan, asarning g‘oyaviy mazmuni haqida mulohaza yuritishni, uning mavzusi, obrazlar tarkibi, vazni, qofiyasi, ritmi, unda qo‘llanilgan badiiy sanatlar to‘g‘risida so‘zlashni tushunamiz. Aslida esa badiiy matn ustida ishlashning qamrovi nihoyatda keng, masuliyati kuchli, ildizi chuqur. CHunki chinakam talqin va tahlil matndagi mavjud hamma narsani – hatto bir qarashda mayda-chuydadek tuyilgan harf tovushlari, assotsiativ holatlar, ohang, rang va boshqa unsurlardan foydalanishi, ulardan kutilgan manoni topa bilish, ijodkorning shaxsiy holati, kayfiyati, ruhiy kechinmalari bilan aloqadorlikda yoritishni talab qiladi. Matnga to‘g‘ri va xolis yondashish ijodkor shaxsining o‘ziga xos tomonlarini aniqlashga yordam beradi. Aynan mana shu qusur – yani, badiiy matnga milliy, ijtimoiy, tarixiy tamoyillar asosida yondashib, uning ichiga kira olmaslik oqibatida ijodkor shaxsining dunyoqarashi va shaxsiy holati to‘g‘ri yoritilmasligiga olib keladi. Olim I.Haqqul aytganidek, “Mukammal badiiy matn yo‘q joyda adabiyot (ham) yo‘q”dir. Haqiqiy badiiy matn sanatkorning kimligi va qandayligini aks ettiruvchi ko‘zgu hisoblanadi. Masalan, Said Ahmad real hayotda juda xushchaqchaq, hozirjavob, askiyachi, ayni paytda ko‘zlarining tub-tubida cheksiz hasrat, armon muhrlangan yozuvchi edi. Uning shaxsiy tabiatiga xos bu chizgilar asarlari qahramonlarining xarakteriga singib ketgan. Deylik, yozuvchining “Ufq” trilogiyasidagi Ikromjonning oilaviy iztiroblarida, Nizomjonning Dildorga muhabbati va ayriliq azoblarida o‘zining, Jannat xolaning fel-atvorida, Vaziraning qismatidagi kemtiklarda umr yo‘ldoshi Saida opaning shaxsiyatiga tegishli o‘rinlar yo‘q deysizmi?! YOki O‘.Hoshimov shaxsiyatiga xos muloyimlik, teran nigoh, hayotga oshiqlik, E.Vohidov tabiatidagi donishmandlik, haqiqatgo‘ylik ularning har bir asarida “mana men!” deb turadi. Badiiy matn asar g‘oyasini anglab etishning muhim vositalaridan biri sanaladi. Asar mohiyatini, uning badiiy-estetik xususiyatlarini ochib berishning yagona yo‘li bu – asar matni, tili va til birliklari assotsiatsiyasi, badiiy matnning qurilish loyihasi, unda aks etgan yozuvchi g‘oyasi, muallif so‘zi (nutqi) orqali uning individualligini aniqlash, yani asar matni, g‘oyasi vositasida san’atkorga xos badiiy tafakkurning yangi jilolarini anglab etishdan iboratdir. Bunda struktur tadqiqotchining xizmati yanada murakkablik kasb etadi. CHunki tadqiqotchi badiiy matnni sharhlash jarayonida o‘zining yana bir xususiyatini namoyon qila olishi kerak. Bu badiiy matnda ijodkor aytgan yoki aytmoqchi bo‘lgan manoni (g‘oyani) aniqlashgina emas, ayni chog‘da u aytolmagan va hatto uning xayoliga ham kelmagan g‘oyani kashf etish masalasidir. Badiiy matnning sirtqi sathi (transformatsiyasi-ko‘rinish va shaklning o‘zgarishi, bir holdan boshqa holga o‘tish) amalga oshadigan tushunish jarayonida ijodkor bilan o‘quvchi o‘rtasida ruhiy-psixologik yaqinlikning paydo bo‘lishi muhim ahamiyatga egadir. Buni shunday tushunish kerakki, agar o‘quvchi asar muallifi bilan ruhan yaqinlashsa, uning matnda aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘g‘ri anglab, ularni yanada chuqurroq, kengroq sharhlaydi va badiiy kashfiyot yarata olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kalit iboralar: Matn, Matnshunos, tagma’no, sistema, sath, til, til birliklari. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling