Ishlanishi:
1) 5000 ml x 0,02%=100 ml qonni o’zlashtiradi
2) bir daqiqada 100 ml qon oqib o’tsa, 10 daqiqada 1000 ml qon oqib o’tadi
Demak javob A ekan
5. 24 soat davomida yurakdan oqib o’tadigan qon hajimini hisoblang.
A) 10000 ml B) 7200 ml C) 24000 ml D) 80000 ml
Ishlanishi:
1) 1 daqiqada--------------5 l qon oqib o’tsa
1440 daqiqada--------x=7200 ml javob B
MAVZU: NAFAS OLISHGA DOIR NAZARIYALAR
O’pkaning tiriklik sig’imi- Nafas olish va nafas chiqarish harakatlari natijasida,o’pkalarga ya’ni ularning alveolalariga uzuluksiz ravishda, tashqi muhitdan, havo kirib turadi. Odam turganda o’rtacha 500 ml havo oladi va shuncha havo chiqaradi. Bunga nafas havosi deyiladi. Odam chuqur nafas olsa, tincha nafas olgandagi 500 ml nafas havosining ustiga o’pkaga, yana 1500 ml havo kirishi mumkun (qo’shimcha havo). Odam tinch nafas chiqarishidan, so’ng (nafas havosi 500 ml) chuqur nafas chiqrasa, o’pkadan yana 1500 ml havo chiqaradi ( zaxiradagi havo) shunday qilib :
500 ml-nafas havosi
1500 ml –qo’shmcha havo
1500 ml –rezerv havo
3500 ml- o’pkaning tiriklik sig’mini tashkil qiladi.
Erkakklarda o’pkaninig tiriklik sig’imi-3500-4500 ml
Ayollarda o’pkaning tiriklik sig’imi-3000-3500 ml
O’pkalar ventilatsiyasi- Odam tinch turgan vaqtda bir minutda, 16-18 martta nafas oladi.Har bir nafas olganda, 500 ml nafas havosi o’pkaga kiradi. Agar bir minutdagi nafas soni har br martta nafas olganda, o’pkaga kirgan havo miqdoriga,
Ko’paytirilsa, o’pkaning minutlik ventilatsiyasi kelib chiqadi. Tinch holatda o’pkaning minutlik ventilatsiyasi 8-9 l ga teng. Masalan bir minutda 16 martta nafas olganda, har bir nafas olganda, o’pkaga, 500 ml havo kiradi. 16 x 500 ml=8 l
Odam tinch turganda, bir minutda atmosfera havosidan, 250-300 ml kislorod qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |