Маърузани олиб бориш технологияси
Download 1.51 Mb.
|
muloqat ma'ruza 1doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-oquvchi
- 12-oquvchi
- 14-oquvchi
- 16-oquvchi
- Uyga vazifa
6-o'quvchi: Mana, Sharq ayoli! To'marislar, Bibixonimlar, Nodira-yu davronlar tug'iladi bu zaminda. Bu zaminning ayollari iffat-u hayoda tengi yo'q, ehtimol, shuning uchun ham asrlar silsilasida ham ularning madhi tillarda doston, dillarda barhayot!
7-o'quvchi: Bejizga yuqorida ayol zotining muqaddasligi haqida kalom aytmadik. Mamlakatimizda o'zbek ayolining o'zi uchun muqaddas bilguvchi oiladagi o'rnagi, uning farzandlar tarbiyasiga bo'lgan e'tibori, shuningdek, jamiyatdagi o'rni har doim muhim hisoblangan. 8-o'quvchi: Bugungi o'zbek ayoli qanday bo'lmog'i kerak? Oilaning farovon, tinch-totuvligidagi vazifalari nimalardan iborat? Ayol go'zalligi, betakrorligi va sharm-u hayosi nafaqat o'zlarining, balki ko'hna Sharqning ham tengi yo'q javhari, topilmas gavhari hisoblanadi. 9-o'quvchi: Bugungi kun o'zbek ayoli har tomonlama o'rnak bo'lishga erishmog'i lozim. Ne baxtki, ayni paytda, zamon bilan hamnafas, oilasi va jarniyat uchun ham birdek kamarbasta bo'layotgan ayollar oramizda ko'pchilikni tashkil etadi. 10-o'quvchi: Uiar go'zalligini, latofatini, diyonatini unutmagan holda hayotimiz farovonligi yo'lida barakali mehnat qilishmoqda. Shunday ayollarimiz turli tanlovlarda ham ishtirok etib, iqtidorlarini yanada to'laqonli namoyon etishga erishmoqdalar. 11-o'quvchi: O'zining dilbarligi, nazokat-u farosati bilan dong taratayotgan, olamning beshigini tebratayotgan ayollarimiz madhini yanada baralla ko'tarishga a'lo o'qishimiz va namunali xulqimiz bilan o'z hissamizni qo'shaylik, aziz o'quvchilar! 12-o'quvchi: Meni asrar duolaringiz Menga shuur bergan, gul yurak bergan, Elga esh bo'lgin deb, oq tilak bergan. Dilimga bir qo'shiq, bir tirgak bergan, Meni shoir qilgan onajonimsiz, Meni asrab yurar duolaringiz.
Umringizni uzun qilsin ko'klamlar, Yo'lingizni yuvib tursin shabnamlar. Mehringizdan ayrilmasin olamlar, Umrimni yoritgan nur-jahonimsiz, Meni asrab yurar duolaringiz. 14-o'quvchi: Martabalar bizga, g'aralar sizgadir, Zil yuk orqalagan darnlar sizgadir. Sizni suyashga vaqt topmay bir umr, Qaddingiz buksakda, butun joningiz Meni asrab yurar duolaringiz. 15-o'quvchi: Barvasta bo'ylim deb, bino qo'ygansiz, Ishlari o'nglim deb, bino qo'ygansiz. Shu elni bir farzandchalik suygansiz, Ka'bam - Siz, Vatan - Siz, pok imonimsiz. Meni asrab yurar duolaringiz. 16-o'quvchi: Hovlida qulf urgan rayhonlaringiz, Dilda ushalmagan armonlaringiz. Qaldirg'och in qo'ygan ayvonlaringiz, Afsona olamli xonadonimsiz, Meni asrab yurar duolaringiz, Elni asrab turar duolaringiz.
Xulosa: Aziz va muhtarama ayollar, qadrli opa-singillar, suyukli qizlarim! Darsimizni yakunlar ekanmiz, hammangizni yana bir bor 8-mart —Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman. Xonadoningizga tinchlik-osoyishtalik, o'qish va ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman. Sadoqat qalbingni bezagi bo'lsin, Rostgo'ylik maqsading o'zagi bo'lsin. Hayo-ibo sening hamrohing bo'lsin, Metindek iroda senga yor bo'lsin, Ey, o'zbek ayoli, o'zbek onasi! Uyga vazifa: Navbatdagi tadbirning mavzusi e'lon qilinadi, vazifalar belgilanadi va topshiriqlar taqsimlanadi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling