Маърузалар


Struktura, strukturalizm, obekt, subekt, tadqiq, tahlil, usul, uslub, metod


Download 1.81 Mb.
bet3/85
Sana07.03.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1244607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua

Struktura, strukturalizm, obekt, subekt, tadqiq, tahlil, usul, uslub, metod.


2-MAVZU: ADABIYOTSHUNOSLIK METODLARI
REJA:
1. Metod va tahlil usullarining umumiy va farqli tomonlari.
2. Badiiy asarni tahlil etish usullariga qisqacha izohlar.
Ilmiy tahlilga kirishdan oldin mutaxassis-adabiyotshunos quyidagi tayyorgarlik bosqichini bosib o‘tishi zarur: 1. Obektni tanlay olish; 2. Maqsad va muammoni aniqlash; 3. Mutolaa qilish; 4. Asarni tushunish; 5. Dastlabki mulohazalarni qog‘ozga tushirish; 6. Qayta ishlash va xulosalash.
Bu bosqichlarning barchasi “analiz qilish” jarayonini tashkil etadi. Badiiy asar obekt, mutaxassis-adabiyotshunos subekt deb ataladi. Adabiyotshunosning vazifasi badiiy asarni tushunishgina emas, balki tushuntirish hamdir. Ana shu jarayonda obekt bilan subekt bir-birini taqozo etadi va birlashadi. Mutaxassis-tadqiqotchining tushuna olish qobiliyatiga qarab tushuntirish samarasi shaklan maqola, taqriz, adabiy portret yoki monografiya ko‘rinishida ro‘yobga chiqadi. Mazmunan esa asarning g‘oyaviy, ijtimoiy, badiiy muammolari bo‘yicha davrning global masalalari bilan bog‘liq holda tahlil etilishi ham mumkin.
Adabiyotshunos badiiy asarga turlicha metod va usullar bilan yondashadi. Hozirgi adabiyotshunoslikda quyidagi tahlil usullari keng tarqalgan:

  1. Kontekstual tahlil usuli;

  2. Immanent tahlil usuli;

  3. Vulgar-sotsiologik tahlil usuli;

  4. Psixobiografik tahlil usuli;

  5. Germenevtik tahlil usuli;

  6. Tarixiy-biografik tahlil usuli;

  7. Qiyosiy tahlil usuli;

  8. Psixologik tahlil usuli;

  9. Formalistik tahlil usuli;

  10. Statistik tahlil usuli;

  11. Sistemali tahlil usuli;

  12. Semiotik tahlil usuli.

Kontekstual tahlil usulida-(kontekst lot. Jips,bog‘langan,qo‘shilgan) biror asar yoki nutqdan olingan tugal fikrni anglatuvchi parchani uning tarkibidagi so‘zlar yoki iboralarning manosini anglash yo‘lidan boriladi. Bu usul badiiy asar poetikasi bilan bog‘liq bo‘lib, yozuvchi mahoratini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu usul badiiy asarning tashqi va ichki aloqalarini birlikda olib o‘rganishni taqozo etadi. Kontekstual tahlil asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni osonroq tushunishga yo‘l ochadi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling