Маърузани олиб бориш технологияси


Download 1.51 Mb.
bet111/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

1. Mashg'ulotning modeli



O’quv soati: 1 soat

O’quvchilar soni:____

Mashgulot shakli va turi

Muloqat soati


Mashg’ulot rejasi

1. Davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmi

Mashg’ulotning maqsadi:


Pedagagik vazifalar:

  • Mavzu bo’yicha ma’lumot berish;

  • O’quvchilarni ma’nan yetuk barkamol shaxs etib tarbiyalash;

  • Oquvchilar ongida mavzu yuzasidan tushunchalar hosil qilish;

  • Mavzu yuzasidan o’quvchilar qarashlarini o’rganish

Oquv faoliyatining natijalari:

- Mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarni egallaydilar;

- Mavzudan ma’naviy ozuqa oladilar;

-Mavzuni o’rganadilar;

- O’ fikrlarini aytadilar.


O’qitish metodlari

Ma’ruza, suhbat

O’qitish vositalari

Ma’ruza matn, doska, bo’r

O’quv faoliyati shakllari

Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda o’qitish texnologiyalari:

O’qitish sharoiti

Sinf xonasi

Monitoring va baholash

Og’zaki savol-javob, topshiriq




  1. Mashg’ulotning texnologik xaritasi




Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

I. Kirish

(5 daqiqa)

1.1. Mavzu nomini, rejasini aytib, dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tomonlari bilan tanishtiradi.

Tinglaydilar








II. asosiy qism

(30 daqiqa)

2.1. Ma’ruza savollarini tushuntiradi va asosiy joylarini yozdiradi. (1-ilova)

2.2 Mashg’ulot rejasining savollari bo’yicha og’zaki savol-javob o’tkazadi (2-ilova)

2.3 Mavzuni mustahkamlash uchun “Klaster”da ishlaydi (3-ilova)

2.4. Ko’rilgan savollarni umumlashtiradi va yakuniy xulosa qiladi



Tinglaydilar, yozib oladilar.

Savollarga javob beradilar, oz fikrlarini bildiradilar



III. Yakiniy qism

(5 daqiqa)

3.1 Faol ishtirok etgan o’quvchilar faoliyatini baholaydi. Uyga vazifa beriladiMashg’ulotni yakunlaydi.

Baholar bilan tanishadilar.

(1-ilova)

Davlat hokimiyatini amalga oshirish mehanizmi

Davlat mehanizmi – davlat xokmiyatini amalga oshiradigan, jamiyatga davlat raxbarligini ta’minlovchi davlat tashkilotlari tizimidir.

Yaqin o‘tmishda davlatning vazifasi beistisno uyushgan zo‘ravonlikdan iborat deb qaralar, lekin uni umumfarovonlikni ta’minlash mehanizmi sifatida xech kimning xayoliga kelmas edi.

1. davlat mehanizmi boshqaruv bilan maxsus shug‘ullanuvchi ishlardan iborat;

2. davlat mehanizmi idoralar va muassasalarning murakkab tizimidan iborat;

3. davlat maxkamasining barcha bo‘g‘inlari faoliyati tashkiliy va moliyaviy vositalar bilan majburiy ta’sir yo‘li bilan ham ta’minlanadi;

4. davlat mehanizmi o‘z fuqarolarining qonuniy manfaatlarini va huquqlarini ishonchli tarzda kafolatlash va muxofaza qilishga da’vat etilgan.

Davlat mehanizmining tuzilishi va uning faoliyati ob’ektiv tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Bu esa, jamiyatni davlat yo‘li bilan boshqarishning eng yuksak ob’ektivligini ta’minlaydi. Eng muxim tamoyillardan biri hokimiyatning bo‘linishi tamoyilidir (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati).

Davlat maxkamasi (apparati) – davlat mehanizmining bir qismi bo‘lib, davlat hokimiyatini amalga oshirish uchun hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan davlat organlari majmuidan iborat.

Davlat mehanizmi davlat maxkamasidan tashqari davlat muassasalari va davlat korxonalarini ham o‘z ichiga oladi.

Davlat maxkamasi umumiy shaklda organlarning quyidagi ko‘rinishlari tarzida namoyon bo‘lishi mumkin:

Qonun chiqaruvchi xokmiyat organlari.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari.

Sud xokimiyati organlari.

Davlatning maxsus organlari.

Davlatning hokimiyatning oliy va mahalliy vakillik organlari ham mavjud. Davlatning oliy vakillik organlari qonun chiqaruvchi hokimiyat funksiyasini bajaradi. Davlat hokimiyatining mahalliy organlari va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillik harakteriga ega bo‘ladi.

Huquqning mohiyati, uning belgilari va funksiyalari.

Huquq tushunchasi to‘g‘risida bevosita fikr yuritishdan oldin, umuman huquqning kishilik jamiyati taraqqiyotida qanday paydo bo‘lganligi to‘g‘risida biroz to‘xtalmok joiz. Kishilik jamiyati taraqqiyotidagi dastlabki davr hisoblanmish ibtidoiy jamoa tuzumida, tegishli fanlar ma’lumotlariga qaraganda huquq bo‘lmagan. Ibtidoiy jamiyatdagi sodda ijtimoiy munosabatlar urf-odatlar, axloq va diniy qoidalar, turli xil man etishlar, ya’ni tabo‘lar hamda urug‘ va qabila boshliqlarining nufuzi orqali tartibga solingan.

Sodda ishlab chiqarish munosabatlari harakteriga ushbu ijtimoiy normalar mos kelgan va ularni ancha samarali tarzda tartibga sola bilgan. Biroq jamiyatning keyingi taraqqiyoti, xususan oila, xususiy mulkning paydo bo‘lishi va boshqa qator omillar jamiyatdagi yangi vujudga kelgan va avallariga nisbatan ancha murakkab bo‘lgan munosabatlarni tartibga solishdan boshqa qoidalarini taqazo eta borgan, boshqacha qilib aytganda, avvalgi urf – odat, axloq va diniy qoidalar, endi bu murakkab munosabatlarni tartibga solishga ojizlik qila borgan.

CHunki xususiy mulkning paydo bo‘lishi, ibtidoiy jamoa tuzumidagi odamlarning mulkka ega emasliklari kabi umumiylikka, birlikka raxna solgan, ya’ni mulkiy tengsizlik va uning natijasida esa umuman ijtimoiy tengsizlik xolati yuzaga kelgan. Munosabatlarni tartibga solishning yangi, samarali, qattiqroq shaqliga ehtiyoj kuchaygan. Yuqorida ko‘rsatilgan omillar natijasida, kishilik jamiyati tarixida davlat paydo bo‘lgan, ya’ni jamiyatni boshqarish bilan maxsus ravishda shug‘ullanadigan siyosiy tashkilot- davlat vujudga kelgan. Jamiyat taraqqiyotining mahsuli sifatida paydo bo‘lgan davlat faoliyat yurgizish, Fuqarolarni boshqarish uchun huquqni joriy etgan. Insoniyat tarixida davlat paydo bo‘lgach, odamlarning hayotida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Endi aholi urug‘-urug‘, qabila-qabila bo‘lib emas, balki muayyan bir davlatning aniq belgilangan chegaralari doirasidagi hududlarda yashay boshlagan. Davlat jamiyatni boshqarish va hamma uchun umumiy bo‘lgan vazifalarni bajarish uchun, maxsus boshqaruv va majburlov apparatini – tuzilmasini tashkil etgan.

Davlat, yana jamiyatni boshqarish va umumiy tartibotni ta’minlash uchun yozma qoidalar – huquqni joriy etgan. Huquq urf-odatlar, ahloq va din qoidalaridan farq qilib, aniq yozma shaklga ega bo‘lgan. Davlat, shuningdek o‘zoq vaqtlar davomida qo‘llanib kelingan, shu bois qat’iy qoida shaqlida odamlar ongidan joy olgan odatlarga ham huquq maqomini bergan.

Huquq, ilk paydo bo‘lgan davlatga o‘z fuqarolariga amru-idorasini o‘tkazishga va kishilar hayotini tashkil etishga kerak bo‘lgan.

Huquq paydo bo‘lishi bilan kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda katta siljish sodir bo‘lgan, chunki huquqga, boshqa qoidalardan farqli ravishda umummajburiylik xususiyati xos, ya’ni huquqda belgilangan hatti-harakat qoidalari, majburiyatlar barcha fuqarolar tomonidan albatta bajarilashi shart, aks holda ularning bajarilishini davlat o‘zining majburlov funksiyasi orqali ta’minlaydi. Huquq qoidalarining umummajburiy harakterga ega yekanligi uni jamiyatdagi boshqa qoidalardan, me’yorlardan ajratib turadi. Masalan, ahloq qoidalarini bajarish har bir shaxsning ongi, tarbiyasi va ma’naviyatiga bog‘liq holda ayrim shaxslar tomonidan ahloq qoidalariga rioya etmaslik hollari sodir bo‘ladi, biroq bu holda davlatning majburlov faoliyati ishga tushmaydi, balki jamoatchilik fikri, bahosi amal qiladi.

Huquqga yana shaklan aniqlik holati xos ya’ni unda qanday harakatlarni sodir etish yoki etmaslik lozimligi aniq va lo‘nda qilib mustaxkamlab qo‘yilgan bo‘ladi. Huquq shu jixati bilan ham jamiyatdagi boshqa qoidaldardan farq qiladi, chunki ular og‘zaki shaklda bo‘lib avloddan avlodga og‘zaki tarzda o‘zatiladi va shu boiz mazmunan nisbiy aniq bo‘lishadi.

Huquq jamiyatdagi boshqa ijtimoiy normalardan farqli ravishda, davlat tomonidan o‘rnatiladi va bajarilishi davlat tomonidan ta’minlanadi. Davlatning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini bajarishishda uning eng samarali quroli bo‘lib, huquq maydonga chiqadi. Huquq davlat faoliyatini qonunlashtaradi, unga qonuniy tus beradi, masalan davlat o‘zining soliq to‘lamagan fuqarosiga chora qo‘llashi qonuniy harakat hisoblanadi, chunki huquqda bu fuqaroning manashu majburiyati mustaxkamlangan va bu majburiyatni bajarmaslikning qanday oqibatlarga olib kelishi ham oldindan ko‘rsatilgan.

Davlat bilan huquq o‘rtasida chambarchas bog‘liqlik mavjud- bu ikki hodisa bir medalning ikki tomoni, egizak hodisalardir. Davlat va huquq o‘rtasidagi bog‘liqlik, eng avvalo uning davlat bilan bir vaqtda birga vujudga kelganligida ko‘rinadi, zero kishilik jamiyati tarixida ilk bor yangi siyosiy tashkilot - davlat dastlab umummajburiy, yozma huquqni o‘rgatgan.

Bu ikki hodisa o‘rtasidagi bog‘liqlik yana shunda ko‘rinadiki, jamiyaddagi boshqa bironta ham ijtimoiy normaning bajarilishi davlat tomonidan ta’minlanmaydi, uning majburlov kuchi yordamida amalga oshirilmaydi, faqat huquqgina bunday etiborga sazovor. Huquqni boshqa ijtimoiy normalardan ajratib turadigan jixatlarining muximi ham manashu hisoblanadi.

Davlat bilan huquqning o‘rtasidagi bog‘liqlik ikki yoqlama harakterga egadir. Ya’ni nafaqat huquq davlatga bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki davlvtning o‘zi huquqga muhtoj bo‘ladi. Huquq davlatga bir maromda o‘z faoliyatini amalga oshirish, jamiyatda barqarorlikni o‘rnatish, davlat organlarining huquq va majburiyatlarini, vakolatlarini belgilash uchun zarur bo‘ladi.

Yuqoridagilarga asoslanib, huquqga shunday tarif berish mumkish: Huquq - bu davlat tomonidan o‘rnatiladigan yoki sanksiyalanadigan (ruxsat berilgan), bajarilishi davlat tomonidan ta’minlanadigan, umummajburiy harakterga ega bo‘lgan xatti-harakat, yurish-turish qoidalarini majmuidan iboratdir.

Ayni paytda yurisprudensiyada ob’ektiv huquq va sub’ektiv huquq ajratiladi. Bu ikki tushuncha o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, har holda ikki hodisani anglatadi.

Ob’ektiv huquq bu – agar ta’bir joiz bo‘lsa, biron-bir shaxsning hohish- irodasidan tashqarida mustaqil holda mavjud huquqdir, masalan, biron-bir soliq to‘lovchining hohishidan tashqarida, mustaqil holda shakllangan O‘zbekiston Respublikasi Soliq qonunchiligi. Bu qonunchilik muayyan bir, alohida shaxslarning xohish-istagidan katiynazar mavjud va amal qiladi, ya’ni ob’ektiv ravishda mavjud. Demak ob’ektiv huquq bu - ob’ektiv ma’nodagi huquqning o‘zginasidir.

Odatda ob’ektiv huquq haqida gapirilganda sub’ektiv huquqdan uni farqlab gapirish samarali, chunki ob’ektiv huquqdan, ya’ni ob’ektiv ma’nodagi huquqdan farqli ravishda sub’ektiv huquq yoki boshqacha qilib aytganda, sub’ektiv ma’nodagi huquq bu- konkret, aniq shaxsga tegishli huquqdir, masalan, shaxsning ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqi yoki shaxsning mehnat huquqi va boshqalar.

Shaxsning sub’ektiv huquqi ungi u yoki bu xulq-atvor, xatta-harakat ko‘rinishini tanlash huquqini beradi, ya’ni uning erkinligini ta’minlaydi, tashabbus ko‘rsatish, mustaqilligini namoyish etishga imkon yaratadi, masalan bir shaxs o‘zining konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanib, kasaba uyuushmasiga, yoshlar tashkilotiga hamda siyosiy partiyaga a’zo bo‘lsa, ikkinchidan bir shaxs esa na kasaba uyushmasi, na yoshlar tashkiloti, va na siyosiy partiya a’zosi emas, bu ikki shaxs ham bu holatlarda huquqga, qonunga muvofiq harakat qilishmokda, faqat ularning birinchisi ijtimoiy faol shaxs, ikkinchisi esa jamoat ishlariga uncha moyil bo‘lmagan shaxs bo‘lishi mumkin.

Ikkinchi shaxs o‘ziga biriktirilgan sub’ektiv huquqlardan foydalanishi yoki foydalanmasligi mumkin, bu uning huquqi, uning shaxsiy ishi, atvori, boshqalarning bunga aralashishiga hakki yo‘q. Ob’ektiv huquqda esa axvol boshqacha, unda, masalan soliq to‘lovchiga amaldagi soliq qonunchiligi ma’kul yoki ma’kul emasligidan kat’i-nazar, u rioya qilishga majbur, bu uning yuridik majburiyati hisoblanadi. Demak sub’ektiv huquq huquq sohibiga (sub’ektiga) o‘z xohishi va istagiga ko‘ra harakat qilishga, qanday harakat qilish keraqligini qonun doirasida tanlashga imkon beradi.

Sub’ektiv huquqning muhim jixati bo‘lib, unda shaxsning tanlash huquqi mavjudligi bo‘lsa, yuridik majburiyat esa shaxsda bunday imkoniyat yo‘q, ya’ni shaxs o‘ziga yuklatilgan majburiyatni xohlasa-xohlamasa bajarishi shart, masalan barcha ishlaydigan fuqarolar davlatga soliq to‘lashlari shart, yana barcha insonlar Konstitutsiya va qonunlarga rioya yetishlari shart va hokazo.

Huquqning ijtimoiy kiymati bilan uning funksiyalari chambarchas bog‘liqdir. Umuman funksiya tushunchasi muayyan hodisaning, tuzilmaning, organning mohiyat va mazmunidan kelib chiqadigan faoliyatning bosh, asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi, demak huquq funksiyalarida ham huquqning ijtimoiy kiymati, mohiyati va mazmuni o‘zining ifodasini topadi.

Huquq funksilari bu - huquqning ijtimoiy munosabatlariga va insonlariga xatti-harakatlariga o‘tkazadigan ta’sirining asosiy yo‘nalishlaridir. Huquq funksiyalarida yuridik normalarining hayotda qanday ishlashi, huquqning ijtimoiy munosabatlarga qanaqa ta’sir etishi namoyon bo‘ladi, demak, huquq funksiyalari orqali huquqning jamiyatda qanday o‘rin tutishini bilib olishimiz mumkin bo‘ladi.

Huquq funksiyalarini umumiy ijtimoiy va funksiyanal funksiyalarga ajratish mumkin. Umumiy ijtimoiy funksiyasi orqali huquq iqtisodga, ma’naviyatga, siyosatga ta’sir etadi va tegishlicha iqtisodiy, ma’naviy va siyosiy funksiyalarni bajaradi.

Biroq huquqning asosiy, mohiyatiy ahamiyati, uning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishidir, ya’ni uning funksional jixatidir.

Huquqning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solish funksiyasi o‘z navbatida quyidagi konkret funksiyalarga mazmunan ajraladi:

regulyativ – statik funksiya, bunda huquq jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish orqali ularni mustahkamlaydi, ularga barqarorlik baxshida etadi. Huquqning - regulyativ – statik funksiyasi, asosan qator huquq sub’ektlarining maqomini belgilashda ko‘rinadi, masalan shaxsning, davlat organining, jamoat birlishmasining huquqiy maqomini aniqlash, ularning vakolat doirasini belgilash va boshqalar.

Huquqning mazkur funksiyasi huquq sub’ektlariga vakolat beradi, va ular shu vakolat doirasida harakat qiladilar, huquqiy munosabatlarga kirishadilar. Bu funksiya vakolat beruvchi va man etuvchi normalar va shu asnosida vujudga keladigan passiv huquqiy munosabatlar orqali amalga oshiriladi.

Huquqning keyingi funksiyasi – regulyativ dinamik funksiyadir. Bu funksiya orqali huquq ijtimoiy munosabatlarning rivojini ta’minlaydi, ya’ni huquq sub’ektining bo‘lajak xatti-harakati qanday bo‘lishi keraqligi aniqlanadi. Bu funksiya asosan majburiya yuklovchi normalar orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-bobida Fuqarolarning burchlari belgalangan: Soliqlarni to‘lash, harbiy xizmatni ado etish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kabi.

Huquqning yana bir muhim funksiyasi - ko‘riqlov-muhofaza etish funksiyasidir. Aytish joizki, mazkur funksiya regulyativ funksiyadan kelib chiqqan va uni ta’minlashga qaratilgan, chunki huquqning qo‘riklov funksiyasiga ehtiyoj shunda tug‘iladiki, qachonki ijtimoiy munosabatlarning me’yoriy rivojiga nimadir to‘sqinlik qilsa, masalan, mulkiy huquqga, mehnat huquqiga va boshqalar.

Qo‘riqlov funksiyasi davlat tomonidan ta’minlanadi, uning organlari orqali amalga oshiriladi. Bu funksiya huquqiy cheklashlar, ya’ni jazolash, majburiyatlar, man etishlar, to‘xtatib qo‘yishlar orqali amalga oshiriladi.

Ilmiy adabiyotlarda huquqning yana bir funksiyasi – baho berish funksiyasi ko‘rsatilib o‘tiladi. Bu funksiya orqali huquq insonning xatti-harakati huquqiy yoki nohuquqiy ekanligini ko‘rsatadi. Nohuquqiy harakat yoki harakatsizlik uchun tegishlicha yuridik javobgarlik vujudga keladi. Huquqga mos harakatlarni sodir etganlik uchun ham ijobiy oqibat kelib chiqishi mumkin, bunday xolatlarda rag‘batlantiruvchi normalar ishga tushadi, masalan, fuqaroga davlatning oliy unvonining berilishi, korxona xodimiga mukofot berilishi kabi.

Shunday qilib, huquqning funksiyalari – bu huquqning ijtimoiy munosabatlarga o‘tkazadigan ta’sirining asosiy yo‘nalishidir. Regulyativ funksiya ijobiy harakterga ega bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarning barqarorligini va rivojini ta’minlaydi, qo‘riqlov funksiyasi esa ikqilamchi harakterga ega bo‘lib, u regulyativ funksiyaning samarali ishlashini ta’minlaydi.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling