Маърузани олиб бориш технологияси


Download 1.51 Mb.
bet103/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

1. Mashg'ulotning modeli



O’quv soati: 1 soat

O’quvchilar soni:____

Mashgulot shakli va turi

Muloqat soati


Mashg’ulot rejasi

1. Amir Temur - xalqimiz dahosining timsoli, ma'naviy qudratimiz ramzidir

Mashg’ulotning maqsadi:


Pedagagik vazifalar:

  • Mavzu bo’yicha ma’lumot berish;

  • O’quvchilarni ma’nan yetuk barkamol shaxs etib tarbiyalash;

  • Oquvchilar ongida mavzu yuzasidan tushunchalar hosil qilish;

  • Mavzu yuzasidan o’quvchilar qarashlarini o’rganish

Oquv faoliyatining natijalari:

  • Mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarni egallaydilar;

  • Mavzudan ma’naviy ozuqa oladilar;

  • Mavzuni o’rganadilar;

  • O’ fikrlarini aytadilar.

O’qitish metodlari

Ma’ruza, suhbat

O’qitish vositalari

Ma’ruza matn, doska, bo’r

O’quv faoliyati shakllari

Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda o’qitish texnologiyalari:

O’qitish sharoiti

Sinf xonasi

Monitoring va baholash

Og’zaki savol-javob, topshiriq




  1. Mashg’ulotning texnologik xaritasi




Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

I. Kirish

(5 daqiqa)

1.1. Mavzu nomini, rejasini aytib, dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tomonlari bilan tanishtiradi. (1-ilova)

Tinglaydilar








II. asosiy qism

(30 daqiqa)

2.1. Mavzu bo’yicha og’zaki savol-javob tashkl etadi

2.3. Ko’rilgan savollarni umumlashtiradi va yakuniy xulosa qiladi



Tinglaydilar, yozib oladilar.

Savollarga javob beradilar, oz fikrlarini bildiradilar



III. Yakiniy qism

(5 daqiqa)

3.1 Faol ishtirok etgan o’quvchilar faoliyatini baholaydi. Uyga vazifa beriladiMashg’ulotni yakunlaydi.

Baholar bilan tanishadilar.


(1-ilova)

Temur 1336 yilda Kesh (SHaxrisabz) shahri yaqinida joylashgan Xujailg‘or qishlog‘ida dunyoga keladi. Uning otasi Amir Tarag‘ay (Turgay) va amakisi Amir Xoja barlos qabila biylari va yirik mulkdor amirlaridan edi. Temur yoshlik chog‘laridanoq xarbiy ishga nihoyatda qiziqardi. U tezda moxir suvoriy va qahramon jangchi sifatida butun qashqadaryo vodiysida shuxrat qozonadi. Uning atrofida barlos qabilasidan chiqqan jangchi yoshlar tuplana boshlaydi. Temur qul ostidagi navkarlari bilan ayrim amirlarga xizmat qiladi, janglarda chiniqadi. Temurning xarbiy yurishlari, olib borgan janglarining oqibatlariga baxo berilar ekan, shuni ta’kidlab utish kerakki, uning faoliyati oldiga quyilgan maqsad va rejalari jixatidan ikki bosqichga bulinadi. Birinchi bosqich 1360—1386 yillarni uz ichiga oladi. Bu davrda Temur Movarounnaxrda mug‘ul xonligidan mustaqil kuchli markazlashgan davlat tuzish iulida kurashdi, Movarounnaxrni birlashtirishdan manfaatdor bulgan maxalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar bilan birgalikda urta asrlarning uzboshimcha feodal mulkdorlariga, markazlashish va birlashishga zid xarakatlarga, mamlakatni parchalangan xolatda saqlashga intiluvchi va uzaro urushlarga undovchi viloyat xokimlari amirlarga qarshi kurash olib bordi. Temurning bu davrdagi faoliyati Urta Osiyo xalqlarini ijtimoiy-Iktisodiy va madaniy xayoti taraqqiyoti yulida shubxasiz ijobiy axamiyat kasb etdi.

Temur davrida davlatning markaziy ma’muriyati boshida devonbegi, uning yonida arkbegi (marosimlarni boshqaruvchi) hamda turt vazir turardi. Birinchi vazir er soliqlari, chegara bojini undirish, hamda mirshablik ishlarini bajargan. Ikkinchisi askarlar maoshi va oziq-ovqat ta’minotlari bilan shug‘ullangan. Uchinchi vazir xarbiylar, ularning lavozimu mansablarga tayinlanishi va meros ishlariga qaragan. Turtinchisi saroy xarajatlarini boshqargan. Temur davlat tuzilishi sohasida katta uzgarishlarni amalga oshirmagan bulsa-da, har xolda XIV asrning birinchi yarmida mug‘ul xoni Kebek hukmronlik qilgan davrda joriy etilgan mamlakatni xarbiy-ma’muriy bulinishni saqlab qoldi va uni rivojlantirdi. Ammo davlatning ma’muriy idora etish tarkibining takomiliga suyurg‘olning keng tarqalishi tusqinlik qiladi.

Temur hayotlik davridayoq uning harbiy san’ati va davlat boshqarish uslubiga bag‘ishlangan maxsus asar aytilib, u «Temur tuzuklari» nomi ostida shu^rat topadi. Bu asar shaxsan Temurning og‘zidan yozib olingan deb xisoblanadi. Unda davlatni boshkarishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini saylash, sipoxlarning maoshi, mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qo‘shin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida ko‘rsatgan aloxida xyazmatlarini takdirlash tartibi va boshqalar xususida bayon etiladi.

Xofizi Abro‘ning yozishicha, Temur turk, arab va eronliklar tarixini chuqur bilgan. Amaliy jixatdan foyda keltira oladigan xar qanaqa bilimni qadrlagan. Temur davlat ishlari uchun xamma narsaning foydali tomonlarIIni olishga xarakat qilgan. U davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan har bir masalani xal etishda, shu soha bilimdonlari va ulamolar. bilan maslaxatlashardi. Odatda u tibbiyot, matematika, astronomiya, tarix, adabiyot, tilshunoslik ilmi namoyandalari, shuningdek, teologiya va din sohasidagi mashx,ur ulamolar bilan suhbatlar o‘tkazardi. Bunday suhbatlarda podsholikka oid muhim ishlar haqida so‘z yuritishardi. Masalan, 1403 yilda Boilkan shahrida u ulamolarning majlisini chaqirib, unda nutq so‘zlagan. Mamlakat hamda fuqarolarni boshqarishda turli xil inshootlar va jamoat binolarini qurishda unga olimlar va fuzalolar o‘z maslahatlari bilan ko‘maklashishlarini so‘ragan.

Temur saroyida ulamolardan Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono SHamsuddin Munshi, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono Baxruddin Axmad, Mavlono Nug‘monuddin Xorazmiy, Xo‘ja Afzal, Mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiy va boshqalar xizmat qilardi. Temur ilm-fanning: riyoziyot, handasa, me’morlik, astronomiya, adabiyot, tarix, musiqa sohalarining rivojiga katta e’tibor berar edi. SHunday bulsa-da, o‘z reja va maqsadlarining ro‘yobga chiqishida Temur ko‘proq mulkdor zodagonlar va harbiy jangchilar orasida shuhrat topgan taqvodor rhoniylar tabaqasi vakillariga suyanadi. U Imom Sayyid Barakani o‘zining piri deb hisoblaydi. Sayyid Baraka Temur «qilich bilan nimaniki qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shularni toat-Ibodat hamda fatvolar berib duogo‘ylik bilan mustahkamlab berishga harakat qiladi». Temur mamlakat aholisining taqvodor qismi o‘rtasida o‘z nufuzini oshirish maqsadida Islom mazhablarn o‘rtasidagi ba’zi bir kelishmovchiliklardan ustalik bilan foydalanadi. Viloyatlarda kamsitilgan mazx,ab taqvodorlarini himoya ostiga olib, hatto aybdorlarni qattiqqo‘llik bilan jazolaydi. V.V.Bartoldning yozishicha, «Suriyada Alini va uning avloddarini ximoya qilganligi va buning uchun suriyaliklar tomonidan chinakam shia atalgan Temur, Xuroosnda sunniy ta’limotini tiklagan. Mozandaronda payg‘ambar choryorlarining qabrlarini oyoq osti qilgan shIIa darvishlarini jazolagan".




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling