Маърузани олиб бориш технологияси
Download 1.51 Mb.
|
muloqat ma'ruza 1doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashgulot shakli va turi Muloqat soati
- Mashg’ulotning maqsadi: Pedagagik vazifalar
- Oquv faoliyatining natijalari
- O’quv faoliyati shakllari
- Mashg’ulotning texnologik xaritasi
- O’qituvchi O’quvchilar I. Kirish
- II. asosiy qism (30 daqiqa)
- III. Yakiniy qism (5 daqiqa)
- (1-ilova) Manaviyatga tahdid - ozligimiz va kelajagimizga tahdid
1. Mashg'ulotning modeli
Mashg’ulotning texnologik xaritasi
(1-ilova) Ma'naviyatga tahdid - o'zligimiz va kelajagimizga tahdid Ma'naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e'tiqodidan qat'iy nazar, bar qaysi odamning torn ma'nodagi erkin inson bo'lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko'zda tutadigan mafkuraviy, g'oyaviy, informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim. Qisqa qilib aytadigan bo'lsak, bunday mafkuraviy xurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishni, ulardan bizni butunlay uzib tashlashdek yovuz maqsadlarni ko'zlashini, o'ylaymanki, yurtimizda yashaydigan sog'lom fikrli liar bir odam yaxshi tushunadi. Ma'naviyatnitushunishvaanglashuchun, avvalo, insonni tushunish va anglash zarur. Demak, ma'naviyat insonning ruhiy olami, komillik sari intilishi, odob-axloqi, o'zi mansub bo'lgan xalq tarixi, urf-odatlari va qadriyatlariga munosabatini ko'rsatuvchi o'ziga xos ko'zgu hamdir. Ma'naviyatning yengilmas kuch ekanligi boisi ham shunda. Zero, ruhiy olami pok, o'zini, o'zligini anglagan, Vatani tarixidan boxabar, kelajakka ishonchi mustahkam, imon-e'tiqodi butun kishiga hech qanday kuch ta'sir o'tkaza olmaydi. Savol tug'iladi: inson ma'naviyatini shakllantiradigan asosiy omiilar nimalardan iborat? Bular - ma'naviy meros, madaniy boyliklar, ko'hna tarixiy yodgorliklar. Shu uch mezon haqida o'ylar ekanmiz, ko'z o'ngimizdan mustaqillikning dastlabki yillari birin-ketin o'ta boshlaydi. Shunday bir paytda davlatimiz rahbari Mustaqillik, ma'naviy meros, ma'naviyat, ta'lim va tarbiya, din va diniy qadriyatlarga munosabat masalalarini yangi mustaqil davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan bin, mustaqillikni saqlab qolish va uni har jihatdan mustahkamlashning muhim sharti sifatida e'tirof etdi. Negaki "ma'naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o'z-o'zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog'lom avlod kelajagini ta'minlash yo'lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va, oxir oqibatda, jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin" edi. Bugungi kunda ma'naviyatga qarshi qaratilgan tahdid va xatarlar - bu, awalambor, insoniyatning o'ziga qarshi qaratilgan keskin tahdid va tajovuz ekani tobora ayon bo'lib bormoqda. Bu xatarlarning qanchalik dahshatli ekanini ochib berish uchun odamzod o'z aqlini tanigan zamonlardan boshlab qatrama-qatra, misqollab to'plab, asrab-avaylab kelayotgan ilohiy mo'jiza — ma'naviyatning asl mohiyatini ko'rsatish, tahlil etish g'oyat o'tkir zaruratga aylanmoqda. Chunki bashariyat o'z hayotini, o'zining qudrati, aql-zakovati bilan bunyod etgan buyuk sivilizatsiya yutuqlaridan hozirgi vaqtda o'z tasarrufida bo'lgan yalpi qirg'in qurollari yoki oddiy nodonlik tufayli yuz berishi mumkin bo'lgan texnologik, ekologik falokatlar, axloqiy buzilishlar orqali judo bo'lishi hech gap emas. Bunday halokatning oldini olish uchun insoniyatni ogoh etish, avvalo, uning ma'naviy-ruhiy dunyosini uyg'otish hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Biz 70 yildan ziyod vaqt mobaynida materiya va moddiy qadriyatlar asosiy o'ringa qo'yilgan, ma'naviy hayot inkor etilgan ateistik tuzumni va uning fojialarini boshdan kechirdik. Binobarin, ma'naviyatning inson va jamiyat hayotida qanday muhim o'rin tutishiga, bu masalaga e'tibor bermaslik qanday mash'um oqi-batlarga olib kelishi mumkinligiga hayotning achchiq tajribalari asosida ishonch hosil qildik. Endi ana shu o'tmish asoratlaridan qutulib, asl milliy o'zligimizga qaytayotganimiz, o'zimizning ezgu maqsadlarimizga erishish, turli tahdid va xurujlarga mustahkam qarshi turish yo'lida ma'naviyatdan qudratli qurol sifatida foy-dalanish zarurati, awalambor, bu hodisani har tomonlama tushunish va anglashni kuntartibiga jiddiy vazifa qilib qo'ygani tabiiy, albatta. Ma'naviyat hodisasiga xolis va haqqoniy baho berish, uning jamiyat va davlat hayotidagi o'rni va rolini har tomonlama chuqur yoritish uchun inson bu mo' jizani hamisha o'z hayotining ustuvor qadriyati sifatida ulug'lab kelgan buyuk xalq va millatga mansub bo'lib, ana shu muqaddas zamindan oziqlanib yashagan bo'lishi alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, xalqimizning ongu tafakkurida ma'naviyat so'zi nihoyatda ulkan va serqirra ma'noga ega bo'lib, u bilan bog'liq ijtimoiy mazmun va amaliy faoliyat mezonlari hayotimizning barcha sohalarini belgilaydi va bu tushunchaning mohiyatini ochib berish uchun asos bo'la oladi. Istiqlol sharofati bilan biz ulug' ajdodlarimizning bebaho merosidan bahramand bo'ldik. Millat o'zligiga qaytdi. Bu esa har bir kishini bugungi o'zgarayotgan, globallashayotgan, "ommaviy madaniyat" ta'sirini o'zida his etayotgan dunyoning muhim ma'naviy muammolari xususida o'ylashga, fikr yuritishga va o'zi, kelajagi uchun tegishli xulosalar chiqarishga da'vat etadi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling