Маърузани олиб бориш технологияси
Download 1.51 Mb.
|
muloqat ma'ruza 1doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashgulot shakli va turi Muloqat soati
- Mashg’ulotning maqsadi: Pedagagik vazifalar
- Oquv faoliyatining natijalari
- O’quv faoliyati shakllari
- Mashg’ulotning texnologik xaritasi
- O’qituvchi O’quvchilar I. Kirish
- II. asosiy qism (30 daqiqa)
- III. Yakiniy qism (5 daqiqa)
- Asosiy qism
1. Mashg'ulotning modeli
Mashg’ulotning texnologik xaritasi
(1-ilova) Uch ming yildan ziyod tarixga ega bo'lgan Navro'zi olam -sharqona yangi yil o'zining yangilanish, bahor nafasini boshlab kelishi, xalqimizning tabiati, ongu tafakkuri, qalbi-shuuriga chuqur singib ketgani, har qaysi oila, har qaysi xonadonga shodu xurramlik olib kirishi bilan biz uchun eng qadrli, aziz va suyukli bayramdir. Navro'z tabiatning gullab yashnashidan dalolatdir. Yilning ayni shu paytiga kelib bahoriy go'zallik barq uradi va bu qutlug' ayyomni shod-u xurramlik bilan kutib olish juda qadimdan — "Avesto" yaratilgan zamonlardan buyon an'ana sifatida bayram qilinib kelinadi. Navro'z ezgulik bayrami, sulh va totuvlik bayrami. Biz ona-yurtimizning hamisha tinchlikda, omonlikda bo'lishini istaymiz. Bahor — yoshlik fasli, yangilanish, gullash, yashnash timsoli. Mustaqil Vatanimiz ham yangilanish davrini boshdan kechirmoqda, gullash va yashnash davrining poydevorini qurmoqda. Umidimiz xalqimizdan, yoshlardan. Yurtimizning zalvorli yukini ko'taradigan o'ktam farzandlar kerak. Shunday farzandlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalarga, bilim va hunar o'rgatgan, kamolotga yetkazgan ustozlarga, sog'lom avlod uchun umrini bag'ishlagan barcha aziz insonlarga ta'zim qilamiz va hammani yana bir bor Navro'zi olam bilan qutlaymiz! Dimoqqa yalpizlar nafasi urar, Biz tomon bir suluv kelinchak kelar. Poyi qadamlari qutlug' bo'stonim, Navro'zing muborak O'zbekistonim!
"Navro'z — go'zallik va yosharlsh bayrami" 1-boshlovchi: Yomg'irlar siladi zamin yuzini, Sochildi olamga ko'klam nafasi. Eritdi tog'larning asriy muzini O'lkamga jilmayib kelganda Navro'z.
Boychechak kuyladi hayot qo'shig'in Keng bog'lar yuzini qoplar yashil so'z, Ey yurak, rnudom sen qaynagin, jo'shgin Qalbimni egallab olganda Navro'z.
Demak, Navro'z-ma'naviyat, qadriyatlar, urf-odatlar, an'analar, mehnat, shodlik, salomatlik bayrami bo'lishi bilan birga, xalq odob-nomasidir. Shu bois u ham tarixiy va navqirondir. "Bahor valsi" kuyi qizlar guruhi ijrosida raqsiga ulanadi. Sahnaga talabalar jamoasi chiqadi.
Yurtimizga nurafshon kunlar keldi. Yuragimizdagi tog'day armonlar yiqildi. Bir-birimizga, Allohga behad shukurlar bo'lsinkim, mehribon bo'lib qoldik. Qadriyatlarimiz tantanasi, millatimiz ifori ko'nglimizni tog' qiladigan xazinalarimiz yana yuz ochdi. 4-o'quvchi: Navro'zim, sen poklik, pokizaiik, azizlik timsolisan. Qoshingda bosh egaman. Avvalo, Yaratganga shukr. Qolaversa, tinchlikparvar, elparvar Yurtboshimiz bor ekan, xalqimizning qaddi ham, ko'ngli ham baland. Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor ... 5-o'quvchi: Ba'zan yo'ldan adashganlarga aytamiz: Eh, noshukr bandalar, shu kunlarning qadrini bir o'ylab ko'rmaysizmi, o'tganlarning oh-faryodini his etmaysizmi? O'zingga shukr, demaysizmi? 6-o'quvchi: Hurmatli o'quvchilar, sizlar mustaqil yurtimizning ishongan tog'i, poydevorisizlar. Bizlar o'zimizning a'lo o'qishimiz va jamoat ishlaridagi ishtirokimiz bilan yurtimizning gullab-yashnashiga o'z hissamizni qo'shgan bo'lamiz. Zero, Yurtboshimiz aytganlaridek, yurtimizning kelajagi biz yoshlarning qo'lidadir. Shunday ckan, biziarga bildirilgan samimiy ishonchni oqlash burchimizdir. Bu dargohdan o'z kasbining mohir ustasi bo'lib chiqish bizning oliy maqsadimizdir, Bu yo'lda bizga ilm sirlarini va hayot saboqlarini berib borayotgan hurmatli ustozlarimiz hissasi kattadir. Aziz ustozlarimizning barchasiga o'z minnatdorchiligimizni bildirib, Navro'zi olam bilan muborakbod etamiz. Navro'zingiz muborak ? bo'lsin aziz ustozlar va o'quvchilar! 7- o'quvchi: O'zgachadir bugun kun, gullar qiyg'os ochildi, Yulduz jilva qilgan tun oydan nurlar sochildi. Yashnamoqda keng olam, oftob kulib boqmoqda, Qir yoyar qizil gilam, sharshara tez oqmoqda. Qaldirg'och der vijirlab: "Yaxshilik g'olib keldi!" Bahor barcha dillarga jo'shqinlik olib keldi. (Sahnaga Bahoroy dugonalari bilan kirib keladi). 8-o'quvchi: Xalqimizning bahor bilan bog'liq juda ko'p urf-odatlari va marosimlari borki, ular asrlar davomida o'z tarovatini va shukuhini yo'qotmasdan kelmoqda. Ana shunday marosimlar zaminida ona zaminga, Vatanga, ota-onaga, yoru do'stga bo'lgan mehr-oqibat tuyg'ulari yotadi. Bahoroy: Bilasizmi, Navro'z kuni bo'y yetgan qizlar bir joyga to'planishib, chiroyli gulchambarlar yasashgan. Buloqdan ko'zaga suv olib kelib, ichiga uzuk, zirak, tanga tashlashgan. Keyin qo'shiq, laparlar ostida suvdan chiqazib olingan nishonalarga qarab kelajak-lari haqida omadlarini sinashgan. 9-o'quvchi: Bilasizmi, tongga yaqin sumalak qaynayotgan qozonni kovlayotgan momolarni uyqu elitib, ular pinakka ketgan paytda osmon-u falakdan uchib kelgan maloikalar qozonga tuz tashlab ke-tarmish. Sumalakka tuz solinmasligining boisi shunda ekan. 10-o'quvchi: Bilasizmi, sumalak pishiradigan kuni hamma ohorli kiyim kiygan. Yangi kiyim tikib kiymagan kishi jimjilog'iga toza mato bo'lagini bog'lab qo'ysa ham savobga o'tar ekan. ("Sen bahorni sag 'inmadingmi" qo 'shig 7 yangrab, bahoroy dugonalari bilan sahnani tark etadi). Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling