1. Mashg'ulotning modeli
O’quv soati: 1 soat
|
O’quvchilar soni:____
|
Mashgulot shakli va turi
|
Muloqat soati
|
Mashg’ulot rejasi
|
1. O'zbekistonda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlarga minusabat
|
Mashg’ulotning maqsadi:
|
Pedagagik vazifalar:
Mavzu bo’yicha ma’lumot berish;
O’quvchilarni ma’nan yetuk barkamol shaxs etib tarbiyalash;
Oquvchilar ongida mavzu yuzasidan tushunchalar hosil qilish;
Mavzu yuzasidan o’quvchilar qarashlarini o’rganish
|
Oquv faoliyatining natijalari:
Mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarni egallaydilar;
Mavzudan ma’naviy ozuqa oladilar;
Mavzuni o’rganadilar;
O’ fikrlarini aytadilar.
|
O’qitish metodlari
|
Ma’ruza, suhbat
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruza matn, doska, bo’r
|
O’quv faoliyati shakllari
|
Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda o’qitish texnologiyalari: “O’ylang – juftliklarga bo’lining – fikr almashing”
|
O’qitish sharoiti
|
Sinf xonasi
|
Monitoring va baholash
|
Og’zaki savol-javob, topshiriq
|
Mashg’ulotning texnologik xaritasi
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
O’quvchilar
|
I. Kirish
(5 daqiqa)
|
1.1. Mavzu nomini, rejasini aytib, dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tomonlari bilan tanishtiradi.
|
Tinglaydilar
|
|
|
II. asosiy qism
(30 daqiqa)
|
2.1. Ma’ruza savollarini tushuntiradi va asosiy joylarini yozdiradi. (1-ilova)
2.2 Mavzuni mustaxkamlash uchun og’zaki savol-javob tashkil etadi (2-ilova)
2.3. Ko’rilgan savollarni umumlashtiradi va yakuniy xulosa qiladi
|
Tinglaydilar, yozib oladilar.
Savollarga javob beradilar, oz fikrlarini bildiradilar
|
III. Yakiniy qism
(5 daqiqa)
|
3.1 Faol ishtirok etgan o’quvchilar faoliyatini baholaydi. Uyga vazifa beriladiMashg’ulotni yakunlaydi.
|
Baholar bilan tanishadilar.
|
(1-ilova)
“O’zbekiston Respublikasining vijdon, erkinligi diniy tashkilotlarga munosabati”.
O’zbekiston Respublikasi o’z suverenitetiga ega bo’lgandan keyin o’z yo’lini tanladi. Huquqiy davlat barpo etishning muhim shartlaridan biri inson va uning huquqlari, erkinliklarini himoya qilish va rag’batlantirishdir. Konstitutsiyamizning ikkinchi bo’limida insonning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari to’liq yoritib berilgan.
O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati. Tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’I nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo’yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo’lishi kerakligi ta’kidlangan. Ayni paytda, fuqarolar o’z huquq va erkinliklarini malgam oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shartligi ham e’tirof etilgan.
Konstitutsiyamizda vijdon erkinligi kafolatlanadi. Unga ko’ra, har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi. Ushbu tamoyil “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunda ham o’z ifodasini topgan. Fuqaro biror-bir dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka, diniy ta’lim olishga o’z munosabatini belgilayot- gan paytda uni majbur etishga yo’l qo’yilmaydi.
Dunyoviy va diniy qadriyatlar o’rtasidagi nozik munosabatlar va ularning bir-birini to’ldirishi muhimdir. Muqaddas dinimiz ar konlarini doimo ulug’lash, shu bilan birga, dunyoviy hayotga ham qat’iy ishonch bilan intilish ezgu maqsadlarga yetaklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |