2. “ Navoiyni o'rganamiz kamolotga intilaiz” kompozitsiyasi
Buyuk mutaffakir, g'azal mulkining sultoni - Mir Aiisher Navoiy tavalludi tantanasiga yig'ilgan qadrli mehmonlar,aziz ustozlar va o'quvchilar, assalomu alaykum! Komil insonni tarbiyalash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur maqsadni amalga oshirishda Alisher Navoiy asarlarining ahamiyati beqiyosdir. Chunki ijodkorning hamma asarlari zaminida komil inson timsoli, unga xos jamiki sifatlar aks etib turadi. Shoir asarlarining deyarli hammasida odob-axloq, tavoze, qanoat, kamtarinlik, poklik, halollik, saxovat, hirmat, mehr-muruvat kabi insoniy fazilatlar tarannumi mujassam.
Navoiy me'rosini o'rganish har bir o'zbek farzandi uchun farzdir. Bu meros inson ko'nglida zavq uyg'otish, tuyg'ulariga, hissiyotlariga ta'sir qilib, poklash bilan birga, kishini ona-Vatanga muhabbat, uning o'tmishiga hurmat, ulug' ajdodlar oldida mas'ullik ruhida tarbiyalaydi, komillik sari yetaklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |