Маърузани олиб бориш технологияси


Download 1.51 Mb.
bet97/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

11-o'quvchi: Saida bahorni kutdi. Intiq-intiq, intizor kutdi.

Buvisi aytgan: hovlisi etagidagi ariqda suv shildirab oqsa, tomorqadagi bodom oppoq libosga burkansa, bahorning kelgani — shu. Qizaloq har tongda yuzlarini chimchilayotgan izg'iringa pisand qil-may ariqqa quloq tutadi — suvning yuzasi muz, jildiragan sas eshitilmaydi. Bodom daraxti yoniga yuguradi — u hali uyquda. Saidaning ko'zlaridan yosh tomchilaydi.



12-o'quvchi: ...Saida bugun tongda sho'x-shodon chug'urlashayotgan qushlar ovozidan uyg'ondi. Derazadan kirgan quyosh nurining mayin tafti yuziga urildi.

- Bahor keldi, oyijon!

Onasi darmonsiz qo'llari bilan qizini bag'riga bosib, sochlarini siladi. Lang ochiq eshikdan tashqariga qaradi. Bahoriy nasimdan entikib ketdi. Nigohi shishadek moviy osmonga - uzoqlarga qadaldi.

13-o'quvchi: Saida qo'liga savatchasini olib, dala tomon yugurdi. Ariq bo'ylarida maysa, ko'katlar xushbo'y hid taratadi. Saida sa­vatchasini yalpizga to'ldirib, shodon uyga qaytdi.

Yalpizni yuvib-siqib, sharbatini oyisining labiga tutdi. Madorsizlikdan ko'zlari kirtaygan onasi bir qultum ichgach, sal tetiklandi. Yana xo'pladi. Vujudiga qandaydir iliqlik yugurib, o'rnidan turdi. Devorga suyanib asta-sekin tashqariga chiqdi. O'zini engil his qildi, ko'z oldi yorishdi.


14-o'quvchi: To'rt oydan buyon to'shakda yotgan onasining harakatidan keyin Saidaning quvonchi cheksiz edi. Qizaloqning bu shodligidan "Qadaming qutlug' bo'lsin, doim quvonch olib kelaver, Bahor!" degan lutfni anglash qiyin emas edi.

2-boshlovchi: Rahmat. "Navro'z" bayrami arafasida biz ham guruhimiz bilan birgalikda viloyat Go'daklar uyiga o'z sovg'alarimiz bilan tashrif buyurdik. Hozir shu haqda lavha tomosha qilsak.

Kecha dilrabo kuy va qo'shiqlar bilan davom etadi.


Xulosa: Quyosh hamal burjiga kirdi, demak, yana Navro'z keldi...

Zamin bag'riga iliqlik yugurdi, yer taftiga to'yingan maysa nish chiqardi. Ne ajabki, ona-yer bag'ridagi iliqlik inson qalbiga ko'chdi, bunda ezgu orzu-niyatlar maysa misol bosh ko'tardi, mehr uyg'ondi, muhabbat mavjlanishga shaylandi! Ana, Navro'z keldi...



Dunyo yaralibdiki, odamzod ko'klamni intiqlik bilan kutadi. Dunyo go'zal! Bu go'zallikka maftunsiz, uning tasvirini nafaqat qorachiqlarda, balki qalblarda aks etganiga shohidsiz. Shu tobda qanday bo'lsin yaxshilik qilishni chin dildan istaysiz va bu istakni amalga oshirishga taraddudlanasiz. Barchamizga mana shu ezgu istak, xayrli taraddud, Navro'zi ayyomi muborak bo'lsin!
Uyga vazifa: Navbatdagi tadbirning mavzusi e'lon qilinadi, vazifalalar belgilanadi va topshiriqlar taqsimlanadi.




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling