Маърузалар


-ilova. Mashg‘ulotda ishlash tartibi va reglamenti


Download 1.81 Mb.
bet21/85
Sana07.03.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1244607
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   85
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua

1-ilova.
Mashg‘ulotda ishlash tartibi va reglamenti
1. Guruhda ishlash va prezentatsiyani tayyorlash – 20 min.
2. Ish natijalarini prezentatsiya orqali namoyish qilish – 5 min.
3. Jamoa bo‘lib ishlash va guruhlarni baholash – 5 min.
2- ilova.

Guruh bilan ishlash qoidalari
Har biri o‘z sheriklarining fikrlarini hurmat qilishlari lozim.
Har biri berilgan topshiriqlar bo‘yicha faol, hamkorlikda va mas’uliyat bilan ishlashlari lozim.
Har biri o‘zlariga yordam kerak bo‘lganda so‘rashlari mumkin.
Har biri yordam so‘raganlarga ko‘mak berishlari lozim.
Har biri guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim.
Har biri: “Biz bir kemadamiz, birga cho‘kamiz, yoki birga qutulamiz” iborasining mohiyatini yaxshi bilishlari lozim.



3-ilova.
Baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari (ball)

Guruh



YOndoshuvning
(to‘liqligi,
to‘g‘riligi)



Grafikda to‘g‘ri
tasvirlash



Guruh
faolligi



Muammoning
echilishi



Ballar
yig‘indisi



(1,0)



(0,6)



(0,4)



(1,0)



(3,0)

1.
















2.


















4-ilova
Baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari
Har bir guruh boshqa guruhlar taqdimotni baholaydi, mezonlar bo‘yicha ballarni jamlaydi.

Baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari



Maksimal
ball



1-guruh

2-guruh

3-guruh












Savolga javob

1,2













0,4













0,4










- mantiqiylik, aniqlik, xulosalarning qisqaligi

0,4










Taqdimot:

1,4










- javoblarning aniqligi va tushunarliligi;

1,0










- har bir guruh ishtirokchisining faolligi (savollar,qo‘shimchalar).

0,4












Reglament

0,4










Umumiy ballar yig‘indisi

3,0












Guruh ishini umumlashtiruvchi baho

Guruh



1



2



3



Umumiy ball



Baho (umumiy ballga bo‘linadi)
2,2 -3 ball – «a’lo»
1,2 - 2 ball – «yaxshi»
0,5 – 1,1 ball – «qon-li»
0-0,5 ball – «yomon»

1

-













2




-










3







-









5- ilova.
1. Formal metod tarixi va asosiy tamoyillarini izohlab bering.
2. Rus formalist ijodkorlari kimlar ekanligini tushuntirib bering.
3. Formal va struktural metodlar aloqadorligini tahliliy-qiyosiy izohlang.
4. Formal metod dunyo adabiyotshunosligiga qanday ta’sir qildi?
5 – AMALIY MASHG‘ULOTNING TA’LIM TEXNOLOGIYASI MODULI
5-mavzu: Biografik metodning o‘ziga xosligi

Amaliy mashg‘ulotni o‘tkazishda uchinchi guruh ta’lim usullaridan Suhbat usulini qo‘llash maqbuldir. Suhbat – dialogli, ta’lim berish va o‘rganishning savol-javobli yo‘li.


Usulning etakchi vazifasi qiziqtirish: maqsadga yo‘naltirilgan va mohirona qo‘yilgan savollar yordamida ta’lim oluvchilarda berilgan mavzular bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini eslashga va bayon qilishga harakat qilinadi. Savollar, jumladan, quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • Biografiya, tarjimai hol, biografik janr, avtobiografiya tushunchalari va atamalarini qanday anglaysiz?

  • Biografik metodning asosiy tamoyillarini bilasizmi?

  • Kimlar biografik metodning namoyandalari hisoblanadi?

  • Ijodkor biografiyasi uning ijodi bilan bog‘liqmi?

  • Psixobiografiya deganda nimani tushunasiz?

Izoh: vaqtdan yutish ma’nosida savollar tarqatma material shaklida bo‘lishi ham mumkin.
Ta’lim oluvchilar o‘qituvchi bilan qadamma qadam mustaqil fikrlash, yakunlash, xulosalash va umumlashtirish yo‘li bilan yangi bilimlarni anglaydilar va o‘zlashtiradilar.
Suhbatning afzalligi yana shundaki, u ta’lim oluvchilar fikrlashini faollashtiradi va bilimlarini boyitadi. Buning uchun ta’lim beruvchi talabalar diqqatini mavzu yuzasidan yangi ma’lumotlarga yo‘naltiradi. Masalan:

  • O‘zbek adabiyoti tarixidagi A.Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar”, Oybekning

Bolalik”, G‘.G‘ulomning “SHum bola”, Said Ahmadning qamoqxona hayotidan olib yozilgan hikoyalari va boshqa ko‘plab asarlarni shu metod asosida talqiq qilish o‘zining yaxshi samaralarini berishi tabiiydir.
SHu ma’noda o‘zbek adabiyotshunosligida biografik metod asosida yozilgan qaysi tadqiqotlar mavjud? (I.Sultonning “Navoiyning qalb daftari”, N.Karimovning “CHo‘lpon”, D.Quronovning “CHo‘lpon hayoti va ijodiy merosi”).

  • Bundan tashqari, keyingi davrda biografik metod borasida kimning qanday tadqiqotlari yuzaga keldi?(A.Rasulovning “Hol tarjimasidagi saktalik va soxtaliklar” maqolasi).

Eng muhimi, savollarni to‘g‘ri shakllantirish, mantiqiy bog‘liqlikka e’tibor berish lozim. Mashg‘ulotda amaliy jarayonda nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida A.Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar”, Oybekning “Bolalik”, G‘.G‘ulomning “SHum bola” asarlaridan namunalar o‘qilib, tahlil qilinadi (namunalar oldindan berilgan bo‘lsa, talabalar o‘qib chiqqan bo‘lsalar yaxshi bo‘ladi). SHundan so‘ng 1.O‘qilgan parcha janri haqida; 2. Uning ijodkor tarjimai holi bilan bog‘liqligi; 3. Muallif mahoratini belgilovchi usul va vositalar xususida; 4. Ushbu asarlarning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni borasida; 5. Bugungi kundagi ahamiyatini belgilovchi xususiyatlar haqidagi savol-javoblar amaliy mashg‘ulotning yadrosini tashkil etadi.
Mashg‘ulot so‘ngida “Men nimani o‘rgandim?” umumiy savoli asosida talabalarning mulohazalari eshitiladi.



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling