Masharipova zulfira raximboyevnaning
Jadval. PVX asosidagi kationitga Ca
Download 449.89 Kb.
|
ASOSIDAGI IONITLARGA AZOT SAQLAGAN BIRIKMALARNING SORBSIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lengmyur konstantalari Freyndlix konstantalari
Jadval. PVX asosidagi kationitga Ca2+ va Mg2+ sorbtsiya izoterma parametrlari
Jadvalda sorbsiya izotermasining Lengmyur va Freundlix tenglamalari bo’yicha barcha hisoblangan natijalari keltirilgan. Frendlix parametrlari qiymatlariga ko’ra mos ravishda Ca2+ va Mg2+ ionlari sulfokationitga metall ionlarining sorbtsiyasi yo’qori darajada borganligidan dalolat beradi. Korrelatsion koeffitsientlari R2 qiymatlari Ca2+ uchun 0,998, Mg2+ uchun 0,997 ga teng va kontsentratsiya o’zgarishi adsorbtsiya jarayoni Lengmyur monomolekulyar adsorbtsiyasiga nazariyasiga buysinishini ko’rsatadi [45] Oqava suvlarda azot birikmalarining kontsentratsiyasining oshishi ichimlik suvi ta'minotining asosiy manbai bo‘lgan yer usti suvlari sifatining yomonlashishiga olib keldi. Azotli birikmalar bilan ifloslanish oqibatlari evtrofikatsiya bo‘lib, u suv o‘tlarining gipertrofiyalangan rivojlanishi (gullash); kislorod miqdorini kamaytirishiga olib keladi. Ammiak, ammoniy birikmalari, nitritlar va ayniqsa, nitratlar rezervuar biotsenozlarining hayotiy faoliyati uchun noqulay sharoit yaratadi. Yer osti suvlarida nitratlarning ortiqcha konsentratsiyasi (100-500 mg/dm3) mavjud bo‘lib, bunday suvdan doimiy foydalanish inson salomatligiga salbiy ta‘sir qiladi. O‘tgan o‘n yillik bilan solishtirganda, chiqindi suvlarni tozalashda azotli birikmalar miqdori kamida 5-7 barobar oshdi. Biroq, mavjud biologik oqava suvlarni tozalash inshootlarining aksariyati bugungi kunda azotli birikmalar uchun zarur bo‘lgan tozalangan suv sifatini ta’minlay olmaydi. Oqova suvlar tarkibidagi azotli birikmalar suvda yashovchi organizmlarni yashashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, baliqlarning umri qisqaradi, o‘simliklar tarkibi o‘zgaradi va uni iste’mol qilgan hayvonlarga zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, chiqindi suvlar tarkibidagi turli zaxarli ta’sirga ega ionlarning kontsentratsiyasini ekologik meʼyorlargacha kamaytirish talab qilinadi. Ushbu jarayonlarda bugungi kunda turli xil texnologiyalar jumladan, kimyoviy ishlov berish, biologik va boshqa usullardan ionitlar ishtirokida adsorbsiyalash usuli keng qo‘llaniladi. Bu usulning ishlash jarayoni oddiyligi, ekologik va iqtisodiy samarali, qayta ishlash imkonini berishi bilan boshqalardan ustun turadi. Respublikamizda ham azot hosilalari, azotli o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonalari mavjud. Ushbu korxonalarda ishlatilgan oqava suvlar tarkibida ko‘p miqdorda ionlari mavjud va bu ionlarni tozalash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Dunyo aholisining ko’payishi bilan yoqilg’i iste’moli ham ortdi.Natijada an’anaviy yengil va o’rta turdagi xom neft ishlab chiqarishning qisqarishi.Shunday qilib, azot va oltingugurtning geterosiklik komponentlari bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqaradigan og’ir va o’ta og’irroq iflos xom manbalardan foydalanish kerak. Neftni qayta ishlash jarayonlariga oltingugurt va azot o’z ichiga olgan birikmalar,xususan, oltingugurtni yo’qotish jarayonida katalizator zahari ro’lini o’ynaydigan azotli birikmalar mavjudligi ta’sir qiladi.[46] Shuningdek chiqindi suvlar tarkibidagi turli zaxarli taʼsirga ega ionlarning kontsentratsiyasini ekologik meʼyorlargacha kamaytirish talab qilinadi. Ushbu jarayonlarda bugungi kunda turli xil texnologiyalar jumladan kimyoviy ishlov berish, biologik va boshqa usullardan ionitlar ishtirokida adsorbtsiyalash usuli keng qoʼllaniladi. Bu usulning ishlash jarayoni oddiyligi, ekologik va iqtisodiy samarali, qayta ishlash imkonini berishi bilan boshqalardan ustun turadi. Ammoniy azotli suvning ifloslanishi dunyoning ko'plab hududlarida haqiqiy muammodir. Respublikamizning yirik sanoat korxonalaridan biri «MAXAM-CHIRCHIQ» AJning ammiakli selitra ishlab chiqarish sexida ishlatilgan suv tarkibida ionlarining konsentratsiyasi 21395 mg/dm3ni tashkil qiladi. Bunday suvni oqava suvlarga chiqarishdan avval ammiak miqdorini ruxsat etilgan eng kam miqdorgacha kamaytirish talab qilinadi. Hozirgacha bunday suvlarni tozalashda biologik usullardan foydalaniladi. Download 449.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling