7 – AMALIY MASHG‘ULOTNING TA’LIM TEXNOLOGIYASI MODULI
7-mavzu. Struktural metod imkoniyatlari
Mavzuni o‘rganishda INSERT usuli (texnikasi)ni qo‘llash yaxshi samaralar beradi. Mazkur usul talabalarga ma’lumotni mustaqil ravishda chuqur o‘rganib chiqishiga yordam beradi. Bu matnni o‘qish paytida kitob varag‘i chetiga talabaning ma’lumotni qabul qilishi jarayonini aks ettiradigan ma’lum belgilarni qo‘yib borishni talab qiladi. Belgilar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
“^” – men buni avvaldan bilaman;
“+” - bu men uchun yangilik;
“- “ - bilganlarimga zid kelayapti;
“? “ - meni o‘ylantirib qo‘ydi. Bu bo‘yicha qo‘shimcha axborot olishim kerak.
O‘tkazilish tartibi:
1.Mavzu matnini abzats yoki ma’lum qismlarga ajratish va o‘qish jarayonida matnning ajratilgan qismlari yoniga tegishli belgilarni qo‘yish.
2. Belgilarni quyidagi shaklda berilgan jadvalga tartiblab joylashtirish.
Ushbu usul:
1. Matn bilan samarali ishlash ko‘nikmasini, mulohaza bilan o‘qish ko‘nikmasini ta’minlaydi.
2. YAngi ma’lumotni oldindan ma’lum bo‘lgan ma’lumot bilan bog‘lash qobiliyatini o‘stiradi.
3. Vazifa sifatida amaliy mashg‘ulotdan oldin berilsa, talaba uni qunt bilan o‘qishga majbur bo‘ladi.
Misol:
1.
|
Struktural metodning maqsadi tarixiy va zamonaviy madaniyat negizidagi fikrlash strukturasini tushuntirish va tavsiflashdan hamda ko‘rsatishdan iborat
|
^
|
2.
|
Struktural metod avval tilshunoslik fanida maydonga kelib, keyin adabiyotshunoslikda qo‘llandi
|
-
|
3.
|
Fransuz olimi R.Bart struktural analizni “ixtiyoriy yopiq usul” deb atadi.
|
+
|
4.
|
Adabiyotshunoslikda “immanent analiz”, “mikroanaliz”, “matn talqini”, “semiotik tahlil” singari tushunchalar bevosita badiiy asarning ichki imkoniyatlarini namoyon qilish jarayonida qo‘llanadi.
|
?
|
Do'stlaringiz bilan baham: |