Маърузани олиб бориш технологияси


"Real ekologik salbiy oqibatlar"


Download 1.51 Mb.
bet107/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

"Real ekologik salbiy oqibatlar"

Endi boshqa real ekologik salbiy oqibatlar haqida to'xtalib o'tamiz. Tabiiy muhitning iflo,slanishi muammosi tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Chunki u ilmiy-texnika taraqqiyotining ta'siri ostida ishlab chiqarishning sifat jihatdan o'zgarishi bilan bog'liqdir. Bun-dan tashqari, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi hajmi borgan sari ortib bormoqda. Gap shundaki, foydalaniladigan tabiiy resurslarning atigi 1 -2 foizi ishlab chiqarishning oxirgi mahsuloti tarzidaqoladi, boshqa qismiesachiqitgaaylanadi.Chiqitlaresatabiat tomonidan qayta o'zlashtirilmaydi. Inson foydalanadigan ko'plab metall va qotishmalar tabiatda sof holda uchramaydi. Ular tog' jinslarini qayta ishlash asosida olinadi. Metall vayoqilg'ilarni qazib olish hamda qayta ishlash jarayonida ham ulardan foydalanilgandan keyin ancha-muncha chiqindilar hosil bo'Iadi. Ma'lum ma'noda, ularning birortasi tabiatda izsiz yo'qolib ketmaydi. Ularni tashkil etgan atomlar qayta guruhlanib, oxir-oqibatda foydalanish uchun yaroqsiz bo'lgan holda kichik-kichik konsentratsiyalarda havoga, tuproqqa va suv havzalariga singib ketadi. Tabiiy ekologik sistema insonning amaliy faoliyati oqibatida yuzaga kelgan chiqindilarning ko'plab turini yutish va ularni hayotning boshqa shakllari uchun yaroqli yoki hech bo'lmaganda, zararsiz moddalar tarzida qayta ishlashga qodir. Biroq chiqindilarning biror turi juda ko'payib ketsa, ekosistemaning tabiiy yutish mexanizmi to'yingan rejim darajasiga chiqishi mumkin. Bunday holda inson sivilizatsiyasi chiqindilari atrof-muhitda juda ko'p miqdorda to'planib qoladi. Bu - xavf-xatar demakdir. Okeandagi baliqlarda simobning bo'li­shi va shahar ob-havosida qo'rg'oshin zarralarining uchrashi,

axlatxonalarning ko'payishi, goho dengizlarda halokat tufayli neft, qatlamining paydo bo'lishi va boshqalar inson faoliyati tufayli resurslar oqimining ortib borishi natijasidir. Shuning uchun, hech ajablanmasdan aytish mumkinki, eksponensiai ravishda ortib boruvchi kattaliklardan yana biri atrof-muhitning ifloslanishidir. Atrof-muhitning ifloslanishiga doir aniq misollar adabiyotlarda ko'plab keltirilgan. Ifloslanishning asosiy manbalari ham ma'lum: avtomobillar, sanoat, issiqlik elektr stansiyasi. Muhim ifloslantiruvchilar aniqlangan va o'rganilgan. Ular qatoriga uglerod oksidi, qo'rg'oshin birikmasi, abset changi, uglevodorodlar, simob, kadmiy va boshqa metallar hamda birikmalar kiradi.

Odatda, tuproq, suv, havo, o'simlik va tirik organizmlarning if-loslanishi haqida gapiriladi. Bu mutlaqo ravshan. Biroq buning bar­chasi oxir-oqibatda insonga ta'sir ko'rsatadi. Inson faoliyati salbiy oqibatlarining ortishi nafaqat tabiatning uni bartaraf eta olish qo-biliyatini va hatto insonning bu o'zgarishlarga moslasha olish im-koniyatlarini ham yo'qqa chiqarishi mumkin. Inson organizmining barcha somatik neyropsixologik xususiyati evolutsion taraqqiyot oqibati, barqaror tabiiy omillarning shakllantiruvchi ta'sir natijasi hisoblanadi. Hozirgi zamonda bu sharoitlarning keskin o'zgarishi, organizm o'zining evolutsiyasi davomida hech qachon o'zaro ta'sirda bo'lmagan fizikaviy va kimyoviy omillarning mavjudligi biologik va ijtimoiy moslashuv mexanizmini "ishlamay" qoladigan holatga olib kelishi mumkin.



Texnikaviy taraqqiyot tufayli hayotda qator yangi omillar (yangi kimyoviy moddalar radiatsiyasining har xil turlari va hokazo) yu­zaga keldi. Inson tur sifatida ular keltirib chiqaradigan xavf-xatardan himoya qilinmagan. Unda ularning ta'siridan saqlaydigan, evolutsion tarzda shakllangan himoya mexanizmi yo'q. Turli xil xastaliklarning yuzaga kelishida tabiiy muhit ifloslanishining roli haqida ko'plab ma'lumotlar olingan. Sanoat markazlarida havoning ifloslanishi, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ekspertlarining xulosasi bo'yicha, surunkali bronxitlar, yuqori nafas yo'llarming yallig'lanishi, pnevmoniya, emfizema tarqalishining bosh sababidir. Shuningdek, u o'pka raki kabi kasalliklar keltirib chiqaruvchi asosiy omillardan biridir.

Kasalliklar va atrof-muhitning ifloslanishi o'rtasidagi sabab oqibat bog'lanishini aniqlash oson ish emas, chunki sabab hamisha xilma-xil bo'ladi. Shunday bo'lsada, atrof-muhit ifloslanishi ta'sirini bevosita aniqlash mumkin bo'ladi. Masalan, chang-to'zonlar orasida va zararli ishlab chiqarish sohalarida faoliyat ko'rsatadiganlar tez-tez kasalga chalinadi. Ekologiyaga bog'liq holda kelib chiqa-digan kasalliklarni aniqlash va utarning hisobini olish bo'yicha muhim ishlar qilinmoqda. Yanada tashvishliroq ma'lumotlar mavjud. BMTning atrof-muhit muhofazasi bo'yicha dasturining ijrochi direktori M. Tolba shunday yozadi: atrof-muhitdagi turli konsero­gen ifloslantiruvchilarning insonga ta'sir davri hamisha uzayib bor-gan. Hozirgi vaqtda, mutaxassislarning ta'kidlashicha, 60-90 foiz hollarda rak kasalligi va atrof-muhit ifloslanishi o'rtasida bevosita yoki bilvositabog'lanishmavjud. Havo, suv, ishlab chiqarish mate-riallari, oziq-ovqat mahsulotlarida konserogen faktorlar kuzatiladi. Ma'lumki, ko'plab kimyoviy moddalar konserogen hisoblanadi. Hatto, aftidan, ayrim dorilar konserogen vazifasini o'taydi. Iflos muhitda ishlash bilan bog'liq turli kasbiy kasalliklarni qayd etib o'tish lozim. Nega deganda, muhitni ifloslantiruchi moddalardan, eng birinchi navbatda uni ishlab chiqarganning o'zi bevosita zarar ko'radi. Ba'zan psixik. yurak-tomir xastaliklari, ularning qisqarishi va boshqalar uchun tabiiy muhitning qanchalik darajada "aybdor" ekanini aniqlashning iloji bo'lmay qoldi. Ammo hamma aybni tabi­iy muhitga yuklash ham yaramaydi. Sihat-salomatligi uchun, eng awalo, insorming o'zi mas'uldir. Lekin bunda inson salomatiigiga ta'sir ko'rsatuvchi tabiiy muhit omilini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Garchand inson, aytaylik, shahar hayotining shovqin-so'ronli, asabiy holatiga, toliqishlarga ko'nikib yashayotgandek tuyulsada, oxir-oqibatda stress vaziyatlar va xastaliklarga duchor bo'ladi. Hatto atrof-muhitning ifloslanishi inson irsiyatiga ta'sir ko'rsatishi haqida ogohlantiruvchi ma'lumotlar ham uchraydi. Atrof-muhit ifloslanishi kuchli bo'lgan joylarda tug'ma sariq kasalligi bilan iztirob chekuvchi "sariq bolalar" ko'paymoqda. Tabiiy muhitning ifloslanishi yangi kasalliklarning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Masalan, simobdan zaharlanish oqibatidan kishilar minamat kasa-liga yo'liqsa, kadmiy bilan zaharlanish tufayli esa "itai-itai" xastaligiga duchor bo'ladilar. Ayniqsa, qattiq chiqindilar hajmi ortib borayotgan yirik shaharlarda ahvol ancha keskinlashgan. Bunday shaharlarda bir kishiga yiliga 1 tonna chiqinda to'g'ri keladi. Sha-harda tuproqda mineralga aylanmaydigan turli komponent (shisha, plasttnassa, metall)ga ega axlatlarning yoqilishi oqibatida atmosfera yana qo'shimcha ravishda ifloslanadi. Bunda atmosferaning ifloslanish darajasi me'yoriy holatdan bir necha barobar ortib ke-tadi. Urbanizasiya biogeokimyoviy sikllarni buzadi. Shaharda katta hududlardan yig'ilgan mahsulotlar to'planadi. Dala va yaylov-lardan yig'ilgan moddalar yana tabiatga qaytarilmaydi. Ularning ko'pgina qismi foydalanilgandan so'ng oqova suvlarga va axlatga tushadi. Ular esa kanalizasiya orqali o'tib, maydonlarga singadi, daryoga, yer osti sizot suvlariga va hatto okeanlarga qo'shilib ketadi. Urbanizasiyaning ba'zi oqibatlarini oldindan baholash qiyin. Ilmiy-texnika taraqqiyotining tashvishli salbiy oqibatlaridan biri fundamental fizik parametrlarning o'zgarishi, xususan, radiatsion daraja va shovqin suronnning ortishidir.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling