Masalalar mufassal javoblar va ko'rgazmalar bilan ta'minlangan


Download 119.38 Kb.
bet2/7
Sana23.04.2023
Hajmi119.38 Kb.
#1382772
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fizikadan qiziqarli savollar

6
ZiYRAKLAR UCHUN MISOL VA MASALALAR

  1. Og'zi berk shisha idishda (butllkada) yog' bor, (1-rasm) idishni tortmasdan, og'zini ochmay, bo'sh qismini (hajmini) qanday aniqlash mumkin?

  2. Bodoro sotuvchi bozorga kelib pallali (richakli) tarozi olib, savdoni boshiadi.

Xaridorlardan biri taroziga tikilib dedi: Tarozing buzuq. Ko'rmaysanmi, uning yelkalari teng emas (2-rasm)











Q

%

l-rasm
2-rasm

Bodom sotuvchini boshqa tarozisi bo'lmagani sababli, shu
buzuq tarozi bilan bodomni to'g'n o'lchab sotishga majbur bo'ldi.
Bit ishni и qanday bajardi? ■, ■
12. Qoiingizda tennis sharchasi bor. Uni qanday
harakatSantirsangiz, biroz masofani bosib o'tgandan keyin to'xtab,
orqaga qaytib, awalgi o'rniga keladi. Sharcha yo'liga to'siq
qo'yish, ip bilan bog'lash mumkin emas.
13. Og'zi tor (qoi sig'maydigan) idishga rezina to'p tushib
'ketdi. Idishni to'nkannay, undan to'pni qanday olish mumkin?

  1. Og'zi tor (qoi sig'maydigan) idishda ikkita tovuq tuxumi bor. Idishni to'nkannay, qoshiq, qisqich, cho'micb va boshqa narsalardan foydalanmay, tuxumlarni idishdan olish yo'li bormi?

  2. Ikki uquvchi sumkalarining og'irliklarini bilmoqchi boiib, ularni navbat bilan strelkali taroziga qo'ydilar. Tarozi 2 kg

7

va 3 kg ni ko'rsatdi. Ular sumkalarini birgalikda tortganlarida, tarozi strelkasi 6 kg ni ko'rsatdi. O'quvchilar hayron qoldilar. 2 kg va 3kg, jami 5kg ga teng bo'ladi - ku! Ajabianib aytdi biri. Mutnkin, tarozi strelkasi joyidan siljigan bo'lsa, dedi ikkinchisi. Ularga yordam bering. Agar ayb tarozi strelkasida bo'lsa, unda ko'rsating, u qanchaga siljigan? Sumkalarni haqiqiy massalari qanchaga teng?

  1. Hamma biiadiki, buyumlami soyasi kun davomida o'zgaradi. Kun yarmida qisqaroq bo'lib, kunning oxirida uzayadi. Yer yuzida, kun davomida soya uz'unligi o'zgarmaydigan joy bormi?

  2. Suv tanqis bo'lgan joylarda qor, yomg'ir suvlarini yig'ib, undan foydalanadilar. Yuk mashinasini ustida turgan chelak qachon yomg'ir suviga tezroq to'ladi? Mashina harakatsiz bo'igandami yoki biron tezlik bilan harakat qilgandami?

  3. O'tloqda (yaylovda) to'qqiz bosh sigirni qo'yib yubordilar. Sigirlar to'rt kunda yaylovni barcha o'tlarini yeb tugatdilar. Agar ushbu o'tloqda sakkiz bosh sigir bulganda, o't olti kunga yetardi. Necha bosh sigir uchun yaylov mavsum davomida o't beraoladi?

  4. Suv to'la stakanga toshcha tashladilar. Natijada bir miqdor suv to'kildi. Bundan keyin suvli stakan og'irligi ko'paydimi yoki kamaydimi?

  5. Gepart bir soatda 112 km masofani bosib o'ta oladi. Ushbu vaqtda, uning panjalari qanday tezlik bilan harakat qiladi?

  6. 11 nafar «NASAF» futbol komandasining o'rtacha yoshi 22ga teng. O'yin davomida futbolistlardan bin jarohatlanib, o'yindan chiqdi. Bundan keyin komanda futbolistlarinirig o'rtacha yoshi 21 ga teng bo'ldi. Maydondan chiqqan o'yinchini yoshi nechada?

  7. Birining bo'yi baland, ikkinchisini bo'yi past bo'lgan ikki o'rtoq yoi bo'yidagi fonar tagida turib gaplashar edilar. Keyin, ular xayrlashib, qarama-qarshi tomonda bir xi! tezlik bilan ketishdi. Ularning qaysi birini soyasi tezroq harakatlanadi?

  8. Normurod boboni ikki nevarasi bor. Nevaralaringiz necha yoshda degan savolga shunday javob berdilar: O'g'il nevaramni yoshi 2 yildan keyin 2 yil oidingi yoshidan ikki marta katta bo'ladi. Qiz neva-ramning yoshi esa 3 yildan keyin uch yil

8
o ldnigi yoshidan 3-marta katta bo'ladi.
Sizning fikringizcha, o'g'il nevaraning yoshi kattami yoki qiz nevaraning yoshi kattami? Ular necha yoshdalar?

  1. Ikki yosh fizik bir biri bilan bahslashardi. Biriaytardiki, toza suv 0 °C da muzlaydi. lkkinchisi bu fikrga rozi bo'lmasdan, muz 0 °c da eriydi deb aytardi. Ularning qaysi birini javobi to'g'ri?

  2. Nirona maktabga ba'zan avtobus bilan, goliida piyoda borib kelardi. Agar u avtobus bilan borib kelsa,yo'lda yarim soat vaqt sarflaydi, avtobus bilan borib piyoda qaytsa, ko'proq vaqt, bir yarim soat kerak bo'ladi.

Bir kun avtobus bo'lmadi va Nirona maktabga piyoda borib, piyoda qaytdi. Maktabga borib kelish uchun Nirona qancha vaqt sarfladi?
26. Voltmetr bilan ikki batareyani kuchlanishini o'lchadilar.
Voltirietr 3 V va 9 V ni kVrsatdi. Keyin voltmetrni birinchi
batareyaning musbat qutbi bilan. ikkinchi batareyaning manfiy
qMbiga uladilar. Endi voltmetr necha voltai ko'rsatadi?

  1. Stol ustida bir xil pishirilgan tuxumlar qo'yilgan. Qanday qilib, pishirilgan tuxumlarni xomlaridan ajratish mumkin?

  2. Sakkizta qimmatbaho tangalar orasida bitta qalbakisi mavJUd. Tangalami tashqi ko'rinishi bir xil, faqat qalbaki tanga boshqa tangalardan ozgina yengilroq.

Qanday qilib, richagli tarozi yordamida qalbaki tangani aniqlash mumkin?
Buning uchun tarozidan uch marta foydaianish mumkin, lekin tarozi toshlari yuq.
29. Qo'ylarini suv ichirish uchun keigan ikki cho'pon
uchrashdilar va otarlaridagi qo'ylar soni haqida suhbatlashdilar.
Birinchi cho'pon dedi: «Otanngdan meni otarimga bitta qo'y
.otkazsang, meni qo'ylarimning soni senikidan ikki marta ziyod bo'lardi». Ikkinchi cho'pon ozgma o'yiab bunday dedi: «Sen menga bitta qo'y bersang, yaxshi bo'lardi. Unda otarlarimiz qo'ylari teng bo'lardi». Cho'ponlarni nechtadan qo'ylari bor?
30. O'n litrli yog' to'la idishdan, yog'ning teng yarmini
olish kerak. Bu ishni ikki bo'sh 3 va 7 litrli idish yordamida bajarish
mumkinmi?
9
IJODKORLAR UCHUN MASALALAR

  1. Konserva chiqaradigan kombinatda chuchuk qalam-pirdan mazali mahsulot tayyorlaydilar. Lekin, mahsulotni tayyor-lashdan oldin, unmg dumchasi va ichidagi umg'ini olib tashlash kerak. Bu ish qoi bilan bajarilib, ko'p vaqt va mehnatni talab qiladi. Ish samarasini oshirish uchun bu ishni mexanizatsiya-lashtirish kerak. Ammo, qanday qilib? Sizning qanday taklifingiz bor?

  2. Shunday nvoyat bor: go'yo dushman floti Sirako'z Shahrini qurshab olganda, Arximed oynasi bor shaharni barcha xotinlarini qal'a devori oldida to'plabdi. Buyuk olim buyrug'i bilan xotinlar oynalaridan foydalanib, dushmanning flotini butunlay yondiirib yuborishibdi. U!ar fizikani qanday hodisasidan foydalan-gan bo'lishlari mumkin?

  3. Xolodilnik bo'lmaganda muzqaymokni issiq xonada qanday saqlash mumkin?

  4. 1963-yil fevral oyida sobiq sovet va xorijiy astronomlari nodir hodisa, quyoshning tutilishini kuzatish uchun yig'ildilar. Astronomlar ko'p yillar bu hodisani kuzatish uchun tayyorgarlik ko'rdilar. Kuzatish kunida Qrimning butun fazosini oq bulut qatlami qoplagan edi. Bunga qaramasdan, astronomlar o'zlarining kuzatishlarini o'tkazdilar. Qanday qilib?

  5. Bugungi kunda ko'p kishilar rezina saqich chaynaydilar. Aytishlaricha, rezina saqich tishni tozalab asabni tinchlantiradi. Rezina saqichni-bir jiddiy kamchiligi bor: u kiyimingizga yopishib qolsa, uni tozalash katta muammo. Tozalashni osonlashtirish uchun nirna qilmoq kerak?

Y'angi va qirhmat kiyimingizga achinsangiz, uni tashlashni istamasangiz, kiyimmgizni tozalashni biron oson yo'lini qidiring. Bizning fikrimizcha bu yo'llardan bin .... Keling yaxshisi o'zingiz loping.
36. Suyuqlik to'ldirilgan ikkita katta bochka bor. Ulardan
biriga toza kerosin, ikkinchisiga siiv'ji kerosin solingan. Kerosinning
zichligi suvning zichligidan kichik bo'lganligi uchun, u suvning
sirlida bochkamng og'zida turadi. Bu esa suvli va suvsiz kerosinli
bochkalarni bir biridan farq qilishga imkon bermaydi.
10
Sizning qo'lingizda tarozi toshlan, ip va dinamometr bo'lsa, bochkalar suyuqligini to'kmasdan, ularni ajrata olasizmi?
37. O'qituvchi imtihon vaqtida Shokirjon qo'liga bin
magnitli bo'Igan ikki uzun temir mixni berdi va magnitli mixni
ko'rsatishni buyurdi. Uning lxtiyorida shu ikki mixdan boshqa biron
narsa yo'q.Shokirjon hayron qoldi. Nega deganda, magnit
maydonining na isi bor na rangi, nima qilmoq kerak? Shokirjonga
yordam bering.
38. Maktabning uzun yo'lakini ikki tomonidan kirish esliigi
bor. Bu eshikiar oldida yo'lak chiroqlarini yoqish uchun ikkita kalit
o'rnatilgan. Birinchi eshikdan kirib chiroqlarni qo'shsak, faqat
o'sha yerdan ularni o'chirish mumkin edi. Bu ishlovchilarga ma'qul
emasdi. Ular istardilarki, elektrni shunday o'tkazsinlarki,
chiroqlarni istagan kirish yoki chiqish eshik oldidan o'chirish
mumkin bo'lsin.
Fizika o'qituvchisining topshirig'i bilan bu masalani o'quvchilar muvaffaqiyatli bajardilar. Ular elektr simini shunday o'tkazdilarki, chiroklami yoqish yoki o'chirish uchun yo'lakni, u boshidan bu boshiga borishga zarurat yo'q edi.
Siz ham ushbu elektr zanjirini tuza olasizmi?
39. Qozonda sut pishirgan vaqtda uni aralashtirib turish
kerak bo'iadi. Bunday qilinmasa, sut shishib to'kiladi. Bunmg
sababi nimada? Bu tashvishni qanday yengillashtirish mumkin?

Download 119.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling