Маърузани олиб бориш технологияси


"Hozirgi zamon ekologik halokati"


Download 1.51 Mb.
bet106/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

"Hozirgi zamon ekologik halokati"

Biz yuqorida hozirgi zamon ekologik tanglik iltniy texnika inqilobining oqibati ekanini ta'kidlab o'tgan edik. Haqiqatan, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari bizning sayyoramizda kuchli ekologik halokatlarga olib keldi. 1945-yilda atom bombasi yaratildi. Bu insonning oqibati hali noma'lum bo'lgan imkoniyatlaridan edi. 1954-yilda dunyoda birinchi atom elektr stansiyasi qurildi va "tinchlik atomi"ga katta umid bilan qaraldi. 1986-yilda Yer tarixida eng yirik texnogen halokat sodir bo'ldi. Chernobil AES sida falokat yuz berdi. Bu atomni o'zi uchun ishlashga "o'rgatish"ga urinish oqibati edi. Bu halokat oqibatida juda katta miqdorda radioaktiv moddalar ajralib chiqdi. "Tinch atom" dahshatli kuchga aylandi. Ulkan hududlar nurlanish oqibatida ishdan chiqdi. Radioaktiv nurlanish og'riqsiz o'ldiradi. Og'riq himoya vositasi, xabarchidir. Kishiatomnuridanzararko'rganidabu"ogohlantiruvchimexanizm" "ishlamaydi". Chernobil halokatidan 7 mlndan ortiq inson zarar ko'rdi. Uning oqibatlari hali tug'ilajak bolalarda ham kuzatiladi. Chunki radiatsiyadan zararlanishi tufayli nafaqat bugungi kunda yashayotgan inson, balki ularning tug'ilajak farzandlari ham azob chekadi. Chernobil voqeasi insoiniyat o'z boshidan kechirayotgan ekologik tanglik, ekologik qiyinchilik borasida so'zlashi haqiqat ekanini, ekologik halokat ham ro'y berishi mumkinligini ko'rsatdi. Chernobil hodisasi ekologik halokat edi. U Yevropadagi bir necha mamlakatlarga ziyon yetkazdi. Uning oqibatlarini esa oldindan to'la bilib bo'lmaydi.

Katta hududiy miqyosdagi ikkinchi yirik halokat Orol dengizining qurib qolishi hisoblanadi. Bir necha o'n yillar avval gazetalarda Qoraqurn kanali quruvchilari ulug'langan edi. Ularning mehnati tufayli quruq yerlarga suv kelib, cho'lda bog'-rog'lar bunyod etilgan edi. Ammo ko'p vaqt o'tmay, tabiatni bo'ysundirish borasidagi "g'alaba mag'lubiyat bilan tugaganligi" ma'lum bo'ldi. Endi sho'rlanib ketgan ulkan hududlarni sug'orishdan foyda yo'q edi. Ulardanhosil olib bo'lmasdi.Ko'pgina kanallardagi suvlar qurib qoldi. Orol dengizining qurishi ham bamisoli Chernobil voqeasidek fojeali falokatga aylandi. Faqat uning farqi shundan iborat ediki, u bir lahzada emas, yillar davomida dahshatli ko'rinishga aylanib bordi. Bugungi kunga kelib, Orol dengizining l/3qismiginasaqlanib qolgan. Zaharli tuzlarni shamol uzoq joylardagi hosildor yerlarga ham uchirib keltirmoqda. Ichimlik suviga kimyoviy chiqindilar, tuzlar tushdi. Orol hududida ichimlik suvini tozalash muammosi, aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash masalasi dolzarb bo'lib qoldi. Endi Orolni qayta tiklab bo'lmaydi. Sayyoramizning boshqa joylarida ham Orol va Chernobil halokatlariga o'xshash ekologik fojealar yuzaga kelmoqda. Bularning barchasi sayyoramiz iqli-mining o'zgarishiga sabab bo'lishi mumkin. Afsuski, uning oqibatlarini biz to'la holda oldindan bila olmay- miz.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling