Маърузани олиб бориш технологияси
"Potensial ekologik xavf-xatarlar"
Download 1.51 Mb.
|
muloqat ma'ruza 1doc
"Potensial ekologik xavf-xatarlar"
Agar mavjud texnikaviy-iqtisodiy taraqqiyot tendensiyasi hozirgidek saqlanib qolsa, Kelgusida ayrim potensial ekologik xavf-xatarlar ko'payishi mumkin. Bunday xavf-xatarlar qatoriga tabiiy resurslar an'anaviy turlarining tugashi, sayyora haroratining ko'tarilishi, azon qatlamining yemirilishi, atmosferada kislorod miqdorining kamayishi va boshqalarni kiritishi mumkin. Tabiiy resurslarning kamayishi muammosini batafsiroq qarab o'tamiz. Tabiatning barcha resurslarini qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydiganlarga ajratish mumkin (bu ma'lum darajada shartlidir). Agar tirik tabiatning ko'p resurslari tabiiy holda tiklansa, notirik tabiat resurslarining ayrim qismlarigina tiklanishi mum-kin. Qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklar qatoriga, eng birinchi navbatda, foydali qazilmalarni, ya'ni mineral moddalarni kiritish mumkin. Ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining ayni bosqichida ularni yer bag'ridan qazib olishning texnologik imkoni mavjud va bu mineral mahsulotga bo'lgan ehtiyojni ta'minlash uchun iqtisodiy jihatdan foydalidir. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o'sish sur'ati ko'p jihatdan foydali qazilmalar konini o'rganish va mahsulot ish-lab chiqarish intensivligi darajasiga bog'liq. Ilmiy-texnika inqilobi sharoitida tez rivojianayotgan sanoat va qishloq xo'jaligining mineral xomashyo mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoji jadal sur'atlar bi-lan ortib boradi. Foydali qazilmalar iste'moli aholi soni ortishiga nisbatan sezilarli darajada o'sadi. Kelgusida ham huddi ana shun-day holatning saqlanib qolishini taxmin qilinmoqda. Tabiiy yo'l bilan qayta tiklanmaydigan ko'pgina foydali qazilmalarning kelgu-sida yetishmay qolishi - insoniyat oldiga xomashyo muammosini qo'yadi. Axir, tabiiy zahiralar to'planishi uchun ming yillab vaqt kerak bo'ladi. Ilmiy bashoratlar aniqlangan zahiralardagi tabiiy boyliklar miqdoriga asoslanadi yoki ularning yana qisman tiklani-shiga umid bog'lanadi. Barcha tabiiy boyliklarning tugashi haqida gapirishga hali erta. Chunki Yer sharining butun bag'ri hozircha to'la tadqiq etilgani yo'q. Nazariy jihatdan Yerdagi barcha moddalarni potensial foydali qazilmalar tarzida qarash rnumkin. Negaki qoidaga ko'ra, oddiy granitdan temir, rangli metallar, oltin va shunga o'xshashlarni olish mumkin. Amalda esa tabiiy resurslar va ularni muhofaza etish muammosi keskinlashib bormoqda. Bu holat hozirgi zamon davri uchun mutlaqo tabiiydir. Foydali qazilmalarni intensiv ravishda qazib olish va qayta ishlash oqibatida, eng awalo, tuproq qatlami ishdan chiqmoqda. Neft va suvlarni yer ostidan quvurlar orqali tortib olish yer sirtining cho'kishiga olib keladi. Bu esa yersilkinishiariga sabab bo'lmoqda. Salbiy holatlardan yana biri geologiya qidiruv va foydali qazilmalarni qazib olish ishlariga sarflanayotgan xarajatlarning haddan ortiq ko'payib ketishidir. Hozirgi vaqtda foydali qazilmalarni topish juda qiyin. Bundan tashqari, murakkab geologik sharoitlarda rudalarga unchalik boy bo'lmagan tog' jinslaridan foydalanishga to'g'ri keladi. Texnikataraqqiyoti esa rangli va nodirmetallarni keng miqyosda foydalanishni taqozo etadi. Ammo rudalarda ularning miqdori, odatda, — 3 foizni tashkil etadi, xolos. Rudalardan foydali komponentlarni kompleks ajratib olish borasida yaxshi natijalarga erishish mumkin. Ammo bu masala hamma joyda bir xil hal etilmaydi. Ochiq usulda qazib olishda rudalar ko'p miqdorda yo'qotiladi. Tog'-kon sanoati korxonalari zich joylashgan joylarda mahsulot tannarxi arzon va mehnat unumdorligi yuqori bo'lishi mumkin. Shaxta usuliga qaraganda foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish iqtisodiy jihatdan foydaliroq. Ammo uning salbiy oqibatlari ham yo'q emas. Foydali qazilmalarni bunday usulda qazib olish uchun har yili ko'plab keraksiz jinslarni atval chiqarishga to'g'ri keldi. Qazib chiqarish oqibatida mahalliy hudud-joylar changlanadi. Buning natijasida qishloq xo'jaligi o'simliklarining hosildorligi kamayadi. Qayta tiklanadigan resurslar bilan bog'liq holat ancha yaxshi tuyuladi. Biroq xuddi ana shu qayta tiklanish tasalli bersada, ko'plab o'simlik va hayvon turlari qirilib ketadi. Inson ko'pincha ularning tabiiy tiklanishiga hech qanday to'sqinlik yo'q deb o'ylaydi. Asli-da, inson faoliyati va ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli 1600-yildan boshlab umurtqalilarning 226 turi (bundan so'ngi 60 yil davomida 76 turi) butunlay yo'qolib ketdi va 1000 ga yaqin turi yo'qolib ke-tish arafasida turibdi. Ovlashning texnik vositalari doimiy ravishda takomillashtirilmoqda, ammo ayni vaqtda, resurslarning tabiiy holda tiklanish darajasi avval qanday bo'lsa, o'shandayligicha qol- moqda. Resurslarning tabiiy tiklanishida deyarli o'sish yo'q bo'lsa ham, sezilarli darajada emas. Dernak, hayvonlarni haddan ortiq ko'p ovlash ham oxir-oqibatda salbiy ekologik vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Chunk! suvlar ham qayta tiklanadigan resurslar qatoriga kiradi. Yer sharida ularning zahirasi juda ko'p. Ammo sanoat, qishloq xo'jaligi va uy-joy kommunal xo'jaligida chuchuk suvlarga bo'lgan ehtiyoj tobora jadal sur'atlarda ortib bormoqda. Oddiy po'lat ishlab chiqarishga qaragandaG hozirgi vaqtda keng tarqaiayotgan yangi metallar (aytaylik, titan) va, ayniqsa, kimyoviy mahsulotlar (masalan, sun'iy tolalar) ishlab chiqarishga bir necha barobar ko'p suv sarflanadi. Barcha qulayliklarga ega bo'lgan uylarda quvurlar bilan ta'minlanmagan uylardagiga qaraganda suv juda ko'p sarflanadi. Shuning uchun ham, yer yuzidagi katta-katta shaharlardayer osti suviningkamayganligi seziladi. O'rmonlarning katta-katta hududiaridagi daraxtlar qirqilib, yog'och va mebellarga aylantirilmoqda, o'tin vositasida yoqilmoqda. O'rmonlarning 1 ga yeridagi daraxtlarni bir kunda qirqish mumkin. Ammo u joyda daraxtlarning qayta o'sib chiqishi uchun esa kam deganda 20 - 25 yil kerak bo'ladi. Bundan tashqari, o'rmonlarni qirqish yer ko'chishi va toshqin hamda boshqa salbiy tabiiy hodisalarga sabab bo'lishi mumkin. Ekologik hodisalaraing oldini olishi uchun inson yildan-yilga donishmandroq bo'lishi kerak, Xomashyo topish muammosi yildan-yilga murakkablashib bormoqda. Resurslarga bo'lgan ehtiyoj-!ar ortib borgani sari ularning qimmati ham oshaveradi. Shu bois tabiiy-muhit qashshoqlashib qolishining oldini olish ahamiyatlidir. Energetik resurslar bilan ta'rninlash muammosi haqida alohida so'z yuritish kerak. Issiqlik energiyaning asosiy qismi mineral yoqilg'ilarni yoqish hisobiga olinadi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, neft va tabiiy gaz zahiralari yaqin kelajakda tugashi mumkin. Kelajak atom energetikasining rivojianishi bilan bog'lanadi. U tu-fayli inson juda katta miqdordagi arzon energiya bilan ta'minlanadi. To'g'ri, atom energiyasi tabiiy muhitni issiqlik manbalari orqali va kimyoviy moddalar bilan ifloslanishdan himoya qilish nuqtai nazardan qaraganda ancha foydalidir. Ammo uning rivojianishi kutilmagan oqibatlar olib keldi. Nagasaki va Xirosima shaharlari hamda Chernobildagi fojealar bunga misol bo'ladi. Atom energeti-kasi - ikkilamchi potensial xavf-xatarni o'zida mujassam etadi. Bu tasodifiy holatlar tufayli istagan vaqtda faollashishi mumkin. Bu yerda tabiiy muhitning radiatsiya bilan intensiv zaharlanishi xavfi nazarda tutilmoqda. Avariya holati kelib chiqmasligini hamisha yuz foiz kafolat-laydigan texnik sistemaning o'zi yo'q. Shuning uchun yangi ava-riyaning qachon va qayerda sodir bo'lishini oldindan aytish qiyin. Ammo uning sodir bo'lishiga shubha yo'q. Radioaktiv chiqindi-larni saqSash muammosi ham hozircha hal etilmagan. Oldinda yana bir xavf-xatar mavjud. Agar Yerda ishlab chiqarilayotgan energiya miqdori tobora ortib boraversa, u Quyoshdan yerga kelib tushayotgan energiyaga tenglashib, sayyoramiz harorati bir necha darajaga ko'tarilib ketishi mumkin. Sayyora harorati me'yoriy holatdan yuqori bo'lishining sabablaridan biri atmosferada is gazi miqdorining ko'payib ketishi va uning oqibatida issiqxona effektining yuzaga kelishidir. Har xil yoqilg'iiarning yonishi natijasida atmosferaga bar yili 1010 t is gazi chiqadi. Sayyoraviy miqyosda haroratning ko'tarilishi oqibatida muzliklar eriydi. Bir guruh olimlar esa atmos-ferani ifloslantiruvchi antropogen faoliyatlar ta'sirida sayyoramiz haroratining pasayishi mumkinligi haqidagi mulohazani ham ilgari suradi. Har qanday holda ham keskin iqlimiy o'zgarishlar halokatli oqibatlar keltirib chiqaradi. So'nggi yillardagi qurg'oqchiliklar, suv toshqinlari, sel va dovullar va hatto zilzilalar bu mulohazalarning to'g'riligini isbotlab turibdi. Yana bir gap. Ekologik jarayonning eksponensiai xarakterga ega ekanligini unutmaslik kerak. Demak, tabiatdagi o'zgarishiar faqat evolutsion tarzda kechmasligi ham mumkin. Kelgusida keskin si-fatli o'zgarishlar yuz berishi ham haqiqatdan yiroq emas. Hozirgi vaqtda real ekologik salbiy oqibatlarga olib keluvchi barcha ja-rayoniar potensial jihatdan xavfli hisoblanadi. USardan biri tabiiy muhitning ifloslanishidir. Bunda zahariarning to'planlshi effektlni hisobga olish zarur. Masalan, atmosferaga tushganidan keyin ko'p vaqt o'tishiga qaramay, radiaktiv moddaiar va DDT o'zining zararli xususiyatini yo'qotmaydi, aksincha, tirik to'qimalarda to'planib, uzoq vaqt saqlanib qoSadi. Ular ta'sirida yer qatlami ishdan chiqa-di yoki hosildorligi kamayib ketadi. Amalga oshirilgan tabiatni o'zgartirish loyihasi qanchalik keng bo'lsa, uning ma'lum vaqt o'tgandan keyin noayon bo'ladigan salbiy oqibatlari ham shuncha-likkattadir. Oziq-ovqat mahsulotlari yetishmasligi va tabiiy ofatlar oldini olish muammosi — yangi ekologik qiyinchiliklardan biridir. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling