Xulosa: Tabiiy stixiyalar bilan kurashish jarayonida insonning qiyinchiliklami yengish qobiliyati namoyon bo'ladi. Ammo bu inson tabiatdan ustun turadi, degani emas. Hozirgi zamon ekologik vaziyat tabiatning insonga bo'lgan ta'siriga, uning obyektiv taraqqiyot qonuniyatlariga bog'liqligini ko'rsatadi. Bu esa uning yaxlit holdagi faoliyati mexanizmini o'rganishga e'tiborni jalb etishga majbur etadi. Chunki tabiatda hamma narsa bir-biri bilan bog'langan. Ta'sir ekosistemaning faqat bir qismigagina emas, balki butun sistemaga (biosferaga, alohida organizmga ham) ko'rsatiladi. Ekosistemaning bir necha bog'lanishlari yo'qolishi yoki zarar ko'rishi, tiklanishi mumkin. Ammo ular juda ko'p bo'lsa, ekosistema butunlay yo'qolib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |