(2-ilova)
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Xotira va qadrlash tushunchasining mohiyati nima?
2. Buyuk ajdodlarimiz xotirasiga qanday munosobatda bo'lishimiz kerak?
3. Xotirasiz kelajak yo'q deyilganda nimani tushunasiz?
4. El-yurt oldida fidokorona mehnat qilgan, halol va pok unit kechirgan, nomini ezgu amallari bilan ulug'lagan insonlardan kimlarni bilasiz?
5. Qadr-qimmat tushunchasi sizning tasavvuringizda nimani aks ettiradi?
Ikkinchi jahon urushidagi tarixiy g'alaba haqida nimalar bilasiz?
(3-ilova)
Topshiriq: Xotira va qadr tushunchalarini “klaster”da yoriting
Xulosa: Demak, qadrli o'quvchilar Vatanimizni, milliy qadriyatlarimizni doimo e'zozlashimiz, yurt tinchligi va barqarorligining qadriga yetishimiz, ularni yanada mustahkamlashi-miz kerak. Ertangi kun, hech shubhasiz, intellektual boylikka ega bo'lgan millatniki, yoshlarniki. Yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash bilan bir qatorda ularga zamonaviy bilimlarni egallashida tayanch bo'lmog'imiz lozim. Davr bizning oldimizga qo'yayotgan talablarni bilmoq uchun albatta zamonaviy bilim zarur.
Uyga vazifa:Navbatdagi tadbirning mavzusi e'lon qilinadi, vazifalar belgilanadi va topshiriqlar taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |