Маърузани олиб бориш технологияси


Download 1.51 Mb.
bet71/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

1. Mashg'ulotning modeli



O’quv soati: 1 soat

O’quvchilar soni:____

Mashgulot shakli va turi

Muloqat soati


Mashg’ulot rejasi

1. Odam savdosi qurbonlari


Mashg’ulotning maqsadi:


Pedagagik vazifalar:

  • Mavzu bo’yicha ma’lumot berish;

  • O’quvchilarni ma’nan yetuk barkamol shaxs etib tarbiyalash;

  • Oquvchilar ongida mavzu yuzasidan tushunchalar hosil qilish;

  • Mavzu yuzasidan o’quvchilar qarashlarini o’rganish

Oquv faoliyatining natijalari:

  • Mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarni egallaydilar;

  • Mavzudan ma’naviy ozuqa oladilar;

  • Mavzuni o’rganadilar;

  • O’ fikrlarini aytadilar.

O’qitish metodlari

Ma’ruza, suhbat

O’qitish vositalari

Ma’ruza matn, doska, bo’r

O’quv faoliyati shakllari

Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda o’qitish texnologiyalari: “O’ylang – juftliklarga bo’lining – fikr almashing”

O’qitish sharoiti

Sinf xonasi

Monitoring va baholash

Og’zaki savol-javob, topshiriq




    1. Mashg’ulotning texnologik xaritasi




Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

I. Kirish

(5 daqiqa)

1.1. Mavzu nomini, rejasini aytib, dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tomonlari bilan tanishtiradi.

Tinglaydilar








II. asosiy qism

(30 daqiqa)

2.1. Ma’ruza savollarini tushuntiradi va asosiy joylarini yozdiradi. (1-ilova)

2.2 Mavzuni mustaxkamlash uchun og’zaki savol javob o’tkazadi (2-ilova)

2.3. Ko’rilgan savollarni umumlashtiradi va yakuniy xulosa qiladi


Tinglaydilar, yozib oladilar.

Savollarga javob beradilar, oz fikrlarini bildiradilar



III. Yakiniy qism

(5 daqiqa)

3.1 Faol ishtirok etgan o’quvchilar faoliyatini baholaydi. Uyga vazifa beriladiMashg’ulotni yakunlaydi.

Baholar bilan tanishadilar.

(1-ilova)

Odam savdosi jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga solayotgan transmilliy jinoyatlardan biri sanaladi. Bu jinoyat, ayniqsa, keyingi o'n yillikda keng tomir yoydiki, ma'lumotlarga ko'ra, har yili ikki millionga yaqin kishi aynan shu manfur qilmish qurboniga aylanadi. Bu jinoyat boshqalaridan farqli ravishda aldov yo'li bilan, turli xiylalardan foydalangan holda sodir etiladi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, mamlakatimizda odam sav­dosiga qarshi kurashning huquqiy-norrnativ mezoni yaratilgan. Chunonchi, Jinoyat kodeksi, "Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonunning qabul qilinishi ham fikrimizning yorqin dalilidir. Biroq bu kabi izchil chora-tadbirlarga qaramay, mazkur jinoyatga to'la barham berildi, deya olmaymiz. Zotan, oramizda o'z yurtdoshini aldash, tuzoqqa ilintirish yo'li bilan turli xorijiy davlatlarga sotib yuborish evaziga mo'may daromad orttirishni ko'zlaydigan kimsalar, afsuski, oz bo'lsada, uchrab turadi.

Kezi kelganda shuni ham aytish joizki, aksariyat hollarda bunday qabih niyatli kimsalarga xorijda ishlab kelish istagidagi shaxslar yaqindan "yordam" berishadi. Ular o'zlari hatto durustroq tanimaydigan "rahnamo"lariga shu qadar ishonishadiki, qo'sh-qo'llab "xarajatlar" uchun pul tutqazganlari yetmagandek, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ham bajonidil berib yuborishadi. Oqibatda esa o'zga yurtlarda, kimlarningdir "xizmati"ni qilishga yoxud ko'nglini ovlashga mahkum etiladilar. Ming bir mashaqqat bilan yurtimizga qaytib kelgan aldovlar qurbonlari "olishning oltinidan, yaqinning somoni" afzalligini, kech bo'lsada, anglab yetadilar. Shuni unutmaslik lozimki,, amaliyotda xorijda ishlab kelish tartibi qat'iy belgilangan. Xorijda ishlab qaytish istagida bo'lganlar, eng avvalo, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga qarashli Tashqi mehnat masalalari migratsiyasi agentligiga murojaat qilsalar kifoya. Albatta, qonuniy yo'l bilan xorijda ishlab qaytish hech qanday huquqiy oqibat tug'dirmaydi, bunday shaxsga nisbatan turli tazyiqlar ishlatilmaydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2008-yil 8-iyulda "Odam savdosiga qarshi kurash ta'sirini kuchaytirish to'g'risida"gi Qaror qabul qilindi. Ushbu qaror 17-aprelda qabul qilingan "Odam savdosiga qarshi kurash to'g'risida"gi qonunning ma'lum bir jihatdan ijrosini ta'minlashga qaratilgan bo'lib, davlatimizning odam savdosidek mudhish jinoyatga qarshi kurashish borasida olib borayotgan siyosatining mantiqiy davomidir. Prezidentimiz I. Karimovning ushbu qarori mazmun-mohiyati haqida gap ketganda, avval odam savdosi tushunchasi, uning kelib chiqishi va oqibatlari haqida alohida to'xtalib o'tish joiz.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida: "O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi", - deb qayd etilgan.

XX asrda dunyo hamjamiyati odam savdosini milliy va xalqaro xavfsizlikka qaratilgan asosiy tahdid sirasiga kiritgan edi. Bugungi kunga kelib, dunyoda odamlarni shahvoniy va boshqa maqsadlar yo'lida zo'rlab ishlatishdek noqonuniy hodisalar son oshib borayotgani insoniyatni tashvishga solmoqda. Odam savdosi, avvalo, har qanday davlatning milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi hodisa sifatida nazarga olinishi kerak. Chunki bu jinoyat jamiyatning demokratik taraqqiyoti va yutuqlariga soya soladi.

Ta'kidlash lozimki, mazkur qonun qabul qilingunga qadar Jinoyat kodeksida odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, xususan, voyaga yetmagan shaxslarni yollash uchun O'zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketish maqsadida sodir etilgan jinoyatlarga javobgarlik belgilangandi. Lekin sharoitning o'zgarishi. transmilliy jinoiy guruhlarning ta'sir doirasi kengayishi oqibatida xalqaro hamjamiyat tomonidan transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo'yicha global tizimning yaratilgani ushbu qonunning qabul qilinishiga ehtiyoj tug'dirdi.

Odam savdosi asrimizdagi g'oyatda keng tus olgan transmilliy jinoyat, xavflilik darajasiga ko'ra uyushgan jinoyatchilikda narkotiklar va qurol-yarog'laming noqonuniy savdosidan keyingi uchinchi o'rinni egallaydi. Xalqaro ekspertlarning hisob-kitoblariga ko'ra, odam savdosidan olinadigan foyda yiliga 9,5 milliard AQSH dollaridan oshadi. Har yili millionlab kishilar bu jinoyatning jabrlanuvchisiga aylanadi. Ularning 90 foizidan ko'prog'ini ayollar va bolalar tashkil etadi.

Bugungi kunga kelib, odam savdosiga qarshi kurash samaradorligini oshirishga, bu yo'lda barcha davlatlar tomonidan yaqin hamkorlik yo'lga qo'yilishiga xalqaro hamjamiyat alohida e'tibor qaratmoqda, 2000-yil dekabr oyida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan "Transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish to'g'risida"gi Konvensiya va uni to'ldiruvchi "Odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish bo'yicha" Protokol qabul qilindi. Ushbu Protokolga muvofiq odam savdosiga qarshi kurashish unga a'zo davlatlarning xalqaro majburiyatiga kiradi. Mazkur xalqaro hujjatlar shunisi bilan ahamiyatliki, ular qator xorijiy davlatlarda odam savdosi jinoyat sifatida milliy qonunlarda belgilanishiga huquqiy-normativ hujjat bo'lib xizmat qiladi.

Bugunga kelib, yurtimizda ushbu xalqaro hujjatlardan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarish bo'yicha qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

2008-yil 8-iyulda Prezidentimizning 911-sonli Qarori bilan 2008 - 2010-yillarga mo'ljallangan odam savdosiga qarshi kura­shish bo'yicha Milliy reja tasdiqlandi. Ko'zlangan maqsad esa yuqorida aytib o'tilgan xalqaro hujjatlardan kelib chiquvchi maj­buriyatlarni samarali amalga oshirishdan iborat.

Mustaqillik yillarida O'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash, rivojlantirish va takomillashtirish mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotining asosiy tamoyiliga aylangani hammamizga ma'lum.

Bugungi kunda dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solayotgan ko'plab xavf va tahdidlar qatoridan joy olgan odam savdosi transmilliy ko'lam kasb etmoqda. Uyushgan jinoyatchilik va g'arazli maqsadlarni ko'zlovchi shaxslar o'z manfaatlari yo'lida har qanday qabihlikka qo'l urishga tayyor bo'lishadi.

Odam savdosi bilan bog'liq bo'lgan jinoyatlar bugun dunyoda tobora ommalashib borar ekan, bu barchani birdek tashvishga soladi.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling