Маърузалар
-MAVZU: PSIXOLOGIK VA LINGVISTIK (PSIXOLINGVISTIK) METOD
Download 1.81 Mb.
|
portal.guldu.uz-Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- kompozitsiya, tur, omil, vosita, markaz, syujet, obraz, me’yor.
6-MAVZU: PSIXOLOGIK VA LINGVISTIK (PSIXOLINGVISTIK) METOD
REJA: Kompozitsiya, uning turlari va omillari to‘g‘risida. “CHinor”, “Ikki eshik orasi”, “Lolazor” romanlari kompozitsiyasi. Kompozitsiya badiiy asar makrostrukturasining asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. Kompozitsiya fanda ko‘proq syujetni ifoda etishning shakli sifatida o‘rganilgan. CHindan ham kompozitsiya deyilganda o‘quvchi ko‘z oldiga eng avvalo, badiiy asarning necha qism, bob yoki bo‘limlardan tashkil topganligi, yani tashqi qiyofasi keladi. SHundan so‘ng ana shu qism va boblarda bayon etilgan voqelik, yani syujet va uning elementlari haqida gap ketadi. Kompozitsiyaning badiiy asarda tutgan o‘rni va mavqei ko‘pincha syujet zimmasiga yuklanadi. Natijada badiiy asar makrostrukturasida syujet masalasi oldinga surilib, kompozitsiya ikkinchi darajali komponentdek taassurot qoladi. SHu sababdan bo‘lsa kerak, aksar ilmiy manbalarda adabiyotning ushbu komponentlari “syujet va kompozitsiya” tarzida qo‘llanilib kelmoqda. Birgina rus adabiyotshunos L.Timofeev “Osnovы teorii literaturы” nomli kitobida syujet kompozitsiya tarkibida o‘rganilishi lozim bo‘lgan element ekanligini ilgari suradi va masalaga “kompozitsiya va syujet” tartibida yondashish to‘g‘ri bo‘lishini takidlaydi. SHunga ko‘ra biz ham badiiy asar kompozitsiyasini struktural usulda tadqiq etishni syujetdan oldin o‘rganamiz. SHakl va mazmun nuqtai nazaridan qaralsa, kompozitsiya bilan syujet bir-birini taqozo etuvchi, bir-birisiz mavjud bo‘lmaydigan badiiy vositalardir. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, syujetsiz asar bo‘lishi mumkin (m., lirik sherlar), biroq kompozitsiyasiz asar dunyoga kelmaydi. Kompozitsiya shakl sifatida syujetni bag‘rida asrab voyaga etkazsa, syujet ham o‘z navbatida element-larning joylashuvi, tartibi, bayon usullari bilan kompozitsiya uchun shakl vazi-fasini bajaradi. Atoqli rus adibi Al.Tolstoyning uqtirishicha, har qanday badiiy polotnoni yaratishda kompozitsiya, yani asarning arxitextonikasi muhim ahamiyat kasb etadi. YOzuvchi kompozitsiya nima? degan savolga quyidagicha javob beradi: “Kompozitsiya – bu, eng avvalo, maqsad qo‘ya bilish, bosh figurani aniqlash, keyin boshqa personajlarni joy-joyiga o‘rnatishdir. Bu xuddi yuqoridan pastga tushadigan zinapoyaga o‘xshaydi va uning atrofiga barcha figuralar jamlanadi. Buni yana binoning arxitexturasi deb bilish ham mumkin. Undagi har bir xona malum maqsadga moslab jihozlanadi, o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ularning har biri o‘z ko‘rinishiga, ayvoni, hovlisi, sathi, aniq hajmi va shakliga ega bo‘lishi kerak. Badiiy asar ham ana shunday loyiha asosida qurilishi lozim. Eng muhimi, badiiy asar ustida ishlashda nuqtai nazarni aniqlab olishdir. Busiz asarni yozish mumkin emas.” Demak, asar kompozitsiyasini qurishda san’atkor nuqtai nazari markazini aniqlab olish eng muhim shartlardan biri hisoblanadi. Kompozitsiya shaklan A) tashqi va B) ichki ko‘rinishlarga bo‘linadi. Tashqi kompozitsiya deganda badiiy asarning sirtqi sathi nazarda tutiladi. M., A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani tashqi tomondan qaraganda uch bo‘limdan iborat. Har bir bo‘lim alohida boblardan tashkil topgan. 1-bo‘lim 23, 2 va 3-bo‘limlarning har biri 17 bobga bo‘linadi. Muallif 1-bo‘limdan oldin asar mavzusi to‘g‘risida izoh beradi. 3-bo‘lim oxirida xotima va yana “YOzuvchidan” sarlavhasi ostida asar qahramoni Otabekdan qolgan yagona zurriyot YOdgorbekning avlodi to‘g‘risida xabar beradi. Kompozitsiyaning ichki ko‘rinishi deganda uning omillari hamda vositalarining joylashuvi, ular bajargan vazifalar tushuniladi. Kompozitsiyaning quyidagi 3 turi tan olingan: G‘oyaviy kompozitsiya; Dinamik kompozitsiya; Qorishiq (sintezlashgan) kompozitsiya. Badiiy asarni g‘oyaviy asosga qurish kompozitsiyaning eng qadimiy turi sanaladi. Asarda ilgari surilgan bosh g‘oya, muallifning badiiy-estetik niyati ustuvor bo‘lganda kompozitsiyaning ana shu turi qo‘l keladi. 2-turda asar voqealari tartib bilan joylashtiriladi, qahramonlar ham voqeadan voqeaga dinamik ravishda rivojlanib boradi. Qorishiq kompozitsiya asosiga qurilgan asarlarda voqealar sirtdan juda betartib, aralash-quralash joylashtirilgandek tuyilsa-da, ichki tartib mustahkam bog‘langan bo‘ladi. Kompozitsiya badiiy asarning murakkab komponentlaridan biri hisobla-nadi. Bu ayniqsa, kompozitsiyaning ichki qurilishini taminlashda seziladi. Ichki kompozitsiya badiiy asarning barcha unsurlarini o‘zida namoyon qila oladi. SHu boisdan tashqi va ichki kompozitsiyaning yaxlitligini taminlovchi omillar va vositalar mavjudligini ham esdan chiqarmaslik kerak. Kompozitsiya omillari quyidagicha: Kompozitsion markaz; 2. Qismlarning joylashuvi; 3.Muvofiqlik; 4.Obrazlar tizimi; 5. Me’yor; 6. Zamon va Makon; Kompozitsiyaning bu omillari ko‘proq tashqi qurilmani tashkil etishda qatnashadi. Ayni chog‘da ularning har biri ichki kompozitsiyaga ham daxldordir. Zero,badiiy asarning yaxlitligini taminlashda,qismlar,boblar,voqealar hamda syujet liniyalarini bir-biriga mustahkam bog‘lashda, qahramonlar harakat qiladigan muhit,sharoit,joy kabilarni tasvirlashda sanatkor kompozitsiyaning turli-tuman yordamchi vositalaridan ham foydalanadi. Bunday kompozitsion vositalar jumlasiga quyidagilar kiradi: Lirik chekinish; 2.Epigraf; 3. Kiritma voqea (qistirma hikoya)lar yoki epizod; 4. Badiiy qoliplash; 5. Portret; 6. Peyzaj; 7. Detal; 8.Sarlavha (qism va boblarga tegishlisi); 9. Interer (uy-joy ko‘rinishi,jihozlar,buyumlar tasviri); Xullas, adabiyot taraqqiyotining hozirgi bosqichida tasvir ruhiyati kompozi-sion echimni anglash, davr markaziga chiqayotgan shaxs siymosini atroflicha tadqiq etish, hayotiy haqiqat va falsafiy teranlikka erishish, dramatik tig‘izlik va epik kenglikni qorishtirib yuborish xususiyatlari ochiq ko‘rinmoqda. Kalit iboralar: kompozitsiya, tur, omil, vosita, markaz, syujet, obraz, me’yor. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling